Haqiqiy sonlar



Download 76 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi76 Kb.
#20415



Xorazm viloyati

Shovot tumanidagi

16 – umumiy o`rta ta’lim maktabining

Matematika fani o`qituvchisi

RAJABOV QAHRAMON SHARIFBOYEVICHNING

HAQIQIY SONLAR”



MAVZISIDA YOZGAN BIR SOATLIK

DARS ISHLANMASI



ALGEBRA. 8 - SINF
Mavzu: HAQIQIY SONLAR

Darsning maqsadi : Haqiqiy sonlarni o’rganish mavzuni mustahkamlash.

Darsning ta’limiy maqsadi : O’quvchilarni algebra faniga qiziqtirish, mavzu to’g’risida tushuncha berish, bilim

va malakasini oshirish.



Darsning tarbiyaviy maqsadi : O’quvchilarni mustaqillikka o’rgatish, erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi : O’quvchilarga algebraik amallar orqali hisobga, arxitektura – qurilishga oid ilk

tushuncha va bilimlarni singdirish.



Darsning uslubi : savol-javob, munozara.

Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumotlar manbalari : 8 – sinf “Algebra” darsligi, doska, bo’r, tarqatma materiallar,

jadvallar, kompyuter, videoproyektor.



Darsning bosqichlari va dars taqsimoti :




Qilinadigan ishlar

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Uy vazifalarini tekshirish

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

5 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

6

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning borishi:

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

d) vazifani tekshirish, o’tilganlar yuzasidan savol – javob o`tkazish, tarqatmali materiallardan foydalanish.

e) yangi mavzuni boshlashga hozirlik ko`rish.

Yangi mavzu bayoni :
Haqiqiy sonlar


  1. Ratsional sonlar.

Matematikada yangi sonlarning paydo bo’lishi u yoki bu amallarning bajarilishi zarurati tufayli sodir bo’ladi.

Natural sonlarni qo’shish va ko’paytirishda har doim natural son hosil bo’ladi. Ammo natural sondan natural sonni ayirishda hamma vaqt ham natural son hosil bo'lavermaydi. Masalan, 2—5 ayirma natural son emas. Ayirish amalini hamma vaqt ham bajarish mumkin bo'lishi uchun manfiy butun sonlar va nol kiritilgan.

Natural sonlar to'plami butun sonlar to'plamigacha kengaytiriladi:

…,-3,-2,-1,0,1,2,3,….

Ratsional sonni chekli yoki cheksiz o’nli kasr shaklida yozish mumkin.


  1. Irratsional sonlar. Haqiqiy sonlar.

Matematikada cheksiz o'nli davriy kasrlar bilan bir qatorda cheksiz o'nli nodavriy kasrlar ham qaraladi. Masalan,

0,1010010001...

kasrda birinchi 1 raqamidan keyin bitta nol, ikkinchi 1 raqamidan keyin ikkita nol, uchinchi 1 raqamidan keyin uchta nol turibdi va hokazo, bu kasr nodavriy kasrdir. Shuningdek, verguldan keyin ketma-ket barcha natural sonlar yozilgan

0,123456789...

kasr ham nodavriy kasrdir.

Cheksiz o'nli nodavriy kasrlar irratsional sonlar deyiladi. Ratsional va irratsional sonlar haqiqiy sonlar to'plamini tashkil qiladi.



Haqiqiy sonlar ustida arifmetik amallar va taqqoslash qoidalari shunday kiritiladiki, natijadabu amallarning, tenglik va tengsizliklarning ratsional sonlar uchun xossalari butunlay saqlanadi.


Kvadrat ildiz chiqarish amaliga murojaat qilamiz.

Oliy matematika kursida istalgan haqiqiy nomanfiy sondan kvadrat ildiz chiqarish mumkinligi isbot qilinadi.

Ildiz chiqarish natijasida ratsional son ham, irratsional son ham hosil bo'lishi mumkin.

240. Kasrlarni o’qing:

1) 0,(2); 2) 3,(21); 3) 15,3(53); 4) -2,77(3).

1) Nol butun davrda ikki. 3) O`n besh butun o`ndan uch davrda ellik uch

241. Kasrni chekli yoki cheksiz o’nli davriy kasr shaklida yozing:

1) 2) 3) 4) 5) 6)

2) ; 4) ; 6)

242. Cheksiz o`nli davriy kasrni oddiy kasr shaklida yozing:

1) 0,(6); 2) 0,(7); 3) 4,1(25); 4) 2,3(81); 5) 1,23(41).



x = 1,23(41) = 1,234141414141…. . 100x = 123,4141414141…

10000x = 12341,41414141…

Ikkinchi tenglikdan birinchi tenglikni hadlab ayiramiz, 9900x = 12218. . Javob :

Darsga yakun yasash va baholash : Darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
Uyga vazifa : 243 – masala( O`nli kasr va davriy kasrlarni taqqoslashga doir misollarni yechish)
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish