МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
80
Tarix fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan uslubiy birlashma
faoliyatida asosiy vazifalar o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari DTS talablari
doirasida bo‘lishini nazorat qilib borish bilan birga, ular bilimida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilab, ta’lim samaradorligiga erishishdan iborat.
Yuqoridagi uslubiy tavsiya asosida darslarni tashkil qilish hamda o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish, bilim darajalarini aniqlash va baholash
uchun maktablardagi tarix uslub birlashma a’zolariga amaliy yordam tariqasida oliy ta’lim
muassasasi professor-o‘qituvchilari ham DTS, dasturga muvofiq holda bir qator tavsiyalarini
berib borishi tarix fanlaridan sifatli maktab bitiruvchisiga iste’molchi bo‘lgan oliy o‘quv
yurti ijtimoiy buyurtmasini talablarga muvofiq ta’minlanishiga yordam beradi. O‘zbekiston
Respublikasining tegishli qarorlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari belgilab qo‘yilgan.
Tarix o‘quv fanidan o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning
namunali mezonlarini ham bevosita hamkorlikdagi tavsiyalar asosida muvofiqlashtirish
maqsadga muvofiq. Tarix fani har bir sinf o‘quvchilarning bilim saviyasi, ko‘nikma va
malakasini besh baholi tizim asosida baholash davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablari
uchun tarixdan DTS va o‘quv dasturida ifoda etilgan asosiy talablar e’tiborga olinishi zarur.
Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini
o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda
ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini
anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini
o‘qitishning vazifalari:
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini
anglatish;
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris
bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini
anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tarix fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari
bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari o‘zida ikkita kompetensiyani qamrab oladi.
1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi
tarix faninin o‘rganishning bir qator darajalarini belgilab beradi.
Tarix fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi (A1), bunda o‘quvchi tarixda yil
hisobini bilishi, tarixga oid muhim dalil, voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera olishi,
o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana olishi talab etiladi.
Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi (A1+), bunda o‘quvchi
yuqoridagilar bilan bir qatorda tarixiy jarayonlarni ko‘rgazmali tushuntira olishi lozim
bo‘ladi.
Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi (eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha)
(A2), bu o‘quvchidan tarixda davr va yil hisobini bilishni, tarixiy-geografik makon haqida,
Do'stlaringiz bilan baham: |