Aim.uz
MAXTUMQULI
Turkman mumtoz adabiyotining yirik vakili, o`z asrlari bilan mumtoz janrlarni adabiyotga to`la-to`kis olib kirgan shoir Maxtumqulidir. U Sharq mumtoz adabiyotining yirik vakillari Sa'diy, Hofiz, Umar Xayyom, Alisher Navoiylarning asarlarigi mutolaa qildi. bundan tashqari, turkman xalq og`zaki ijodini ham izchil o`rgandi. Aynan shu ikki jihat u yaratgan asarlarda ifodasini topgan. Ko`pchilik Maxtumqulining ahloq-odob, nasihat tarzidagi she'rlarini yoddan bilishadi. She'rning uslubi ravon, so`zlari tushunarli.
Har ahmoqqa aytma dardu so`zingni,
Hasrat o`ti jisming yoqqancha bo`lmas.
G`ussa bilan dona-dona ko`zingdan,
Achchiq yoshlarini to`kkancha bo`lmas.
Qanoatli odam ta'madan xoli. Birovga rangini sarg`aytirmaydmi, nomardga do`st tutinmaydi.
Qanoatda, izzatda tut o`zingni,
Ta'ma qili sarg`aytirma yuzingni.
Xar nomardga hayf aylama so`zingni,
So`zingning binosin yiqqancha bo`lmas.
Mag`rur bo`lib kezma umring guliga,
Duch bo`larsan bir kun xazon yeliga.
Yuz yil yashab tushsang ajal quliga,
Chapingdan o`nginga boqqancha bo`lmas.
Ko`mir –qora, ko`ngli egri odam ko`mirday qora. Ko`mirga qancha izzat-ikrom qilsang ham qo`lingga tegdimi qoraytiradi. Qo`lingni banogoh yuzing va peshonangga surtsang hamma joyingga qo`ora surtiladi.
Ko`ngli qora bilan bo`lmanglar ulfat,
Yuqar undan turli-tuman kasofat.
Ko`mirga har necha aylasang izzat,
Manglayga qorasi yuqqancha bo`lmas.
Maxtumquli hargiz topmadi omon,
Yomon tilning zahri tig`lardan yomon.
Yomon til yonida zahr ko`p ilon,-
Chaqsa-da, bir chivin chaqqancha bo`lmas.
Maxtumqulining «Bo`larsan», «Bormi?», «Boshladi», «Eltngni» kabi asarlarini o`qib, shoir faqat pand-nasihat bilan cheklanadi degan fikrga kelish yaramaydi. Ayni shu pand-nasihat mohiyatida ijtimoiy hayotning barcha muammolari ishq, muhabbat, Vatanga sadoqat jamlangan.
Baland tog`lar, buyuklikda gerdayma,
Xumchada suv bo`lgan zardek bo`larsan.
Teran daryo, haybatingga kekkayma,
Vaqting yetsa, qurib yerdek bo`larsan.
Bu dunyo foniy. Foniy olamdagi barcha narsalar o`tkinchi. Hayvonotu nabotot, ulkan daryo-yu hududsiz tog`lar bir kun kelib yemiriladi. Shunday ekan odamzot ham tirikchiligiga gerdayib, manmanlik qilmasligi shart.
Tog`larning arsloni, bobir, falangi,
Oxir teng bo`lar fil, pashsha jangi.
Jayhur daryosi-yu, Nilning nahangi,
Quloqdan urilgan xardek bo`larsan.
Yaxshi bedov mingan, xub go`zal quchgan,
Birga eltgan bormi boqiga ko`chgan.
Haqiqiy nomarddir imonchiz kechgan,
Imon bilan borsang nodek bo`larsan.
Luqmoni Hakimdek dono, Rustamdek devlarni qiyqiratadigan Iskandardek yer yuzini olsang ham oxir-oqibat tuproqqa qaytasan, tuproq bo`lasan.
Luqmondek har ishning chorasin bilsang,
Rustamdek davrlarga farmonlar bersang.
Iskandardek yerning yuzini olsang,
Yakson bo`lib, baribir yerdek bo`larsan.
«Bomi?» she'ri garchand barmoq vaznida yozilgan bo`lsa-da, so`zlarni tushunarli ifodalash jihatidan u Mashrabning g`azallarini eslatadi. Shoir ritorik so`roq berish asnosida maqsad-mohiyatni teranroq ifodalashga harakat qiladi.
Jahongashta devonalar,
Men kabi hech yongan bormi?
Ishq qurboni, parvonalar,
U olovdan qongan bormi?
Bodi sabo kelar bo`ldi,
Har joyda bir qolar bo`ldi.
Qiyo nazar solar bo`ldi,
Adolatli sulton bormi?
Maxtumqulining «Boshladi», «Elingni» she'rlarida ham tilni asrash, halol mehnat qadriga yetish, aql bilan dunyoni anglash, nafsni tiyib, harom narsalardan or qilish kabi mavzular yanada boyitildi.
Kel ko`ngil, men senga o`git berayin:
Yiroq qilma ko`rar ko`zing-elingni.
Qimmatni ketkizma, o`rnida so`zla,
Ravo ko`rma har nokasga tilingni.
Shoir milatning fojeasini oldindan ko`ra boshladi. Sho`rolar yurtni bosib olgach biz uchun milliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan an'ana, urf-odat hamda o`ziga xosliklarimizdan judo eta boshladi. Shoir mazkur she'rida odamlarni hushyor bo`lishga dav'at etadi.
Ko`mildi daryolar, yiqildi tog`lar,
Etimlar ko`z yoshin to`ka boshladi.
Yaramas farzandi haromxo`r beklar,
Yurtni bir yonidan yiqa boshladi.
Xullas, Maxtumqulining bir-biridan teran, go`zal, o`ynoqi she'rlari hamisha odamlarga ezgulik bag`ishlab, yaxshi, xayrli ishlarni qilishga dav'at etib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |