МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
96
bo‘lish, uni izlash, qayta ishlash, baholash, yaratish va uzatishni amalga oshirishda
axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olish qobiliyati va layoqati.
O‘quvchilarda AKT kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish – informatika faniga
oid kompetensiyalarni hamda foydalanuvchilik kompetensiyalarni, ya’ni hamkorlik qilish
va muloqotni amalga oshirish, bilimlarni mustaqil ravishda egallashni va ularni AKT dan
foydalangan holda amaliyotda qo‘llashni shakllantirish va rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Informatikadan kompetensiyalar ikki guruhdan iborat: umumiy va maxsus
kompetensiyalar.
Umumiy kompetensiyalar (hayotiy ko‘nikmalardan iborat): ijodiy yondashuv va
novatorlik, kommunikabellik va hamkorlik, moslashuvchanlik, samaradorlilik.
Maxsus kompetensiyalar (fanga oid kompetensiyalar): axborotlarni yig‘ish, axborot
manbalarini bilish, keraklisini tanlay olish, qayta ishlash, taxrirlash, formatlash, grafik
elementlarni yasash, jadvallar hosil qilish, formulalar kiritish, ranglar bilan ishlash, fayllarni
arxivlash, axborotlarni uzatish, elektron pochta bilan ishlay olish, mualliflik xuquqlarini
bilish va h.k.
A.V. Xutorskoy asosiy kompetensiyalarga qadriyat-semantik kompetensiya, umumiy
madaniy kompetensiya, ta’lim va kognitiv kompetensiya, kommunikativ kompetensiya,
ijtimoiy va mehnat kompetensiyasi, shaxsning o‘zini-o‘zi takomillashtirish kompetensiyasi
bilan bir qatorda axborot kompetensiyasini ham kiritadi. Uning fikricha axborot
kompetensiyasi- haqiqiy ob’yektlar (televizor, magnitafon, telefon, faks, kompyuter, printer,
modem, nusxa ko‘chirish) va axborot texnologiyalari (audio-video yozuvlar, elektron
pochta, ommaviy axborot vositalari, Internet) yordamida mustaqil ravishda qidirish, tahlil
qilish va kerakli ma’lumotlarni tanlash, tartibga solish, o‘zgartirish, saqlash va uzatish.
Ushbu kompetensiya o‘quvchining o‘quv predmetlarida, shuningdek, atrofdagi dunyoda
mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga nisbatan faollik ko‘nikmalarini ta’minlaydi.
I.A. Zimnyaya axbopot bilan ishlash kompetensiyacini axbopotni qabul qilish, qayta
ishlash va uzatish, multimedia va maccmedia texnologiyalapi va Intepnet-pecupclapi bilan
ishlash ko‘nikmacini egallaganlik sifatida qaragan [4]. O‘zbek olimasi Sh.A. Abdullaeva:
“Zamonaviy o‘qituvchi faoliyatida kompetensiyaning bir necha ko‘rinishlari mavjud”-
degan fikr bildirib, ularni turkumlaydi va ular qatoriga texnologiyaviy kompetensiyani
kiritadi.
Texnologiyaviy kompetensiya - jamiyatda texnologiyalashtirish jarayoni bilan birga
paydo bo‘lgan kompetensiya ko‘rinishi. Turli axborot va innovatsion texnologiyalardan
xabardor bo‘lish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay olish axborot bilan ishlash
kompetensiyasining mavjudligidan darak beradi. Ommaviy axborot vositalari (OAV),
Internet tarmoqlarida taqdim qilinayotgan ma’lumotlar, roliklar, reklamalarni tahlil qila
olish, ularga baho berish va tanqidiy yondashish qobiliyati. Shu bilan birga, axborot-
kommunikatsiya kompetensiyasini shakllantirish nafaqat texnologik ko‘nikmalarni
shakllantirish, balki o‘quv jarayonida ham axborot bilan ishlashda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qobiliyati sifatida qaraladi.
Demak, aytishimiz mumkinki, “axborot kompetensiyasi” tushunchasi murakkab
tuzilishga ega va axborot kompetensiyasini shakllantirish jarayoni bir necha bosqichlarda
sodir bo‘ladi: kompyuter savodxonligi, AKT savodxonligi, AKT kompetensiyasi.
Kompyuter savodxonligi – minimal bililar to‘plami va kompyuterda ishlash ko‘nikmasi
hisoblanadi.AKT savodxonligi deganda faqat dasturiy mahsulotlar va kompyuterlar bilan
ishlash asoslarini, ularning asosiy funksional imkoniyatlarini, Internetda ishlashning
umumiy tushunchasini bilish tushuniladi.
AKT kompetensiyasi - aloqa va axborot texnologiyalari doirasida mavjud vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |