Muloqot
Har bir insonning ijtimoiy tajribasi,uning insoniy qiyofasi,fazilatlari,hattoki,nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir.Jamiyatdan ajralgan,muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan har qanday inson o’zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin,lekin u shaxs bo’la olmaydi.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi-suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir.Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik,ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi.O’zbek xalqining eng nodir xislatlaridan biri shuki,uyiga birov kelsa,ochiq yuz bilan kutib oladi,ko’rishadi,so’rashadi,xol-ahvol so’raydi.
Uning ikkinchi muhim vazifasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir.Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi.Odam bolasining hayvonlar tomonidan o’g’irlab ketilishi va so’ng yana qaytib odamlar orasida paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki,ular ijtimoiylikdan ortda qolib ketgan va bilish qobiliyatidan cheklanishi ham isbotlangan.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi-u odamni u yoki bu faoliyatda undaydi.Odamlar guruhidan uzoqlashgan,ular nazaridan qolgan odamning qo’li ishga ham bormaydi,borsa ham jamiyatga emas balki,faqat o’zigagina manfaat keltiradigan ishlarni mumkin.Masalan,ko’plab tadqiqotlarda,izolyatsiya,ya’ni odamni yolg’izlantirib qo’yishning uning ruhiyatiga qanday ta’sir etishi o’rganilgan.Har qanday yolg’izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik,hissiyotga beriluvchanlik,xadiksirash,xavotirlanish,o’ziga ishonmaslik,qayg’u,tashvish hislarini keltirib chiqaradi.
Qizig’I,yolg’izlikda inson ma’lum vaqt o’tgach gapira boshlarkan.Masalan,M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g’or ichida yashagan ekan.Uning yozishicha,u turgan yerida bir o’rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi.”Biz deb yozadi ushu hayotsiz g’or ichida tanho tirik mavjudodlar edik.Men o’rgimchak bilan gaplasha boshladim,uning taqdiri uchun qayg’ura boshladim.
Ekspertlarning xulosalariga ko’ra, muloqotning juda katta qismini noverbal aloqa tashkil etadi. Biz har kuni minglab noverbal belgi va harakatlarga, shu jumladan, gavda holati, yuz (mimika) ifodalari, ko’z ifodasi, imo-ishoralar hamda so’zlash ohanggiga o’z munosabatimizni bildiramiz.
Noverbal muloqot va xulq-atvor to’g’risidagi ilmiy izlanishlar 1872 yilda Charlz Darvinning “Insonlar va hayvonlarda emotsiyalar ifodasi” nomli asarining nashriyoti bilan boshlandi. O’sha vaqtdan buyon, so’zlarsiz muloqot va xatti-harakatlarning turlari, ta’siri va ularning ifoda etilishi bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borildi.
Ushbu ishoralarning sezilarli darajada o’ta kichikligi bois biz ulardan ongli ravishda xabardor bo’lmaymiz. Biroq, tadqiqotlar noverbal muloqotning to’qqiz turini, shu jumladan noverbal belgi va xatti-harakatlarni aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |