2. Fuqarolik jamiyati g’oyalari evolyusiyasi - “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi-kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsulidir. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g’oyalar genezisini bilishga zarurat tug’iladi. Bu ularning ijobiy jihatlarini muayyan jamiyatga nisbatan tatbiq etish imkonini beradi.
“Avesto” muqaddas kitobi - Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari dastlab Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida keltirilgan. “Avesto”ning bosh g’oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” ekanligi har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |