Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
— Yo‘q, u mening o‘g‘lim emas ekan! – deb yubordi cholning so‘nggi
so‘zini eshitib o‘rnidan sapchib ketgan Amir Temur.
Davradagilar Sohibqiron so‘zini eshitib, baravariga qalqib ketdilar.
Amir Temur ularning har birining ko‘ziga tikilmoqchi bo‘lgandek,
davradagilarga bir boshdan tikildi va o‘ziga boqib turgan cholga
navbat etganda yana takrorkadi:
— Yo‘q, u yigit mening o‘g‘lim emas! — SHu gapni aytishi bilan
sohibqironning ko‘z o‘ngini bir zum kumush yog‘du to‘sdi. Kumush
yog‘du aro chayqalgan belanchakni ko‘rdi. Belanchak bo‘m-bo‘sh edi.
“O‘g‘lim!” – deya tovushsiz o‘rtandi jahongir…
Sohibqiron qal’ani buzib tashlashni , cholga bo‘lsa, nima tilasa
o‘shani berib, o‘zi xohlagan manziliga etkazib qo‘yishni buyurdi.
O‘sha zahoti uning amri bajo keltirildi. Temir tog‘i erib, yana qal’a
tomonga oqdi va bir pasda qal’adan nom-nishon qolmadi. Ertasi kuni
bu simobiy oqim daryo yoqalab mag‘rib tomonga oqdi.
Nima’lumlikdan sarosimada qolib oromni unutgan olisdagi shaharu
qishloqlar temir oqim qay tomonga burilishini bilmay, vahima ichida
qoldi. Noma’lumlik sarhadi kamaygan sayin temir oqim ularga
shunchalik yaqinroq kelardi. Temir oqim chetlab o‘tgan manzillarda
bir pasda talvasa o‘rnini farog‘at, qo‘rquv o‘rnini xotirjamlik egallar,
hayot yana eski oqimiga qaytardi. Kelinchaklar yig‘ishtirilgan
belanchaklarini yana daraxtga ilardi, yana alla aytib bolalarini
uxlatib, dalaga hosil yig‘ish bilan ovora erlari uchun ovqat
tayyorlashga urinishar, ayrim uddaburonlari o‘sma ezib, qoshlariga
surish uchun ham vaqt topardi.
CHol Sohibqirondan hech nima so‘ramadi. U devorlari buzilib, er bilan
tekislangan qal’a atrofini tark etmadi. Bir necha kundan so‘ng Amir
Temur to‘satdan cholni eslab, surishtirdi. Unga cholning qal’a yonida
qolganini aytdilar. Sohibqiron qo‘shindan bir guruh ajratib, cholni o‘z
huzuriga olib kelishlarini buyurdi. Guruh bir necha kun yo‘l bosib,
manzilga etib keldi, ammo chor-atrofni qidirib cholni topa olmadi.
Jangchilar chol daryo sohilida bir kun oldin paydo bo‘lgan qabrda
ko‘milganidan bexabar edilar. Uni dafn etgan podachilar esa
sharqdagi tog‘ qoyalaridan haydab tushgan podalari bilan
allaqachonlar olislab ketgan, ular cholning Amir Temur va uning o‘g‘li
Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
haqidagi mahzun hikoyasini allaqachonlar afsona qilib aytib
borardilar…
Afsona mana shu erda yakunlanadi.
Vassalom.
1990