Yuridik javobgarlikning turlari
Yuridik javobgarlik turli asoslarga kо`ra bir nechta turlarga bо`linadi. Masalan, javobgarlikni yuklaydigan organlar bо`yicha yuridik javobgarlikning qо`yidagi turlari farqlanadi:
1) davlat hokimiyati organlari tomonidan yuklanadigan yuridik javobgarlik;
2) sud va boshqa yuridik organlar tomonidan yuklanadigan yuridik javobgarlik;
3) ma`muriy organlar (davlat boshqaruv organlari) tomonidan huquqbuzar zimmasiga yuklanadigan yuridik javobgarlik.
Yuridik javobgarlik qaysi sohaga tegishliligiga, huquqbuzarlikning qaysi turi sodir etilganligiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
1) jinoiy – huquqiy;
2) ma`muriy;
3) fuqarolik huquqiy;
4) ishchi va xizmatchilarning moddiy javobgarliklari;
5) intizomiy javobgarlik;
6) yuridik javobgarlikning eng og`ir turi jinoiy javobgarlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |