Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Download 141,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana30.12.2021
Hajmi141,41 Kb.
#91284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

t.me/e_kutubxona

maydoni edi. Agar jang maydonida dilovarlik sinalsa, bu kengashda

farosat va tadbirkorlik sinovdan o‘tardi. Bu sababdan bo‘lsa kerak,

jang   maydonida   qo‘rquv   nimaligini   bilmagan   ayrim   amirlar   va

amirzodalar qurultoy chaqirilganda sarosimaga tushib qolishar, unda

qaysi   bir   tadbir   o‘rtada   muhokama   bo‘lishini   bilish   uchun   bor

vositalarni ishga solardilar. Inchunin, jahongir jang maydonida qilich

chopqilashdagi   mohirlikni,   qurultoyda   esa   o‘ylab   aytilgan   so‘zni

ma’qul ko‘rar, kim aravani quruq olib qochsa, mashvaratdan quvib

chiqarishdan   ham   qaytmasdi.   Ammo   bu   galgi   qurultoy   qay

maqsadda chaqirilayotgani hech kimga sir emasdi.

Har galgidek qurultoy ko‘pchilik uchun qurilgan ulkan chodirda o‘tdi.

Amir Temur odatdagi rasm-rusmlar ado etilishi bilan, gapni cho‘zib

o‘tirmay,   Hindiston   yurishi   oldidan   o‘g‘illari   va   amirlarning   ko‘ngli,

o‘y-fikrlarini bilish maqsadida ularni maslahatga chaqirganini aytdi.

Turkiy   sulolalarning   azaliy   tartibi   va   mukarram   dasturi   shunday

edikim, katta og‘alari va xeshlar hayot ekan, hech kim ulardan o‘tib

saltanat   taxtiga   qadam   qo‘yolmasdi.   Mana   shu   bobolar   odatiga

binoan qurultoydayam yoshi ulug‘ shahzodalar birinchi fikr bildirish

huquqiga   ega   edilar.   SHuning   uchun   ham   davrada   Sohibqironning

kenja   o‘g‘li   SHohruh   mirzo   o‘tirgan   bo‘lsa   ham,   birinchi   so‘zlash

undan yosh jihatdan ulug‘ ikki amirzoda nabira: Muhammad Sulton

bilan Pirmuhammad Jahongir ixtiyorida edi. Pirmuhammad Jahongir

bobosiga bir qarab oldi-da, uning “Xo‘sh” degandek sinchkov tikilib

turganini ko‘rib gap boshladi:

—   Olampanoh,   Hindistonni   olmoq   er   yuzida   o‘tgan   barcha

podsholarning orzusi bo‘lmish. Agar ani zabt etsak, aning oltinlari ila

etti iqlimni olajakmiz. Men yurishga tayyordurmen.

Tug‘ishgan birodarining gapidan keyin amirzoda Muhammad Sulton

ham   o‘rnidan   turdi.   U   inisidan   bir   yosh   ulug‘   bo‘lsa-da,   qotmadan

kelganligi sababli undan ancha yosh ko‘rinar, buni bilgan amirzoda

ko‘proq ovoziga zo‘r berar, kattalarga xos mulohaza istagida har bir

so‘zga alohida urg‘u berib gapirish lozim, deb o‘ylardi. Amir Temur

og‘a-ini   o‘rtasidagi   bahsni   maroq   bilan   kuzatar   va   bevaqt   shahid





Download 141,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish