6. Ish haqidan ajratma va to‘lovlar hisobi Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va chegirmalari amalga oshiriladi:
daromad solig‘i;
pensiya fondiga ajratma;
kasaba uyushmasiga ajratma (ixtiyoriy);
xodim tomonidan korxonaga etkazilgan moddiy zararni krplash bo‘yicha to‘lovlar;
alimentlar;
kreditga sotilgan tovarlar uchun to‘lovlar va boshqalar.
Ijro varaqalari asosida ba’zi xodimlarning ish haqidan aliment ushlanishi mumkin. Ushlab kolingan aliment puli ish haqi berilgan kundan e’tiboran 3 kun ichid aliment undiruvchiga berishi yoki pochta orqali junatishi lozim. Agarda aliment undiruvchining manzili noma’lum bo‘lsa, u holda ushlangan aliment summasi sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Misol. Oktyabr oyida ish haqidan 1000 sum, miqdorida aliment ushlandi va ushb) summa aliment undiruvchiga etkazildi. Ushbu muomala hisobda quyidagicha provodka bila: rasmiylashtiriladi
D-t 6710 -«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishishlar» - 1000 so‘m
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 1000 so‘m.
Agar korxona savdo tashkiloti bilan bank krediti hisobidan korxona xodimig kreditga sotilgan mollar uchun ariza-majburiyatning hamma summasiga savdo tashkilotlar! bilan hisob-kitob kilgan bo‘lsa, bunday mollar uchun pul ushlab kolish mumkin.
Bunday muomalalarni hisobga olish uchun Hisobvaraqlar rejasida 4710-«Kreditg sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» Hisobvarag‘i tayinlangan. Bu Hisobvara: aktiv bulib, uning qoldigi korxonaga kaytarilmagan kredit bo‘yicha xodimlarning qarzin; ko‘rsatadi, debet oboroti bank krediti Hisobidan korxonaning yana bergan topshiri: majburiyat summasini, kredit oboroti esa qarzni koplash uchun ishchi va xizmatchilarnin ish haqlaridan ushlangan summani ko‘rsatadi.
Ishchilarning kreditga tovar olishi munosabati bilan bankdan kredit olinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
K-t 6810. 7810.
Ishchilarning ish haqidan kreditni o‘zish bo‘yicha ushlanmalar kilinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishishlar»
K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari».
Ushbu ushlanmalar kreditni sundirishga yo‘naltirilganida quyidagicha provodka beri lad i:
D-t 6810, 7810
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».