Harakatlarning salbiy va ijobiy ko’chishi. Reja


Malakani ko‘chishi (o‘tishi)



Download 46,65 Kb.
bet8/8
Sana19.04.2023
Hajmi46,65 Kb.
#930310
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Mavzu Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari R

Malakani ko‘chishi (o‘tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan biri belgilangan harakat malakalari tizimini yaratishdir. Natijada birvaqtning o‘zida yoki birin-ketin bir necha harakat malakalari shakllanib, bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Fiziologiya nuqtai nazaridan malakalarning o‘zaro ta’siri aloqalari shunday jarayonki, bir vaqtning o‘zida yoki birin-ketin koordinatsion strukturalar o‘zgarishi yuzaga kelaveradi. Bir vaqtning o‘zida bir necha harakat faoliyatiga o‘qitish, masalan: darslar seriyasida yoki bitta faoliyatni o‘rgatishda boshqa malakalarni ham shakllanishi yuz berishi mumkin.
Malakalarning o‘zaro ta’siri bir necha xil bo‘ladi: Malakani ijobiy-salbiy ko‘chishi (o‘tishi). Ijobiy ko‘chish malakalarning o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin hosil bo‘lgan malaka keyingi, yangisini shakllanishiga yordam beradi. Jumladan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloqtirish malakasini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Yangi hosil bo‘layotgan malakalar hayotiy tajriba va o‘qitish natijasida va avval shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldingi shakllanganlarining tuzilishi jihatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi.
Malakani salbiy ko‘chishi. Oldin shakllangan malaka yangisining shakllanishi jarayonida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu ta’lim jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi. Masalan, suvga sakrovchidan, gimnastdan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek og‘ir jarayonni aytib o‘tish mumkin.
Jismoniy tarbiya dasturlarini ishlashda, o‘quv jarayonini rejalashtirishda, yo‘llanma beruvchi mashqlar tizimini tanlashda malakalarning o‘zaro ta’siri munosabatlari xarakterini o‘rganish va hisobga olish jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalashda qo‘l keladi. Bu bilan ijobiy ko‘chishning foydali effektidan iloji boricha samarali foydalanish va salbiy ko‘chish elementlaridan ogoh bo‘lish malakasi shakllanishi jarayoni osonlashadi.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va internet saytlari
1.Salamov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2014
2.Salamov R.S. Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015
3.Курамшин Ю.Ф. Теория и методика физической культуры. Учебник. Москва. – 2010.
4.Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва. – 1991.
5.Юнусова Ю.М. Теоретические основы физической культуры и спорта. Унебная пособия. T.,-2005.
Internet saytlari
1. www.gov.uz – Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.
2. www.lex.uz – Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
3. http://www.Ziyonet.uz.

  1. Sport.uz.

Download 46,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish