1.2 Massaning saqlanish qonuniga doir masalalar ishlash metodikasi
1. Dastlabki moddalardan birining miqdoridan reaksiya natijasida hosil boʻlgan mahsulotdan birining miqdorini aniqlash.
Misol. 16 g mis (II)-sulfat eritmasiga kerakli miqdorda temir taʼsir ettirish natijasida qancha mis olish mumkin?
Yechish. Mis (II)-sulfat bilan temir orasidagi oʻzaro taʼsir reaksiya tenglamasini tuzamiz. Berilgan miqdorni va topilishi lozim boʻlgan miqdorni tenglamadagi ayni moddaning formulasini ustiga yozamiz va quyidagicha hisoblaymiz:
16 g ………….. X g
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
160 g……………64 g
160 : 16 = 64 : X
x=16*64/160=6.4 Cu
2. Reaksiya mahsulotidan birining maʼlum miqdoridan dastlabki modda-lardan birining miqdorini aniqlash.
Misol. 8 g misni ajratib olish uchun qancha mis(II)-sulfat temirni oʻzaro taʼsir ettirish kerak?
Yechish. Oldingi masalaga oʻxshash reaksiya tenglamasini tuzish orqali yechamiz:
X g…………….8 g
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
160 g……………64 g
160 : X = 64 : 8
X=160*8/64=24 gr CuSO4
3. Dastlabki moddalardan birining miqdori boʻyicha ikkinchi moddaning miqdorini aniqlash.
Misol. 80 g mis(II)-sulfat eritmasidan hamma misni siqib chiqarish uchun necha gramm temir zarur boʻladi?
Yechish.
80 g……X g
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
160 g….56 g
160 : 80 = 56 : X
X=80*56/160=28 gr Fe
4. Hosil boʻlgan moddalardan birining miqdoriga asoslanib, ikkinchi moddaning miqdorini aniqlash.
Misol. Mis(II)-sulfat bilan yetarli miqdorda temirning oʻzaro taʼsiridan 128 g mis ajralib chiqan boʻlsa, necha gramm temir(II)-sulfat hosil boʻlgan?
Yechish.
X g…….128 g
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
152 g….64 g
152 : X = 64 : 128
X=152*128/64= 304gr FeSO4
5. Tarkibida maʼlum protsent qoʻshimchalar bor yoki maʼlum protsentli eritmalar holatida olingan dastlab
kimoddalardan reaksiya mahsuloti miqdorini hisoblash.
Misol. Tarkibida 94% СaСO3 boʻlgan 10 kg ohaktoshni kuydirishdan qancha uglerod(IV)-oksid olish mumkin?
Yechish. 1) Berilgan ohaktosh namunasining 10 kg da qancha СaСO3 borligini topamiz; m(CaCO3)=10 kg • 94% = 9,4 kg.
2) 9,4 kg SaSO3 kuydirilganda qancha SO2 hosil boʻlishini aniqlaymiz.
9,4 kg…………X kg
СaСO3→СaO+СO2
100 kg……….44 kg
100 : 9,4 = 44 : X
X=9.4*44/100=4.136 CO2
6. Nazariy hisoblanganda chiqishi mumkin boʻlgan miqdorga nisbatan reaksiya mahsulotining chiqish protsentini aniqlash.
Misol. 40 mol suv elektroliz qilinganda 65 g vodorod olindi. Bu nazariy hisoblanganda chiqishi mumkin boʻlgan miqdorning necha protsentini tashkil etadi?
Yechish. 1) Nazariy hisoblanganda 40 mol suvdan qancha vodorod olinishini topamiz.
40mol…..X g
2H2O → 2H2 + O2
2mol….…4 g
2 : 40 = 4 : X
X= 40*4/2=80
2) Vodorodning chiqishi qancha protsentni tashkil etishini aniqlaymiz.
80 g vodorod 100% ni tashkil etadi.
65 g vodorod X % ni tashkil etadi.
80 : 65 = 100 : X
X=65*100/80=81.25%
7. Agar reaksiya mahsuloti nazariy hisoblanganda chiqishi mumkin boʻlgan miqdorining maʼlum protsent qismini tashkil etsa, uning miqdorini aniqlash.
Misol. Agar reaksiya unumi 98% ni tashkil etsa, 48 g sulfat kislota bilan yetarli miqdordagi ruxning oʻzaro taʼsiridan qancha vodorod olish mumkin?
Yechish. 1) Reaksiya unumini 100% deb olib, 48 g sulfat kislotadan qancha vodorod olish kerakligini hisoblaymiz.
48 g……...........X g
Zn+H2SO4→ZnSO4+H2
98 g………..….2 g
98 : 48 = 2 : X
X=48*2/98=0.98
2) Reaksiya unumidan foydalanib, vodorodning chiqishi mumkin boʻlgan miqdorining 98% ini hisoblaymiz.
m(H2)=0,98•98%=0,96 g.
8. Ammiakni katalitik oksidlashda NO ning unumi 96%, gazni yuttirish kolonnasida HNO3 kislotaning chiqishi 92% boʻlsa, 1 l NH3 dan necha litr 52% li (ρ═1,432 g/ml) nitrat kislota olish mumkin?
Yechish. 1) Bu masalada zaruriy element azot boʻlib, reaksiyaning stexiomet-rik sxemasi quyidagicha boʻladi:
1 l………………….. X g
NH3……→→→……HNO3
22,4 l …………..……63 g
X=2,8125 g
2) Reaksiya unumlarini eʼtiborga olamiz:
Oksidlanish 96% boʻlsa, m(HNO3)=2,8125•96%=2,7 g
Kislotaning chiqish unumi 92% boʻlsa, m(HNO3)=2,7•92%=2,484 g.
3) Kislotani 52% li eritmaga aylantiramiz:
100 g eritma tarkibida 52 g HNO3 boʻladi
X g eritma tarkibida 2,484 g HNO3 boʻladi X=4,777 g.
4) Kislota eritmasi zichligidan foydalanib, uning hajmini topamiz:
V=m/p= 4.777/1.432=3,33 ml
9. Tarkibida 42% oltingugurt boʻlgan 400 t piritdan qancha sulfat kislota olish mumkin?
Yechish. Bu masalani ishlashda pirit bilan sulfat kislota FeS2→2H2SO4
bir-biriga stexiometrik nisbat boʻla olmaydi, chunki masala shartida pirit tarkibidagi oltingugurt miqdori berilgan. Shuning uchun stexiometrik nisbat sifatida S→H2SO4 sxema tuzamiz.
1) Tarkibida 42% oltingugurt boʻlgan 400 t piritda qancha oltingugurt borligini hisoblaymiz: m(S)=400•42%=168 t.
2) 168 t oltingugurtdan qancha sulfat kislota olish mumkinligi topamiz:
168……… X
S → H2SO4
32………..98
X=514,5 t.
Javobi: Tarkibida 42% oltingugurt boʻlgan 400 t piritdan 514,5 t sulfat kislota olish mumkin.
10. Xlor massasi (Cl2) 2,47 g dan etarli natriy (Na) bilan reaksiyaga kirishdi va 3,82 g natriy xlorid (NaCl) hosil bo'ldi. Na qancha reaksiyaga kirishdi?
Balansli tenglama:
2Na + Cl2 => 2NaCl
Massani saqlash qonuniga ko'ra:
Massasi Na = massasi NaCl - massasi Cl2
3,82 g - 2,47 g = 1,35g
1,35 g Na
11. 11 g mis (Cu) kislorod (O) bilan to'liq reaksiyaga kirishganda qancha mis oksidi (CuO) hosil bo'ladi.2)? Reaktsiyada qancha kislorod kerak?
Birinchi qadam tenglamani muvozanatlashdir. Balansli tenglama quyidagicha:
2Cu + O2 => 2CuO
Tenglama muvozanatli, shuning uchun u massani saqlash qonuniga mos keladi.
Cu ning atom og'irligi 63,5 g / mol, CuO ning molekulyar og'irligi esa 79,5 g / mol.
11 g Cu ning to'liq oksidlanishidan qancha CuO hosil bo'lishini aniqlash kerak:
Massa CuO = (11 g Cu) ∙ (1mol Cu / 63,5 g Cu) ∙ (2 mol CuO / 2mol Cu) ∙ (79,5 g CuO / mol CuO)
Tuzilgan CuO massasi = 13,77 g
Shuning uchun CuO va Cu orasidagi massalarning farqi reaktsiyaga kiradigan kislorod miqdorini beradi:
Kislorod massasi = 13,77 g - 11 g = 1,77g
1,77 g O2
12. 14 g massali kaltsiy oksidi (CaO) 3,6 g suv bilan reaksiyaga kirishdi. 14,8 g kaltsiy gidroksid (Ca (OH)2 hosil qilish reaktsiyasida to'liq iste'mol qilingan. Kaltsiy gidroksidi hosil qilish uchun qancha kaltsiy oksidi reaksiyaga kirishdi? Kaltsiy oksidi qancha qoldi?
Reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanishi mumkin:
CaO + H2O => Ca (OH)2
Tenglama muvozanatli. Shuning uchun u massani saqlash qonuniga mos keladi.
Reaksiyada ishtirok etgan CaO massasi = Ca (OH) massasi2 - H massasi2Yoki
14,8 g - 3,6 g = 11,2g
11,2 g CaO
Shuning uchun reaksiyaga kirishmagan CaO (ortiqcha) ayirish yo'li bilan hisoblanadi:
Ortiqcha CaO massasi = reaktsiyada mavjud bo'lgan massa - reaktsiyada qatnashgan massa.
14 g CaO - 11,2 g CaO = 2.8g
Do'stlaringiz bilan baham: |