III. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish. (Oltin rang - kuch va boylik ramzi, iqtisodiy rivojlanish elementlar). Ushbu yo‘nalishda quyidagi strategik vazifalar belgilandi: 1.Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sishsur’atlarini saqlab qolish: 2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardosh-ligini oshirish: 3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: 4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |