МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
95
Ключевые слова:
компетентность, специальная компетентность, информация, файл,
интернет, электронная почта, технология, мультимедиа.
Key words:
competence, special competence, information, file, internet, email, technology,
multimedia.
Hozirgi davrga kelib butun dunyoda ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun axborot
kommunikatsion resurslaridan keng foydalanish orqali sifatli ta’lim olish hamda kompyuter
savodxonligini oshirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (PF-6079-
son, 05.10.2020) asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq
xo‘jaligida zamonaviy AKT ini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar
va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning
barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan
ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Prezident farmoni asosida ishlab chiqilgan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi
yaqin yillarda raqamli savodsizlikka butunlay barham berish, texnologik asosni shakllantirish
va malaka oshirishni yo‘lga qo‘yish zaruriyatini tug‘diradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab ta’limning barcha bosqichlarida o‘zaro
bog‘liq kompetensiyalar qo‘llanilishi, bolalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish birinchi
o‘ringa qo‘yilishi kerak va yana Prezidentimizning 2018 yil 5 iyundagi PQ 3775 sonli “Oliy
ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida pedagog kadrlarda kreativlik, innovatsion kompetentlikni
shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi. Shu dolzarblik asosida
mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimi, shu jumladan oliy ta’lim tizimi o‘quv jarayoniga
ilg‘or innovatsion texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarini joriy etish,
o‘qitish intensivligini, samaradorligini oshirish, jahon andozalariga moslashtirish bo‘yicha
keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarishlari va
yuqori samaradorlik hamda jahon ta’lim talablari bilan mosligi, o‘quvchilarning PISA
xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etib ijobiy natijaga erishishi, ta’lim oluvchilarda olgan
bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyatli foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish, o‘z
qobiliyatlarini, ijodkorligini, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga sharoit yaratuvchi ta’lim
muhitini joriy qilishda muhim ahamiyatga ega [2].
Mamlakatimizda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta’lim tizimi uchun
o‘quvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutuvchi umumiy
o‘rta ta’lim tizimida zamonaviy kompetensiyali yondashuvlarni ishlab chiqishni
ta’minlashga qaratilgan islohotlar natijasida o‘quvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini
shakllantirishning zamonaviy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ularning ichki
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga
yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Uzluksiz ta’lim tizimida informatika fanlari, kompyuter savodxonligi alohida o‘rin
tutganligi bois, bu fanlarni o‘qitishga qaratilgan asosiy e’tibor har doim o‘z dolzarbligini
saqlab kelmoqda.
Informatika fanidan o‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar: AKT
kompetentlilik-o‘quvchilarning axborotli jamiyatda o‘z o‘rnini munosib egallash
va muvoffaqiyatli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun axborotga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |