Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo’qdir”, degan fikrni bildirgan. XV asr boshlarida Temur saroyida bo’lgan Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yig`adi, ularga iltifot ko’rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlarning turli ehtiyojlarini bajarish uchun alohida mas’ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do’stona aloqalarni mustahkamlashni tayinlaydi. - Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo’qdir”, degan fikrni bildirgan. XV asr boshlarida Temur saroyida bo’lgan Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yig`adi, ularga iltifot ko’rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlarning turli ehtiyojlarini bajarish uchun alohida mas’ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do’stona aloqalarni mustahkamlashni tayinlaydi.
- Qadim-qadimdan din aksariyat milliy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar o’sha bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog`liq.
3. Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi - Dinlararo totuvlik millatlararo totuvlikni mavjud bo’lishiga ko’maklashadi. Millatlararo totuvlik g’oyasi – umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Dunyodagi barcha davlatlar aholisi milliy tarkibiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. Birinchisi monoetnik (aholisi asosan bir millat vakillaridan iborat) va ikkinchisi polietnik (ko’pmillatli) davlatlardir.
- Hammamizga ma’lumki, O’zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko’ra ikkinchi guruhga, aholisi ko’p millatli davlatlar qatoriga kiradi. Hozir O’zbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi. Respublikamiz aholisining 80 foizini o’zbeklar tashkil qiladi. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o’z qadriyatlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |