yondashuv ustuvorlik qiladi. Oʻzini oʻrab turgan ijtimoiy-milliy qobiqni yorib
Oʻzbek tayanadigan maʼnaviy oyinlarning qadimiyligi bilan globallashuv
tufayli xalqning bugungi turmush yoʻsiniga kirib kelayotgan yangi tutumlar
oʻrtasidagi nomuvofiqlik va oʻzgachaliklardan tugʻilayotgan kulgili holatlarni
aks ettirish “Oʻzi uylanmagan sovchi” romanining bosh xususiyatidir.
Yozuvchi kulgi hosil qilishda zoʻrakilik va sunʼiylikka yoʻl qoʻymagani holda
tasvirga olingan hamma narsada kulgi koʻra bilgan va ulardan kulgi chiqara
olgan. Romanda isteʼmolchilik mayli axloq darajasiga koʻtarilib, nimagadir
ega boʻlish odamlikning etaloniga aylangan, moddiy isteʼmoldan boʻlak
narsalar ikkinchi darajali deb qaralayotgan sharoitda ham ildizlari teran
maʼnaviy qadriyatlar eskirmasligi taʼsirli aks ettirilgan.
Ahmad Aʼzam har bir personajni oʻz feʼliga yarasha til bilan taʼminlay olgan.
Shu bois, xilma-xil, bir-
biriga oʻxshamaydigan, ayni vaqtda, bir-biriga juda
oʻxshash odamlarning ichki dunyosi koʻrsatilgan bu roman, shubhasiz,
adabiyotimizda oʻziga xos estetik hodisa boʻlib qoladi.
Omon Muxtorning “Muhabbat oʻlimdan kuchli” romanida ezgulik bilan
yovuzlik kuchlari oʻrtasidagi adoqsiz va murosasiz kurash muayyan
shaxslar taqdiri misolida mistika aralash real aks ettirilgan. Adib
yovuzlikning hech qanday sababsiz ezgulikka qattol dushman boʻlishini
Ibrohim bil
an Gʻayrat Nusrat, undan soʻng Nusrat Gʻayrat, Hasan bilan oʻgʻli
Voris va ukasi Husan oʻrtasidagi munosabatlar tasviri asnosida aks
ettirgan.
Omon Muxtor uslubiga xos bir jihat, yaʼni, tasvir yoʻsinini toʻligʻicha siniq
mozaika asosiga qurish ushbu asarda ham ustuvorlik qiladi. Romandagi
soʻzlar qatorining aksariyati siniq, bu siniq qatorlar orqali tasvirlangan
timsollarning taqdirlari ham siniq, personajlararo munosabatlar ham siniq,
faqat siniqlikning oʻzigina butundir. Omon Muxtor romanlari uslubidagi yana
bir jihat ulardagi voqealar rivoji, timsollararo munosabatlar tasvirida
dramaga oʻxshashlik borligidir. Asarni mistikaga oshno qilgan jihat tasvirda
xronotop, yaʼni, makon va zamon mutanosibligi talabiga amal
qilinmaganida ham koʻrinadi. Uning asarlarida odam yoʻqlikdan paydo
boʻlishi, qahramon necha asrlar oldin boʻlib oʻtgan voqealar ichiga tushib
qolishi, bugunda oʻtmish va oʻtmishda hozir namoyon boʻlishi mumkin.
Romanda oʻqirmanning chinakamiga badiiy zavq olishiga imkon
bermaydigan jihatlar ham yo
ʻq emas. Chunonchi, asarda: “Spartakning
Do'stlaringiz bilan baham: