Darsning maqsadi 1.Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga har xil ishorali sonlarni qo’shish haqida tushuncha berish. - Darsning tarbiyaviy maqsadi:
a) O’quvchilarga a har xil ishorali sonlarni qo’shish orqali matematika fanining hayotdagi o’rnini tushuntirish. b) boshqa fanlarga va hayotga bog’lab o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. 3. Rivojlantiruvchi maqsad: a) o’quvchilarning aqliy qobilyatini o’stirish Dars o‘tish rejasi: 1.Tashkiliy qism [5daqiqa] 2.O’tilgan mavzularni mustahkamlash. [10daqiqa] 3. Yangi mavzu bayoni. [15daqiqa] 4. Mavzuni mustahkamlash. [10daqiqa] 5.Darsni yakunlash, baholash, uyga vazifa berish [5daqiqa] Darsning turi: yangi bilim berish. Darsning usuli: guruhlarda ishlash, savol-javob. Darsning jihozi: darslik, darsga oid ko’rgazmalar, tarqatmalar, taqdimot, Darsning borishi: Tashkiliy qism: salomlashish,davomat Uyga vazifani tekshirish. O’tilgan mavzuni so’rash: (o’quvchilarga tarqatma materiallar berish) Darsning shiori: O’qituvchining shiori: Dars muqaddas ! O’quvchining shiori: Intilganga to’le yor! Yangi mavzu bayoni: Musbat va manfiy sonlarni qo’shish natural sonlar va kasr sonlardagi kabi o’rin almashtirish va guruhlash qonunlariga bo’ysunadi. a+b=b+a o’rin almashtirish qonuni tengliklar o’rinli bo’ladi. Musbat sonlar - noldan katta haqiqiy sonlar. Musbat sonlar sonlar oʻqida sanoq boshidan, yaʼni nol nuqtadan oʻng tomonda joylashgan haqiqiy sonlar hisoblanadi. Masalan: 1, 2, 3, 4 va h. k. Musbat sonlar oldiga, odatda, "+" ishora yozilmaydi.
Manfiy sonlar — noldan kichik haqiqiy sonlar hisoblanadi.
Musbat sonlarning qarama-qarshisidir. Masalan, -2, -1 va boshqalar.
Manfiy sonlar tushunchasi VI-XI asrlarda Hindistonda yaratilgan. Manfiy sonlarlar sonlar oʻqida sanoq boshidan, yaʼni nol nuqtadan chap tomonda tasvirlanadi.
Har hil ishorali modullari teng bo’lmagan sonlarni qo’shish uchun: 2) ayirma oldiga katta modulli qo’shiluvchi ishorasini qo’yish kerak. Qarama-qarshi sonlar yig’indisi nolga teng. Ixtiyoriy n soni uchun n+(-n)=0 1-misol. Yig’indini toping: (-3)+(+6) Yechish.│-3│=3 va │+6│=6 ekani ma’lum. Butun sonlar qatorida (-3) sonidan boshlab o’ng tomonga qarab 6 ta sonni sanaymiz. Shunda sanash (+3) soniga kelib to’xtaydi, demak, (-3)+(+6)=+3=3 Javob: 3. Bu misolda musbat qo’shiluvchining moduli katta edi, shuning uchun ham yig’indi – natija musbat son chiqadi. 2-misol. Yigindini toping. (+2)+(-5) - Yechish; │+2│=2, │-5 │=5 moduli kattasidan moduli kichigini ayiramiz: 5-2=3
- natijada moduli kattasini ishorasini qo’yamiz:
(+2)+(-5)=-3 Yangi mavzuni mustahkamlash: (+5)+(-6)= (-23)+(+44)= (+12)+(-20)= (+3)+(-50)= (-20)+(+9)= (-66)+(+55)= (-40)+(-19)= (-9)+(+24)= (-36)+(+37)= (+28)+(-11)= (-8)+(+15)= (-100)+(+100)= “33” o’yini Bunda o’quvchilar navbat bilan 1 sonidan boshlab sanaydilar. Qaysi o’quvchi 3 soni va 3 ga bo’linadigan songa to’g’ri kelsa sonning nomini aytmay qarsak chalishi kerak bo’ladi. O’yin qoidasini buzgan o’quvchi o’yindan chiqadi va navbatdagi o’quvchi yana 1 sonidan boshlab sanashni . O’yin 33 soniga yetkandagina yakunlangan bo’ladi va g’olib o’quvchilarga o’yin oxirida qarsak chalib rag’batlantiriladi. Uyga vazifa: 843,844,845,846,847-mashqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |