Istiqboldagi rejalar
UNICEF hozirda O'zbekiston hukumatiga yuqori darajadagi texnik yordamni ko'rsatmoqda, bu esa bolalar uchun milliy harakat rejasini ishlab chiqish orqali siyosatni ishlab chiqish va tizimni isloh qilishga qaratilgan. Bolalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish rejasi, holatlarni o`rganish va o`z ichida asosiy xizmatlarni yondashuv doirasida taqdim etuvchi ijtimoiy ishlarga sarmoyani kiritadi. Mahalliy hokimiyat organlari va xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan tuman darajasidagi ehtiyojmand bolalar va oilalarning ehtiyojlarini aniqlash va ularni ehtiyojlarini qondirish uchun salohiyatini oshirish, bolalarni muasssasalarga joylashtirishni oldini olish va bolani farovon oila muhitida yashash huquqini amalga oshirishga yordam beradi.
UNICEF/Uzbekistan/2015
UNICEF va O'zbekiston hukumati uchun jabrlanuvchi bolalar va guvoh bolalar uchun adliya tizimida mahsus yondashuvni joriy etish ustuvor yo'nalishlar bo'lib qoladi. Ozodlikdan mahrum bo'lgan bolalarni davolash va ahvolini yaxshilash borasida UNICEF O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan Prezidentning turli farmonlarida qayd etilgan islohotlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishda davom etmoqda. Milliy qonunchilik bazasini bolalar adliya tizimida xalqaro odil sudlovga muvofiq olib borish va adolat xodimlarining ishlarida bolalar uchun qulay tartib-qoidalarni qo'llash imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan keyingi sa'y-harakatlar amalga oshiriladi.
Erishilgan yutuqlar
Xotin-qizlarga nisbat alohida etibor
UNICEF Xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda O'zbekistondagi bolalarni himoya qilish tizimini baholadi va bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash uchun asos yaratdi, bu esa mamlakatning keng ko'lamli va ma'muriy islohotlar kun tartibiga kiritiladi (2018-2021 yillar). Islohotlar bo`yicha muhim tavsiyalar holatlarni o`rganich yondashuvi orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy hodim kasbiga sarmoya qilishni va Homiylik va Vasiylik, hamda tuman darajasidagi balog`at yoshiga yetmaganlar ishlari bo`yicha mahkamalararo komissiyani birlashtirish yo'li bilan Ijtimoiy Ishlar Departamentini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ish
Hukumat O'zbekiston Milliy universitetida ixtisoslashgan ijtimoiy ish bo'limini tashkil etdi. YuNISEF o'qituvchilarning o'quv rejalarini ishlab chiqish va o'qitish shaklida texnik yordam ko'rsatdi.
Bolalar uchun adolat
Bosh prokuratura tomonidan UNICEF bilan hamkorlikda olib borilayotgan qonunchilik islohotlari bo'yicha idoralararo ekspertlar guruhi Jinoyat va Fuqarolik protsessual kodekslariga, jumladan, jabrlangan bolalar va guvoh bolalarni himoya qilish, qonuniy kafolatlar va qonun bilan muammoga uchragan bolalar uchun ozodlikdan mahrum etishni muqobil usullarni kengaytirishni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |