Mark Tuliy Siseron - Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Siseron (mil. av. 106-43 yy.) ham jamiyat va davlat (respublika)ni bir-biridan ajratmaydi, ularni birgalikda tahlil etadi. U davlatni umumiy manfaatlar bilan o’zaro bir-birlariga bog’langan odamlar majmui sifatida tasavvur qiladi, davlat xalqning umumiy mulki hisoblanadi. Davlat odamlar birgalikda yashashga tabiiy ehtiyoj sezgani tufayli paydo bo’ladi. Uning fikricha, davlatning vazifasi mulkni muhofaza qilishdan iboratdir. Davlat ayni shu maqsadda tashkil etiladi. Siseron fikricha, uchta boshqaruv shakli (monarxiya, aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o’zida mujassamlashtirgan aralash davlat eng ideal davlatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |