2020-yilda pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma’lumotlarini taqdim etmasdan: 2005-2016-yillar davri uchun jamg‘arilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan; 2016-2018-yillar davri uchun Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan; 2019-yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha mexanizm joriy etiladi. 2020-yil 1-iyunga kadar Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan FHDYo organlari faoliyatiga:xizmatlardan masofadan turib va eksterritorial foydalanish; videokonferensaloqa, «onlayn» navbat va pochta aloqasi xizmatlarini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha takliflar kiritiladi.