Kirish Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning o’zluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan o’zluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o`quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o`quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda. Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun o’zluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan iboratdir. Bu barobarida darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bizning mamlakatda o'qituvchiga, yosh avlodni tarbiyasiga katta imtiyozlar berilmoqda. Shu sababli oliy ta'lim oldida birinchidan studentlar jamoasiga bilimli, ma'naviyatli hamda o'zbek millatiga xos tafakkurga ega bo'lgan yoshlar qabul qilish, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma'nosida buyuk inson darajasiga etkazish kerakdir. Buni bajarishda fan o'qituvchilari xizmati kattadir. O'qituvchi-mukamal shakllangan kimyo fani bo'yicha mutaxassis bo'lishi kerak. U kimyo fani, kimyoviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga qarab psixologiyasini bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma bosqichlarini amalga oshirish uslublarini mukammal egallashi kerak. O'zi dars beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish umumiy uslublarini bolalar yoshlarini hisobga berib, o'zining hayotiy tajribasiga asoslanib bilimni etkazishi kerak. O'qituvchi o'zining bilimini hamma vaqt to'xtamay oshirib borishi shart, ya'ni pedagogik texnologiyalarini egallashi, o'quv jarayoni mukammallashtirishga harakat qilishi kerak. Chunki o'qituvchi o'z izlanishlarida to'xtab qolsa, ertasiga u shablon qotgan fikrlab qoladi va yuqori xavas qiladigan darajadagi insonlar orasidan chiqib qoladi va o'quvchilar orasida unga nisbatan xurmat ozayadi, bolalar unga taqlid qilishi, xavas qilishi yo'qolaboshlaydi. Har bir o'qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o'zining tajribasi bilan to'ldirishi kerak va shunda o'quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson o’ziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega. Kimyo o'qitish uslublari ma'lum tartibda o'rganiladi. Avval o'qish jarayonining asosiy vazifalari qarab chiqiladi. Keyin o'qish jarayonini tashkil etish uslublari, o'qitish qurollari, shakli va o'qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish uslublari qarab chiqiladi. Kimyo o'qitish uslublari faqat ma'ro’zalar orqali etkazilmaydi, studentlar tajribalar ko'rsatish uslublarini bilishi, darslarni rejalashtirishni, kimyoviy masalalarni echish uslublarini, dars berish shakllarini va boshqalarni bilishi kerak. Shu sababli ular kurs ishlari bajarishi, pedagogik amaliyotda mustaqil ishlashi kerak. Uslublarni o'rgatayotganda maktab, akademik litsey, kasb hunar kolledjlarga ekskursiyalar qilish kerak. Maxsus kurslar, maxsus kurslardan amaliyotlar ham tashkil etish katta ahamiyatga ega. Fan va texnikaning rivojlanishi o'quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar to'lqiniga bo'lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bugungi kun nuqtai-nazaridan qaraydigan bo'lsak, o'quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. O'quvchilardagi bunday xislatlarni maktab o'qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas'uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. Bunday mas'uliyatli ishni hal etish o'quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga qaratishni uslubiga bog'liq. Har qanday mutaxassis o'z ishi metodikasiga qanchalik e'tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. O'qituvchi ishining asosiy o'qitish metodikasi o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo o'qituvchisi ishining asosi-kimyo o'qitish metodikasidir. Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan. Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur. Shuningdek, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog‘liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Kurs ishining maqsadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Kimyodan masalalar yechish» mavzularini o’qitish samaradorligini noan’anaviy va interfaol metodlarni qo’llash orqali oshirish. Kurs ishining vazifalari. -maktab kimyo kursida «Kimyodan masalalar yechish » mavzularining o’rnini aniqlash; - «Kimyodan masalalar yechish » mavzularini o`rganishda turli xil o’qitish metodlarining mohiyatini aniqlash; - « Kimyodan masalalar yechish » mavzulari bo’yicha noan’anaviy va interfaol darslarning senariylarini ishlab chiqish; Kurs ishining amaliy ahamiyati. Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o’quvchilarning « Kimyodan masalalar yechish »mavzularini chuqur o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Ushbu kurs ishi materiallaridan maktab kimyo o’qituvchilari o’z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
I. Asisiy qism Masalalar yechish - o’quvchilarning kimyoviy jarayonlarni o’rganishda logik o’ylash qobiliyatlarining rivojlanishiga va kimyoviy bilimlarni o’zlashtirishi maqsadiga erishishi kerak. Muammoli vazifalarni usuli-wquvchilarga-muammoli vaziyatlarni va ularning faol bilish faoliyatini tashkil etishga asoslangan usuldir. U aniq vaziyatlarni taqlil qilish bah’olash va keyinchalik qaror qabul qilishdan iborat. Bu usulning yetakchi funksiyalari:
rivojlantiruvchi; taxliliy tafakkurni alohida faktlar orqasidagi hodisa va qonuniyatlikka ko’ra bilishni shakllantirish;
tarbiyalovchi; kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish. Muammoli vazifalardan foydalanish usuli bizga, materialni o’quvchilar uchun aktualroq qilish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi. Muammoli vazifalar usuli o’quvchilarning mustaqil ishlarni murakkablashtirishga, asoslangan: ilmiy tushunchalarni amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish asosida yotgan u yoki boshqa materialni chuqur tah’lil qilishga asosidan. Muammoli vazifa hayotdan alingan faktlarni, ma’ruza va vaziyatlarni o’rganishdan alohida odamlar va tashkillashtirish manfaatlarni ko’zlashdan iborat bo’lishi mumkin. Lekin kech bo’lsa ham vazifa biz o’quvchilarga taklif etgan muammo ko’rinishida bo’lishi lozim. Agar, siz shu usulni qo’llashga qaror qilgan ekansiz, avvolambor muammoli vaziyatlarni yaratish usullarini bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz:
siz o’quvchilarni qarama-qarshilik tamon olib borasiz va uning echimini mustaqil ravishda o’zlarini topishlarini taklif etasiz;
amaliy faoliyatda duch keladigan qarama-qarshiliklarni malum qilasiz;
bir savolga turli nuqtai nazardan qarashlarini bayon qilasiz;
o’quvchilarga xodisalarni turli vaziyat orqali ko’rib chiqishni taklif etasiz(masalan, huquqshunos, moliyachi, o’qituvchi va hokazo.
o’quvchilarni siz taklif qilgan vaziyatni taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga faktlarni solishtirishga davat etasiz:
aniq savollar qo’yasiz (umumlashtiruvga, asoslovga, aniqlashga mantiqiy fikr kiritishga),
muamoli nazariy va amoliy vazifalarni belgilaysizlar masalan itlimiy tekshirish)
muammoli vazifalarni qo’yasiz (masalan, ortiqcha yoki etarli bo’lmagan dastlabki malumatlar bilan. Bilib qilingan xatolar bilan belgilangan vaqt ichida, ruhiy sustkashlikni yengish va hokazo) Vazifaning murakkabligi (vaziyat, «plyus» muammo) tabiiyki o’quvchilar saviyasiga mos kelishi kerak. Ular yechimni topishga qodir bo’lishlari kerak. Agar tanishtiriluvchi material juda katta bo’lsa, ular barcha ma’lumotni qabul ham qila olmaydilar, yecha olmaydilar ham. Omadsizlikka yo’liqqach o’quvchilar barcha motivatsiyani yo’qotadilar. Muammoli vazifani ishlab chiqish katta mehnat talab qiladi. Odatda, o’quv guruhida vazifani bir necha marta sinovdan o’tkazgandan keyingina qulay variantni tuzish mumkin. Shunga qaramay, bunday vaziyatlar nazariyani amoliy vaziyat bilan bog’lashga imkon beradi. Bu o’quvchilar ongida o’qishni muh’imlashtirishga olib keladi, ularga o’rganilayotgan materialni amoliy foydasini tushunib etichga yordam beradi. Loyihalash usuli balki va malakalarni, tahlil qilish va baholashni amoliy qo’llashni nazarda tutuvchi bilimning majmuaviy usulini amolga oshiradi. Boshqa usullarga qaraganda, u usulda o’quvchilar rejelashtirishda, tashkil qilishida, tekshirishda, tahlil qilishda, va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq ishtrok etadilar. Loyihalashlar usuli talim berishda faqat natijalar emas, balki jarayonning o’zi ko’proq qimmatliroqdir loyiqa individual bo’lishi mumukin, lekin odatda har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatning muvofiqlashtirilgan natijasidir. Loyiha har bir fanga oid, fanlar orasida yoki fandan tashqari bo’lishi mumkin. Agar mo’ljallangan tili-odatda, bu maqsad hisoblanadi korxonada ratsional foydalanilsa, u holda odatdagidek natijalar hujjatlashtiradi. Bunga misol bo’lib tasvirlash haqidagi hisobot (loyiha sifatida) yoki dasturlashtirilgan ta’minoti o’zgartirish bo’yicha hujjatlar xizmat qiladi. Loyiha ustida ishlash jarayonida sizning faoliyatingiz quyidagilardan iborat bo’ladi - o’quvchilarga axborat qidirishiga yordam bering - o’zingiz axborat manbai bo’lishingiz - butun jarayoni muvofiqlashtirishingiz - o’quvchilarni quvvatlashingiz va taqdirlashingiz - uzluksiz qator aloqani qo’llab quvvatlashingiz -loyihali ta’lim berish o’quv jarayonini aktuallashtiradi chunki u shaxsga yo’naltirilgan - juda ko’p didaktik yondashuvlardan foydalaniladi - o’zini-o’zidan motivlaydigan, bu ishga qiziqish va jalb qismini uning bajarishiga qarab ortishi demakdir - o’zing va o’zgalarning tajribasidan kelib chiqqan holda va aniq ishlarda o’rganishga imkon beradi. - o’z mehnatlari samarasini ko’rib turgan o’quvchilarga qoniqish keltiradi. (inglizchadan: pin mustahkamlash: board doska). Bu o’qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati mamaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funktsiyalaririvojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: o’quvchilarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mah’orati mantiqiy va tizimli fik yuritish mahorati mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Buni ish yuzasida oshirish uchun masalaning o’zin echib qo’ymastan, shuning bilan birga uni yechish ning usullarini tanglash zarur. Masalani yechish ning usullarini tanglashning ahamiyati bor. Masalalar yechish usullarini tanglash urganiladigan jarayonning fizikaviy manosini ochib berishga mumkinchilik tug’dirish mumkin. Bir qancha vaqtlarda o’quvchilar masalalar manosiga tushunmastan, avvallari yechilgan ulgilar buyicha mexanikravishda yechish ga intilganligini o’tkazilgan tajribalar ko’rsatadi. Shuning bilan bir qatorda masalalar yechish ga ko’p o’quvchilar kerakli darajada diqqat bo’lmaydiganligidan kelib chiqadi. Masalalarni yechishning usullarini tanlashda o’quvchilarning matematikadan o’zlashtirgan bilimlarini yodga tushirish zarur.
Kimyo bo’yicha masalalarning ko’pchiligini yechish uchun o’rta maktab rejasida:
proporsiyalarni yechish ,
birlikka keltirish,
bir noma’lumli algebraik tenglama tuzish bo’yicha olib boriladi.
Ayrim vaqtlar metodik adabiyotlarda kimyoviy masalalarni tayyor formulalar bo’yicha yechish ni tavsiya etadi. Tayyor formulani foydalanish, jarayonning fizikaviy manosini ochib bera olmaydi va hisoblashlarni itiborsizlik bilan yechish ga olib keladi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoatining ko’pgina sohalarida hisoblashlarning grafik metodidan foydalaniladi. Masalalarning shartini yozib ko’rsatish har bir o’qituvchi o’zicha yechadi. Ko’pchilik o’qituvchilar reaksiya tenglamasi bo’yicha stexiometriaviy hisoblashlari bor masalalarni qo’yidagicha ko’rsatadi. Masalaning sharti bilan tanishib olib, reaksiya tenglamasini yozadi, undan keyin formulaning tepasiga moddaning massa miqdorini, formula ostiga atom va molekulaviy massasini qo’yib chiqadi. Topishga tegishli bo’lgan moddaning massa miqdorin X harfi bilan belgilanib, masala yechiladi.
Misol. Ishida 27 g xlorli mis bor eritmaga 12 temir kqo’chiladi. Bunda necha gramm mis bo’linib chiqishi mumkin?
Masalaning shartini ko’rsatishning bunaqa usuli yakka xarkterga ega bo’ladi va u faqat reaksiya tenglamalariga asoslangan holda ishlatiladi. Kimyo bo’yicha masalaning shartini yozuvdagi kamchilik, bitta ulgining bo’lmasligi. Shuning bilan birga, o’quvchilar VI sinftan boshlab fizikani o’rgan o’tirib, masalaning shartini ma’lum bir formada yozish va har hil o’lchamlarni harflar bilan belgilashni o’rganadi. Masala shartini harflar yordami bilan oddiylashtirib yozish, masalaga ko’rgazmalilikni beradi va uni yechish ga ma’lum bir darajada yordam beradi.
Maktablarda belgilarni qisqartib yozilishlarining qo’yidagi usullarini tavsiya etish mumkin:
-elementning atom massasi Ar
-moddaning molekula massasi Mr
-elementning gramm-atomi g-a
-moddaning gramm-molekulasi g-m
-moddaning gramm bilan ko’rsatilgan massasi m
-gazning hajmi V
-vodorod bo’yicha gazning zichligi dn
-havo bo’yicha gazning zichligi dv
-protsentlik miqdori %
-moddalarning gramm-ekvivalenti g-ekv
-eritmaning molyarligi 1M
-eritmaning normalligi 1N
Agar o’qituvchilarda kimyo bo’yicha masalalar kitobi bo’lsa, unday vaqtda tejash maqsadida masala shartini qisqartib yozish bilan cheklanishga bo’ladi. Misol. Masala quyidagi tartibda yoziladi.
Masala yechish rejasi:
1. 27 g CuCl2 g-m ning qanday ulushini tuzadi?
2. 12 g Fe g-a ning qanday ulushini tuzadi?
3. reaksiya tenglamasi bo’yicha 1 g-m CuCl2, 1 g-a Fe bilan ta’siriga asoslanib, qanday modda reaksiyaga kirishmoy qaladi?
4. reaksiyaga to’lig’i bilan kirishgan moddaning miqdori va shu reaksiya natijasida qancha misning bo’linib chiqadiganligini hisoblab chiqarish.