Piyodalar oqimining zichligi – piyodalar sonini 1m
2
trotuar maydoniga to‘g‘ri keladigan
nisbat bilan aniqlanadi. Piyodalar oqimining zichligi trotuarning eniga va piyodalarning harakat
miqdoriga to‘g‘ri
Transport va piyodalar oqimining harakat miqdori va tarkibi.
Harakat miqdori yillar, oylar, sutka soatlari va hafta kunlari hamda yo‘lning bo‘laklariga
nisbatan o‘zgaruvchan ko‘rsatkichdir. Harakat miqdorining o‘zgarishini quyida respublikamiz
yo‘llariga xos misollar orqali ko‘rsatamiz.
Harakat miqdori avtomobil yo‘lining ahamiyatiga va uning atrofidagi viloyat va tumanlarning
iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan,Toshkent-Qo‘qon avtomobil yo‘lida
harakat miqdorining yildan-yilga oshib borishiga asosiy sabab qo‘shni respublikalar va chet el bilan
transport aloqalari shu yo‘l orqali amalga oshirilishidir.Aksincha harakat miqdorining pasayishi
iqtisodiy - ijtimoiy aloqalarning cheklanishi yoki katta hajmdagi qurilish ishlarining yakunlanishi
oqibatida yuzaga keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |