МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
51
– o’quvchilar o’qigan ma’lumotlarini mantiqiy tahlil qila olishi;
–
o’quvchilar raqamli dunyoda o’rganishda ta’lim texnologiyalari yordamida
o’rganish usullarini o’zgartirishi;
–
o’quvchilar murakkab hodisalarni o’rganishda o’z g’oyalarining raqamli tasvirini
yaratish uchun yangi imkoniyatlarni taklif qilishi va ular bilan shug’ullanishi,
boshqalar bilan fikr almashishi, tahlil qila olishi;
–
o’quvchilar yangi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashda raqamli dunyoda
o’rganish texnologiyalaridan foydala olishi hamda amaliyotga tadbiq eta olishi;
–
o’quvchilar yangi va notanish raqamli muhitda umrbod ta’limni qo’llab-
quvvatlaydigan keng ko’nikmalar va istiqbollarni rivojlantirishlari kerak.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish va raqamli dunyoda
o’rganish jamiyatimizga nima beradi?
–
o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab
etadi;
–
kadrlarni kelajakda ochiq, real dunyo muammolariga yechim topa olishlari uchun
texnologiyadan faol va avtonom foydalana oladi;
–
hisoblash va ilmiy tadqiqot amaliyotlari, bu tizimlarni o’rganish, g’oyalarni
ifodalash va hisoblash mantig’i bilan muammolarni hal qilish uchun raqamli
vositalardan foydalanish qobiliyati rivojlanadi;
–
ota-onalarni farzandlari o’qishini nazorat qilish uchun yangi texnologiyalardan
foydalanish ko’nikmalarini shakllantiradi;
–
jamiyatning yangi va notanish raqamli muhitda umrbod ta’limni qo’llab-
quvvatlaydigan ko’nikma va istiqbollari rivojlanadi.
PISA (Program for International Student Assessment) xalqaro baxolash dasturining
kelajakdagi loyihasi PISA 2025 Learning in the Digital World (PISA 2025 Raqamli dunyoda
o’rganish) bo’lib, bunda o‘qish, matematika, tabiiy fanlarda savodxonligini baholashdan
tashqari hodisani ilmiy tushunish, ilmiy ma’lumotlar asosida xulosa qilishga bog’langan
kompetensiyalarini aniqlash ham olib boriladi. Hozirgi vaqtda mutaxasislar tayyorlashda
ikkita yo’nalish mavjud bo’lib, bulardan birinchisi fanlarning o’zaro aloqasi bo’lsa,
ikkinchisi esa mutaxasislarning kasbga nisbatan kompetensiyasini rivojlantirish hisoblanadi.
PISA 2025 “Raqamli dunyoda o‘rganish” baholashi tadqiqotlar yordamida o‘rganish
uchun zarur bo‘lgan ikkita kompetensiyaga e’tibor qaratadi:
–
o’z-o’zini tartibga soluvchi ta’lim, bu o’rganish jarayonida o’zining metakognitiv,
kognitiv, xulq-atvori, motivatsion va affektiv jarayonlarini kuzatish va nazorat
qilishni nazarda tutadi;
–
tizimlarni o’rganish, g’oyalarni ifodalash va hisoblash mantig’i bilan muammolarni
hal qilish uchun raqamli vositalardan foydalanish qobiliyatiga ishora qiluvchi
hisoblash va ilmiy tadqiqot amaliyotlari.
Xulosa qilib aytganda PISA (Program for International Student Assessment) xalqaro
baxolash dasturining kelajakdagi loyihasi PISA 2025 Learning in the Digital World (PISA
2025 Raqamli dunyoda o’rganish) mamlakatimizda ta’lim tizimining rivojlanishida, kelajak
avlod kadrlarining yetuk mutaxasis bo’lib shakllanishida, o’qituvchilarimizni ta’lim-
tarbiya berishda yangicha yondashishga va o’zining kasbiy kompetentligini mustaqil
nazorat qilishda, o’quvchilarimizni darslarga qiziqish xussiyatini oshishi, raqamli dunyoda
o’rganishdagi texnologiyalarni samarali qabul qilishi va qo’llay olishi, hodisalarni ilmiy
jihatdan tushuntirishi, ilmiy tadqiqotlarni loyihalashi va baholashi, ma’lumotlar va dalillarni
ilmiy talqin qilishidagi kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim amaliyot bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |