Ikkinchi belgi. Yuridik javobgarlikning amaldagi asosi shunday huquqbuzarlik, ya`ni ichki (shaxsning ongi yoki irodasi) va tashqi harakatlarining birligini mujassamlashtirgan xatti-harakat sifatidagi akt bо`lishi mumkin. Bu narsa shuni bildiradiki, huquqiy kо`rsatmalarni buzishda aybdor bо`lgan shaxsgina huquqiy javobgarlikning subyekti bо`lishi mumkin.
Uchinchi belgi. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan ayblash, huquqbuzarning xulq-atvori uchun tanbeh berish bilan bog`liq. Davlat tomonidan ayblash – bir qator xususiyatlarga ega bо`lgan keng tushuncha hisoblanadi. Birinchidan, bunday qoralash xulq-atvori uchun tanbeh beriladigan subyektlarga nisbatan hokimiyat ta`sirini qо`llash bilan ajralmas ravishda bog`liq. Ikkinchidan, davlat tomonidan ayblash huquqbuzarni aybdor deb topish, unga nisbatan aniq javobgarlik choralarini belgilash va ularni amalga oshirishda namoyon bо`ladi. Uchinchidan, bu narsa retrospektiv xususiyatga ega. Shuning uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar xulq-atvorlarining ilgari sodir etilgan huquqqa xilof aktlari salbiy bahoga ega bо`ladi.
Bu kо`rsatilgan belgi yuridik javobgarlikning ba`zi turlarini tushunishda muhim ahamiyatga ega. U, xususan, jinoiy javobgarlikka xos bо`lib, uning mohiyatini belgilab beradi. Gap shundaki, kо`pgina hollarda bu javobgarlik aybdor jinoyat sodir etganligi uchun faqat davlat tomonidan ayblanishi bilan tugashi va jinoiy jazo choralarini, belgilash va bajarish bilan bog`liq bо`lmasligi mumkin.
Huquqbuzar xulq-atvorining yuridik javobgarlik bilan bog`langan bahosi, uning davlat organlari tomonidan qoralanishi hamma vaqt shunday tarzda uchrab turadi. Aksincha, о`zga huquqni muhofaza qilish vositalari uchun bunday baho asosiy narsa emas. Masalan, tibbiy majburlashga doir chora-tadbirlar amalda maqsadga muvofiqligi ushbu shaxs tomonidan xavfli xatti-harakatlar sodir etishning oldini olishga intilish maqsadida kelib chiqadi. Yuridik javobgarlik uchun majburiy bо`lgan bahoning о`sha elementi bu vositalarga xos emas.
Javobgarlikni yuklash bilan bog`liq bо`lgan davlat tomonidan ayblash huquqbuzarlarda ma`lum bir huquqiy tuyg`ularni paydo qiladi. Kо`pgina hollarda, «jazolanganlik», «qoralanganlik» kabi tuyg`ular huquqqa xilof xatti-harakatlarga yо`l quygan shaxslarga nisbatan jiddiy tarbiyaviy ta`sir kо`rsatishi mumkin.
Shu narsa о`ziga e`tiborni jalb qiladiki, ba`zi bir huquqshunos olimlar yuridik javobgarlik tushunchasiga davlat tomonidan qoralashni emas, balki jamoat tomonidan qoralashni kiritadi. Biroq, yuridik javobgarlik belgilaridan birining bunday tarzda talqin qilinishi ma`lum ma`noda aniqlashtirishni talab etadi. Yuridik javobgarlikni, xususan, о`rtoqlik sudi tomonidan yuridik javobgarlik yuklatish jarayonida fuqaroning huquqqa xilof xatti-harakatining har qanday ravishda qoralanishi davlat tomonidan qoralanish xarakteriga ega bо`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |