Iqtisodiy o‘sish — bu iqtisodiyotning rivojlanishi, ya’ni hayotiy ne’matlar boMgan tovar va xizmatlaming ishlab chiqarilishining ko‘payib borishidir5
I qtisodiy o‘sish mutlaq va nisbiy bo‘ladi. Mutlaq iqtisodiy o‘sish Tovar va xizmatlar qanday miqdorda ko‘payganini bildiradi. Buni ( 0 ‘m) aniqlash uchun real YalM ning hozirgi hajmidan (М2) oldingi Hajmi (Mj) chegirib tashlanadi. Bunda 0 ‘m=M2-Mj JpoMadi. Masalan, shu yili real YalM hajmi 185 mlrd dollar bo‘lsa, 5 yildan so‘ng Bu 225 mlrd dollarni tashkil etadi. Bunda mutlaq iqtisodiy o‘sish 40 mlrd dollarga (225—185=40) teng. Mutlaq o‘sish iqtisodiy salohiyatning katta yoki kichikligini bildiradi. Agar mamlakatning Iqtisodiy qudrati ulkan bo‘lsa, mutlaq o‘sish hajmi katta bo‘ladi. Agar Lining iqtisodiyoti zaif boMsa, mutlaq o‘sish hajmi kichik bo‘ladi. Masalan, 2002-yilda mutlaq o‘sish AQShda 110,9 mlrd dollar bo‘lsa, Mongoliyada bu atigi 125 min dollar bo‘ldi, ya’ni AQShdan 88,8 marta kam bo‘ldi.
Aytilgan davrda YalM o‘sish sur’ati 11,1 % bo‘lgan. Lekin, bu Mutlaq o‘sishni emas, balki nisbiy o‘sishni bildiradi. Mamlakatning Iqtisodiy salohiyatiga qarab nisbiy o’sishning mutlaq salmog‘i Turlicha bo‘ladi. Masalan, bir yerda 1 % iqtisodiy o‘sish YalMni 5 Mlrd dollarga ko‘payishini bildirsa, boshqa yerda buni 60 mlrd Dollarga oshganini bildiradi. Biroq iqtisodiy o‘sish qanchalik jadal Kechsa, shunchalik mamlakatning salohiyati ham oshib boradi. Buni Xitoy misolida ko’rish mumkin. Keyingi 20 yilda bu yerdagi YalM Yiliga 8—10 % ko‘paydi. Agar 1993-yili Xitoyning iqtisodiy quvvati 630,2 mlrd dollarlik YalM bergan bo’lsa, 2000-yilga kelib bu Ko‘rsatkich 4000 mlrd, 2012-yilda esa 10132,1 mlrd dollarni tashkil Etdi. Uzoq davrdagi iqtisodiy o‘sishni kuzatsak uning sur’atlari har Xil bo’lganidan turli mamlakatlar har xil darajaga erishib, ulardan Biri boy, boshqasi kambag’al bo’lib qolganligini ko’ramiz (15.1 -jadval).
J on boshiga hisoblangan real YalM bu iqtisodiyot ehtiyojini Qondirishga naqadar qodir ekanligini bildiradi. Buni aniqlash uchun YalM hajmi aholi soniga bolinadi. YalM hajmi ko‘p bo’lgani bilan, Agar aholi ham ko‘p bo‘lsa jon boshiga YalM kam bo‘ladi. YalM Hajmi kichik bo‘lgani holda aholi soni ham kam bo‘lsa, jon boshiga YalM ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, 2000-yili Xitoyda YalM 4000 mlrd doll, Gollandiyada esa u 26,2 mlrd doll bo‘lgan. Demak, Xitoyning YalMi Gollandiyanikidan 154 marta ko‘p. Biroq, Xitoy Aholisi Gollandiyanikidan 79,9 marta ko‘p bo‘lganidan jon boshiga YalM 6,4 marta kam. Ma’lumotlar iqtisodiy o‘sish notekis borishini Ko‘rsatadi. Agar ilgarilari Angliya eng ilg‘or mamlakat bo‘lsa, keyinchalik uning o‘rnini Yaponiya, AQSh va Kanada egalladi.
1.2-rasm Mamlakatlar daromadlari
Xitoy va Hindiston ilgari orqada qolgani holda, keyingi paytda Jadal o‘sa boshladi. Masalan, 2000—2010-yillarda Hindistondagi Iqtisodiy o‘sish yiliga 8 %ni tashkil etdi. Xitoy har 10 yilda YalMning 2 barobardan ziyod ko‘payishiga erishdi. Agar XX asrning 2-yarmida jadal o‘sish natijasida Yaponiya va Germaniya mo‘’jizasi Yuz bergan bo‘lsa, XXI asr Xitoy fenomeni, mo°jizasi bilan boshlandi. 30 yilda (1981-2010) Xitoy YalM hajmi 20 marta, jon boshiga 15 marta ko‘paydi. Bunday o‘sishga Angliya 200 yil, AQSh esa 150 Yil deganda erishgan edi. Bu shundan darak beradiki, ilg‘or mamlakatlar abadul-abad oldinda borib, boshqalar orqada sudralib Qolmaydi. Buni hozirgi iqtisodiy o‘sish ham tasdiqlaydi. Osiyodagi Koreya Respublikasi, Malayziya, Tayvan kabi mamlakatlar jadal Rivojlanib, qoloqlikdan chiqa oldilar. Yevropada Norvegiya va Finlyandiya ham ilg‘orlar safiga qo‘shildi. Ulardagi YalM o‘sishi Dunyoning o‘rtacha sur’atidan ancha oshib ketdi. 2007-yil Norvegiya YalMi jon boshiga 82480 dollar bo‘lib, bu dunyodagi eng Yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. 0 ‘zbekiston ham kelajakda iqtisodi rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish vazifasim o‘z oldiga Qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |