1.1)Har bir davr o‘ziga
xos iqtisodiy, siyosiy asosga, moddiy, ma’naviy va madaniy turmush tarziga ega. Har bir tarixchi davrlar xususiyatlarini aniq bilishi va talqin qila olishi lozim. Davrlar xususiyatini to‘liq anglash tarixiy voqealarni haqqoniy baholashda va o‘sha davr ruhiyatini to‘liq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.Insoniyat tarixida har doim ham bugungi yillar tizimidan foydalanilgan emas. Xar bir davrda har bir halq o‘zining yashagan davrini turlicha yil hisobini olib borganlar. Bu yil hisoblarini o‘rganish va tadqiq qilish ham tarixchilarning burchlari hisoblanadi. Bu davrlarni aniqlash orqali tarixchilar mazkur voqealar qachon ro‘y berganini aniqlaydilar. Lekin bu jarayon tarixchi olimlardan ko‘p mehnat va izlanish talab qiladi. Ba’zi yozma manbalardagi yil hisoblarini aniqlash haligacha no’malumligicha qolmoqda va tarixchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida qanday yil hisobidan foydalangani haligacha aniqlangan emas. Uning xabar berishicha, Xorazmga odamlar Iskandar Zulqarnayndan rosa 980 yil avval kelib joylashganlar
4. Olimlar buni o‘rganib 1292 yil, ya’ni mil.avv. XIII asrga to‘g‘ri kelishi mumkin degan fikrlarni ilgari surganlar. Lekin qadimgi Xorazm xududida olib arxeologik tadqiqotlar bundan ancha ilgari bu xududda ibtidoiy qabilalar yashaganligini isbotlaganlar. Shuningdek, Xorazm xududida ilk davlatchilik izlari ham keyingi davrlarga, ya’ni mil.avv. 7-6 asrlarga mansubligini arxeologik izlanishlar ko‘rsatmoqda. Talaba tarixiy davrlashtirish masalasini qanchalik chuqur o‘zlashtirsa, uning tarixni anglash jarayoni shunchalik chuqur va mulohazali bo‘ladi. Insoniyat o‘z taraqqiyotida turli xil jarayonlarni boshdan kechirgan. Olimlar inson faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan rivojlanishlar
jarayonlarini taxlil etib, inson tarixiy taraqqiyotini ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan davrlar va bosqichlarga bo‘lib o‘rganish va tadqiq qilish lozim ekanligini ta’kidlashgan.
1.2)O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me’morchilik, ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni chuqurroq o‘rganib yanada boyitmoqdalar. Ular o‘z milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va
jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar Akademiyasi tizimida ham, oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’lim tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi o‘quv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o‘qituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadilar.O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tibor berildi.
1.3)Ijtimoiy munosabatlar mehnatni rag’batlantirish tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Malakali mehnatga haq to’lamasdan kamsitildi. Barcha ishchilar misol uchun vrach va sanitar bir xil maosh olardi. Natejada aholining mehnatga bo’lgan qiziqishi pasayib bordi bu esa unumning
pasayishiga olib keldi, mazkur holat yillar davomida o’sib bordi mahsulot tanqisligini keltirib chiqardi.Bu holatni biz nafaqat ishchilar haqqi masalasida balki jamiyatning har bir ko’rinishida ko’rishimiz mumkin. Jumladan sog’liqni saqlash va xalq maorifi sohalarida ham ko’rib o’tishimiz mumkin. Davlat budjetidagi mablag’ bu o’z navbatida ushbu sohalardagi moddiy texnik bazasining eskirishiga,ta’lim jarayonini va aholining tibbiy yordam olishining yomonlashuviga olib keldi.Yurtimizda yosh avlod ta’lim olishi uchun o’quv qurollari u yoqda tursin hatto o’quv muassasalari ham yomon ahvolda edi.Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atiga 40 foizi maktab uchun mo’ljallab qurilgan binolar qolganlari esa moslashtirilgan binolarda o’qirdi.Ko’plari avariya holatida edi. O’quvchilarning ko’pchiligi ikkinchi yoki uchinchi smenada o’qir edi. O’quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo’jaligi ishlari bilan bandligi o’quv ishlarini ishdan chiqarar edi.Kadrlar tayyorlashda ham faqat son izidan quvilib sifat esdan chiqdi. Milliy tahqirlash va kamsitish ayniqsa, kadrlar siyosatida yaqqol ko’zga tashlanardi. O’zbekistondagi respublika, viloyat, shahar va tuman partiya va sovet tashkilotlarining rahbar hodimlari, bo’lim boshliqlari Moskva “nomenktatura”sida bo’lib, KPSS Markaziy Komiteti tomonidan tayinlanar edi.
2.1)Xalqimizni o‘z tarixi bilan qurollantirish ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirish sohasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligi Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan mamlakatning tarixchi olimlari va jurnalistlari bilan o‘tkazilgan suhbat (1998 yil 26 iyun) hamda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarda (1998) o‘z ifodasini topgan. Zero, “tarix xalq ma’naviyatining asosidir”. Binobarin, mustaqillik sharofati bilan falsafa. tarix, ayniqsa, Vatan tarixini o‘rganish, uning uslubiyatiga, “oq dog‘lari”ga doir masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda
jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganimizning ikkinchi yili Sharof Rashidovning nomi to‘la–to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi.Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovdek insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan
keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini
ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim.
2.2)Aholiga, ayniqsa og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan manzilli ijtimoiy himoya qilish siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat tashkilotlari bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faol va tobora o‘sib boruvchi o‘rin tutmoqda.NNT kam ta’minlangan
oilalarga, imkoniyatlari cheklangan shaxslarga, yetim bolalarga, yolg‘iz, keksa, o‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga hamda aholining boshqa zaif toifalariga kompleks moddiy, ijtimoiy, maslahat, huquqiy, psixologik xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatmoqda.
2.3) XX asrning so'nggi o'n yilliklariga kelib mamlakat ichki hayotini qamrab olgan jiddiy iqtisodiy nuqsonlar qishloq xo'jaligini o'z domiga torta boshladi. O'zbekiston SSR ham mamlakatning asosan xomashyo yetishtirib beradigan mintaqasi
hisoblangani sababli, respublika qishloq xo'jaligi rivoji boshqa ittifoqdosh respublikalarga nisbatan ancha og'ir, ziddiyatli jarayonlar ta'sirida qoldi. O'ta
markazlashtirilgan boshqaruv, "umumxalq manfaatlarini" ro'kach qilib olib borilgan siyosat O'zbekiston SSR qishloq xo'jaligini, shu sohada band bo'lgan aholining ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini ham nihoyatda og'irlashtirib yubordi. O'rta Osiyo, ayniqsa O'zbekiston qishloq xo'jaligining "Paxta" xomashyo kompleksi atrofida rivojlantirishi bu yillarda o'z salbiy ta'sirini ko'rsata boshlagan edi. Yillar davomida partiyaning paxta hosildorligini oshirish uchun ketma - ket berib kelgan besh yillik rejalari yerlarning chala o'zlashtirib, belgilangan vaqtda "topshirishga", yerning meliorativ holatini buzilishiga, ketma - ket bir xil ekinlar ekib, katta miqdordagi sarf -harajat qilinishiga sabab bo'la boshladi. Xullas, "paxta ishi", "o'zbeklar ishi" siyosati markazning SSSR inqirozi kuchayib ketib, tanazzul topishi muqarrar bo'lgan davrdagi uydurmasi edi. Ushbu o'zbek xalqiga qaratilgan nohaq siyosat va ayblovdan O'zbekiston xalqi, jumladan, uning janubiy viloyatlari ahli juda og'ir, tuzatib bo'lmaydigan moddiy va ma'naviy zararga duchor bo'ldilar
3.1). Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash,
uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.
Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda
ota - onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.