Hаrаkаti nisbiy bo‘lib, u sаnoq sistemаsigа bog‘liq



Download 190,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana12.05.2023
Hajmi190,99 Kb.
#937881
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizika 2-mustaqil ish

Plazma 
 
Fizika va 
kimyoda plazma (yun. Πλάσσω, plasso —
„shakl quyaman“) atamasi ostida gazga oʻxshash, 
zarrachalari ionlashgan modda holati tushuniladi. Gazni 
qizdirish uning atom yoki molekulalarini ionlantirib, 
plazmaga aylantirishi mumkin.[1] Issiqlikdan tashqari 
kuchli 
elektromagnit maydoni (lazer yoki mikrotoʻlqin) 
yordamida ham plazma hosil qilish mumkin.Plazma 
(yun. Plasma 

shakllangan) 

toʻliq yoki kisman 
ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va 
ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz. 
Suyuq
likning gaz holatiga oʻtishi bugʻlanish, qattiq 
jismning gaz holatigaoʻtishi sublimatsiya deb ataladi. 


Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga 
oʻtadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik 
energiyasi taʼsirida molekulalarning ionlarg
a ajralish 
jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli vositalar 
yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa 
zarralar bilan bombardimon qilish natijasida ham sodir 
boʻlishi mumkin. P. hajm birligidagi ionlashgan atomlar 
sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga 
nisbati P.ning ionlanish darajasi a deyiladi. A ning 
qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla ionlashgan P. 
boʻladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon 
texnikasida P. holatidagi modda gʻoyat katta rol 
oʻynaydi. Gazlardan tok oʻtish hodisalari, yaʼni 
gazlardagi razryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi 
hodisalar P. bilan bogʻliq. Yer atmosferasining yuqori 
qatlami Quyosh va boshqa kosmik omillar taʼsirida zaif 
ionlashgan P. boʻlib, ular quyosh shamoli kurinishida Yer 
magnitosferasi va ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va 
yuqori temperaturali yulduzlar toʻla ionlashgan P.dan 
iborat. P. zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) 
quyidagi qiymatlarga ega boʻladi: galaktik fazoda p ~ 10, 
quyosh shamolida p ~ 10, qattiq jismlarda p 

1O22. “P.” 
terminini fanga birinchi boʻlib amerikalik olimlar 
I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan (1923). 


Umumiy holda P.ni tashkil etuvchi elektronlar, ionlar va 
neytral atomlarning oʻrtacha kinetik energiyalari 
birbiridan farq qilishi mumkin. Bunday termodinamik 
muvozanatsiz holatdagi P.ga noizotermik P. deb ataladi. 
Mas, gaz razryadli P.da har bir elektronning oʻrtacha 
kinetik energiyasi ionnikiga qaraganda unlab marotaba 
katta boʻladi. P.ning muvozanatsiz holati razryad 
tokining energiyasi hisobiga saqlanib turishi mumkin. 
Maʼlumki, tashqi manba energiyasi asosan, elektronlar 
qabul qiladi. Elektron massasi ion yoki neytral zarra 
massasiga nisbatan bir necha ming marta kichik 
boʻlganligi sababli, toʻqnashuvlar natijasida elektronlar 
energiyasining juda oz qismigina boshqa zarralarga 
oʻtishi mumkin. Elektronlar energiyasining kamayishi 
tashqi manba energiyasi hisobiga toʻldirila boradi. 
Shunday qilib, elektronlar, ionlar va neytral zarralarning 
har qaysisi oʻziga xos oʻrtacha kinetik energiyaga, 
demak 
temperaturaga ega. Elektronlar temperaturasi Te, ionlar 
temperaturasi T: va neytral zarralar temperaturasi To 
orqali belgilanadi. Odatda Toga nisbatan T, kattaroq. Te 
esa ancha katta boʻladi.
P. ni harakterlovchi eng muhim fizik kattalik Debay 
radiusidir, uning mohiyatini quyidagicha tushuntirish 
mumkin. Agar P. tarkibidagi biror q zaryadli zarra 
vakuumda boʻlganida edi, uning oʻzidan g masofa 
uzoqlikdagi nuqtada hosil qilayetgan potensiali formula 


orqali aniqlanar edi. Plazmada esa kuzatilayotgan bu 
zaryadli zarra boshqa zaryadlangan zarralar bilan 
qurshab olingan. Zaryadlar orasida oʻzaro taʼsir kuchlari 
mavjudligi tufayli kuzatilayotgan zaryad atrofiga koʻproq 
unga teskari ishorali zarralar yigʻiladi va ular q zaryad 
maydo-nini 
kuchsizlantiradi. 
Hisoblashlarning 
koʻrsatishicha, P.dagi q zaryadning potensiali masofa 
ortishi bilan quyidagi qonuniyat boʻyicha oʻzgarib 
boradi: bundagi D kattalik temperaturaga, hajm 
birligidagi zarralar soniga, ularning zaryadiga bogʻliq. 
Jumladan, agar izo-termik P. faqat elektronlardan yoki 
bir xil zaryadli ionlardan iborat boʻlsa bu yerda 
elektronlar (yoki ionlar)ning hajm birligidagi soni I orqali 
va elektron zaryadi ye orqali belgilanadi. R “ D 
boʻlganda, yaʼni D ga nisbatan katta masofalarda 
zaryadlarning elektr maydoni juda zaiflashadi. Bu hodisa 
zaryad 
maydonining 
ekranlanishi, 
ekranlanishini 
xarakterlovchi D kattalik esa ekranlanish radiusi yoki 
Debay radiusi deb yuritiladi. Mas, vodorod P.sida 
T=105A’ va ya=1016sm”3 ekan, Debay radiusi £>=1,5
-
10~5 sm. Radiusi D ga teng sfera ichidagi barcha zaryadli 
zarralarning soni Debay soni deyiladi. Debay soni katta 
boʻlgandagina P.ni gaz deb hisoblash mumkin. P.ning 
asosiy xususiyati shundan iboratki, undagi musbat va 
manfiy zaryadlar zichliklari deyarli bir-biriga tengdir. Bu 
xususiyat P.ning kvazineytralligi deyiladi. P. egallagan 


joyning chizigʻiy oʻlchami Debay radiusidan ancha katta 
holatdagina kvazineytrallik roʻy beradi.
Moddaning qattiq, suyuq yoki gaz qolatlarda boʻlishi 
uning agregat holatlari deyiladi. Yuqorida aytilganlardan 
ravshanki, P. xususiyatlari moddaning oddiy gaz 
holatidagi xususiyatlaridan koʻp jihatdan farq qiladi. 
Shuning uchun P.ni moddaning toʻrtinchi holati deb 
hisoblanadi. P. xususiyatlaridan foydalanish xrz. Zamon 
texnikasi taraqqiyotida gʻoyat katt
a ahamiyatga ega. 

Download 190,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish