Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Download 141,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/32
Sana30.12.2021
Hajmi141,41 Kb.
#91284
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

t.me/e_kutubxona

sharmandali   o‘limini   ko‘rishga   majbur   etdi.   Qatldan   so‘ng   asirlarni

qo‘yib yubordi.

Qatl oldidan asir askarlar turgan tomondan dod-faryod eshitildi. Amir

Temur   sukunatni   buzgan   bu   yoqimsiz   baqir-chaqirni   eshitib,   “Nima

gap?”   degandek   qurchilar   —   xos   navkarlari   boshlig‘iga   o‘qraydi.

Hukmdorning   noroziligini   payqagan   qurchiboshi,   devdek   kelbatiga

yarashmagan   chaqqonlik   bilan   pastga   otildi.   Uning   shunday   og‘ir

gavdasi   bilan   chaqqon   harakati   o‘rtasida   bog‘liqlik   topolmagan

hukmdor shovqin chiqqan tomonga tikildi. U mag‘lub yog‘iy askarlari

ichidan qurchilar sudrab olib chiqqan cholni ko‘rdi. CHol ikki qo‘lini

ombirdek   qisib,   maydon   chetiga   sudragan   qurchilarga   dastlab

qarshilik   ko‘rsatishga   urindi-yu,   ammo   dam   o‘tmay,   nafasi   o‘chib,

qo‘l-oyog‘i majolsiz shalvirab tushdi.

“U   kim?”   —  deb   so‘radi  Amir   Temur   qurchilar   boshlig‘i   qaytib,   o‘z

o‘rnini   egallagach.   “Jiybaxona   boshlig‘ining   otasi   ekan”,   —   dedi

qo‘rchiboshi.   Sohibqiron   birinchi   marta   qon   shimaverib   alvon   tus

olgan kunda oldida qo‘li bog‘liq turgan, qal’ani xiyonat tufayli unga

olib bergan jiybaxona boshlig‘iga tikildi. U o‘g‘li tengi yigit edi.

Xuddi   o‘sha   lahza   tovachining   ishorasi   bilan   qatl   boshlanganidan

xabar   berib   nog‘oralarning   gumbir-gumbiri   boshlandi.   Maydon

o‘rtasidagi kunda qo‘yilgan supada qo‘qqayib turgan jallod qiblaga

qarab tilovat qildi. Botayotgan quyoshda uning yuzi qip-qizil tusda

tovlanardi.   Tilovatni   tugatgan   jallod   o‘rnidan   turdi   va   kundaga

birinchi bo‘lib kutvol boshini qo‘ydi. Ammo kutvol boshini kundadan

olib,   yana   qad   tiklashga   urindi.   Mushtumining   zarbi   bilan   buqani

o‘ldirishga   qodir   zabardast   jallod   bir   siltash   bilan   yana   uning

gavdasini   bukib   boshini   kundaga   qo‘ydi,   so‘ng   yuksakdagi   xirgoh

peshayvonidagi   taxtda   ichkilaru   nombardorlar   qurshovida   turgan

hukmdorga   tikildi.   Aniqrog‘i,   tikilgandek   bo‘ldi,   zero   jallod   boshini

ko‘tardi-yu, o‘z sohibiga tik boqishga jur’at qilolmadi. Uning qo‘lidagi

oybolta hali qonga bo‘yalmagan, ammo g‘urub shu’lasi tushib qip-

qizarib tovlanardi.




Download 141,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish