Mavzu: Rayimjonov Saidabbos
Xotira va tafakkur
XOTIRA- esda saqlab qolish va qayta esga tushirish funksiyalariga ega "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv " va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash,qayta esga tushirish, unitish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo 'naltirilgan faoliyatdir". Qisqa muddatli
01
02
03
04
05
06
Xotira jarayonlari Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalami miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po’stida muvaqqat nerv b o g ’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi: 01 Psixik faolligiga ко ’ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira. Faoliyat maqsadiga ko’ra: harakat, emotsional, obraz va so ’z-mantiq xotirasi. Muddatiga k o’ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira. Faoliyat maqsadiga ko’ra: harakat, emotsional, obraz va so ’z-mantiq xotirasi. Psixik faolligig a ко ’ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira. Muddatiga k o’ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira.
a)
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
a)
Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma'noli esda saqlash bilan qo’llanilishi foydalidir.
XOTIRANING PSIXOLOGIK NAZARIYASI - ASSOTSIATIV NAZARIYA
- GESHTALTIZM
- KETMA-KETLIK
- O’XSHASHLIK
- QARAMA-QARSHILIK
XOTIRANING FIZIOLOGIK NAZARIYASI - KIMYOVIY NAZARIYA
- FIZIKAVIY NAZARIYA
- BIOLOGIK NAZARIYA
Tafakkur. . . Inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta’minlovchi umumlashgan hamda mavhumlashgan aks ettirish shaklidir Hayot mobaynida o’qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g’oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni Bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimiz
Nazariy tafakkur
Amaliy tafakkur
Ko’rgazmali-harakat tafakkuri amaliy tafakkurga mohiyatan yaqin bo’lib, uning xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar xususiyatlarini o’rganish, ko’z bilan ko’rib, bevosita his qilish paytidagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.
Mantiqiy tafakkur – bu mavhum tafakkur bo’lib, so’zlar, so’zda ifodalangan bilim, g’oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo’lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo’la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o’rganish faqat mavhum, abstrakt tafakkur yordamida mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |