Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat.
Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi.
Asosiy vositalarning qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi:
— hukumat qaroriga ko‘ra;
— ta’sischilar qaroriga asosan.
Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlan- g‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |