Ishbay ishlash uchun naryadlar: raportlar, marshrut varaqalari, qaydnomalar Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatning eng keng tarkalgan tur; naryaddir. Ko‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajarg. ladigan har bir ishlab chiqarish topshirigiga alohida yoziladi. Topshiriqlar sexning reja dispetcher byuroei tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik kar: asosida tuldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgsh mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material me’yori va haqikatda berilgan materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashishdagina emas, balki materiallar sarfinii belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari sexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan yozilib, unda kayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirig‘i sifatida kayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari kayta ishlash jarayonlarinik birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan birgalikd marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat qilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashishda yunalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan detallar bo‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim detallarnin ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblashish uchun raport ochiladi. Raport smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni sexga jo‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo‘natib, bu haqda raportga tegishl belgi kuyganidan keyin u texnika nazorati bo‘limiga beriladi. Smena oxirida ishlangan detallar soni raportda kayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblashish bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlangich hujjat lar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini hisoblashish bo‘limiga topshiriladi Buxgalteriyada boshlang‘ich hujjatlar tekshiriladi va kayta ishlash uchun hisoblashish markaziga beriladi. Kayta ishlangan hujjatlar, ishchilarning tabel rakamlari buxgalteriya; sexlar bo‘yicha guruhlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy varakalariga yozib borilad Ushbu boshlangich hujjatlar asosida hisoblashish vedomosti, ish haqi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa yig‘ma hujjatlar tuziladi.