Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarix o’qitish oldiga qo’yilgan g’oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga oshiriladi



Download 37,56 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2022
Hajmi37,56 Kb.
#684811
1   2   3   4
Bog'liq
tarix va tarbiya maqola

Uchinchidan: Balandparvoz iboralar yig’indisidan tashkil topgan «vataniarvarlik» partiya hujjatlarida nazariy jihatdan asoslanib, «sovet jamiyatining o’tgan davr ichida qo’lga kiritilgan asosiy yutug’i bu yagona sovet xalqlarining shakllantirishdir!» deb, xalq maorifi xodimlari oldiga, jumladin tarix o’qituvchilariga yosh avlodni alohida olingan ma'lum bir xalq, millatning milliy va ma'naviy an'analari ruhida emas, xayolan «shakllaigan» sovet xalqi vatanpavarligi ruhida tarbiyalashni singdnrishga undar edi. Shunday ekan, bugungi kun tarix fani o’qituvchisi tarix ta'lnmini targ’ib etishda ayrim tarixiy shior va chaqiriqlarning ma'lum tarixiy davr, tarixiy sharoit va uning manfaatidan kelib chiqqan bo’lishi sabab va mohiyatlarini ham tarix o’qitish metodikasidagi eng asosiy talab va tushuncha yo’nalishidan kelib chiqib unga mutlaq rioya etish lozim.
Masalan, o’qituvchi «1941 - 45 - yillarda O’zbekiston» mavzusini o’tar ekap, fanlararo aloqa metodidan foydalanib, o’quvchilar e'tiborini G’.G’ulomning urush yillarida umumxalq shioriga aylangan «buyuk Vatanning buyuk farzandi, bilib qo’yki seni Vatan kutadi» degan chaqirig’iga jalb etadi.Bu shior so’zsiz o’z davrining jangovar chaqirig’i yozuvchining fuqarolik burchini vijdonan ado etishdagi oliy mezon edi. Boshqacha qilib aytganda, sovet yozuvchisi ustqurmaning faol elementi sifatida o’z bazisiga sodiq xizmat qilishi kerak edi. Boshqacha bo’lishi mumkin ham emas edi. Lekin o’sha suronli 40 – yillarda «Buyuk Vatan» tushunchasiga ega o’zini azaliy orzusi o’z mustaqilligiga erishgan xalq – o’zbeklarga bugungi kunda qanday munosabatda bo’lishimiz kerak? Shu chaqiriq o’sha davrdagi «Vatan» tushunchasi bugungi kunda ham o’z mohiyatini saqlab turibdimi? Buning uchun dars jarayonida 4) faqatgina darslik materiali bilan kifoyalanib qolmasdan, mavzuga dior qo’shimcha adabiyotlar, turli metodik vositalardan, jumladan ekran qo’llanmalari, magnitofon yozuvlari, teledarslar, mavzuning mazmuniga qarab muzey darslari yoki seminar darslaridan maqsadga muvofiq foydalanmog’i kerak.


Xulosa
Bugungi kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiga o’tishi munosabati bilan o’quvchilarni o’qishga qiziqishlari borasida turlicha yondashish, qiziqishlarini bir xil emasliklari yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ularni o’rab turgan ijtimoiy muhit o’quvchi yoshlarimiz dunyoqarashlarida o’z tamg’alarini qoldirmoqda. Bunday sharoitda tarix o’qituvchisining vazifasi sinfda mavjud bo’lgan barcha o’quvchilar diqqat – e’tiborlarini ularga nisbatan diferensiatsiya usulini qo’llab, bir vaqtda ularning hammalari uchun maqbul bo’lgan tarixiy materilni bayon qilish bilan, ikkinchi tomondan har bir o’quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga individual yondashmoqqa harakat qilmog’i kerak.
Dars jaryonida o’quvchilar faoliyatiga differensial yondashuv qanday nazoratetilsa, ularning uy vazifalarini bajarishlarini nazorat etish ham shunday amalga oshirib borilmog’i kerak.
Shuni aloxida takidlab o’tish lozimki, tarix darsining mazmuni mustaqil O’zbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafkuraviy ishlar vaznfalariga mos kelishi, tarix o’rganishning turmush bilan aloqasini bog’langanligida, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat bo’lishini nazariy va amaliy ishlar bilan bog’lab olib borishga yo’naltirilgan bo’lmog’i kerak.

Tarix darslar o’quvchi yoshlarda shunday qat'iy tushunchani mustahkam shakllantirmog’i kerakki, Prezidentimiz I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XV sessiyasida alohida qayd etib o’tganidek, «Kelajak o’z — o’zidan kelmaydi. U bugungi mashaqqatli mehnat bilan yaratiladi. Bugun yaratgan ishlarimiz kelajakka ham o’tadi. Agar bugun shoshilib nimanidir unutsak, kelajak avlodlar o’sha narsadan mahrum bo’ladilar. Jamiyat madaniyatsiz, ma'naviy – axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat pirovardi – oqibatda tanazzulga yuz tutadi» degan konsepsiya bilan yo’g’rilgan bo’lmog’i kerak.




Download 37,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish