beshinchilari bu tushunchani sanksiyani amalga oshirish bilan bog`laydilar;
oltinchi guruhdagi mualliflar huquqqa xilof xatti-harakati uchun subyektning hisob berish qobiliyatini majburiy ta`sir choralariga duchor bо`lishi bilan bog`laydilar.
Yuridik adabiyotda, kо`p hollarda, «javobgarlik» atamasi zaminida yuridik majburiyatlarning turli-tumanliligi kо`rsatiladi. Yuridik javobgarlikka umumiy nazariy nuqtai-nazardan yondashish bunday tushunishning tо`g`riligini tasdiqlaydi. Fanda shu narsa umumiy ravishda tan olinganki, javobgarlik yuridik oqibatlarning turli xil kо`rinishi bо`lib, ma`lum faktlar mavjud bо`lganda kelib chiqadi; bu huquq normalarining ijtimoiy munosabatlarning subyektlariga muayyan huquqlarni berish va ularga tegishli majburiyatlarni yuklash orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladilar (ularga ta`sir kо`rsatadilar). Huquq normalari huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarishdan boshqa hech qanday о`zga oqibatlarni nazarda tutmaydi. Yuridik javobgarlik ham bunday majburiyatlarning kо`rinishi hisoblanadi.
Normativ hujjatlarni tahlil qilishdan shu narsa kelib chiqadiki, huquq normalari yuridik oqibatning kо`rinishi bо`lgan javobgarlikning kelib chiqishini huquq tomonidan salbiy baholanadigan yuridik faktlar (majburiyatlarni bajarmaslik, ta`qiqlashlarni, subyektiv huquqlarni buzish) bilangina bog`laydi. Javobgarlik о`z mazmuniga kо`ra, boshqa majburiyatlardan farq qiladi, bu hamma vaqt subyektning zimmasiga yuklatilgan, subyektga zarar keltiradigan majburiyat bо`lib, uning huquqiy holatini cheklaydi va muayyan turdagi mahrum bо`lishlarga olib keladi.
Yuridik javobgarlikni majburiyatning kо`rinishi sifatida tushunish – javobgarlikning u yoki boshqa jihatlarini aks ettiradigan о`zga qarashlarni rad etish emas. Yuridik javobgarlikning yuklatilishi aybdor subyektning о`z xatti-harakati uchun hisob berishini (javobgarlikka sabab bо`ladigan hatti-harakatni sodir qilish sabablari, motivlarini tushuntirib berish) taqozo etadi. Javobgarlik huquqiy normaning sanksiyasida kо`zda tutilgan ekan, demak, javobgarlikning yuklatilishi ham sanksiyaning amalga oshirilishidir.
О`z navbatida, javobgarlik ham о`z zimmasiga yuklatilgan subyektdan muayyan xatti-harakatlarni sodir etishni, shuningdek, majburlash choralarini qо`llaydigan maxsus organlarning harakat qilishini talab etadi. Javobgarlikni amalga oshirish, albatta, shuni taqozo qiladiki, subyekt о`zining psixofizik va ijtimoiy xususiyatlariga kо`ra, majburlash choralarini qabul qilish qobiliyatiga ega bо`lishi kerak.
Agar biz huquq tiliga murojaat qilsak, shu narsani kо`ramizki, normativ hujjatlarda, «yuridik javobgarlik» atamasi о`z ichiga subyektning ma`lum bir harakatlarini, xulq-atvorini amalga oshirish majburiyatini oladi. Bunga mulkiy mahrumliklarga duchor bо`lish (jarima tо`lash, musodara, keltirilgan zararni tо`lash), shaxsiy mahrumliklarga duchor bо`lishni (ozodlikdan mahrum bо`lish majburiyati) kiritish mumkin.
Qonunlar matnlarida «javobgarlikni kuchaytirish», «javobgarlikni yumshatish», «javobgarlikka tortish», «javobgarlikdan ozod qilish», «javobgarlikni bekor qilish», «javobgar bо`ladilar», «javobgarlikka tortiladilar» kabi iboralarni uchratish mumkin.
Shunday qilib, yuridik javobgarlik – sodir etilgan huquqbuzarlik uchun shaxsning davlat-hokimiyat xususiyatdagi ma`lum mahrumliklarga duchor bо`lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |