Hans Kristian Andersen (1805-1875)


Nikolay Alekseyevich Nekrasov



Download 30,52 Kb.
bet3/4
Sana01.01.2022
Hajmi30,52 Kb.
#283041
1   2   3   4
Bog'liq
АНДЕРСЕН ПУШКИН

Nikolay Alekseyevich Nekrasov 
(1821-1878) 
 
 
Taniqli  rus  shoiri  Nikolay  Alekseyevich  Nekrasovning  bolalik  yillari    Volga  bo’ylarida  –
o’zi tug’ilib o’sgan joylarda o’tgan edi. SHoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta 
bo’lgan.  SHu bois u keyinchalik “Ona”  poemasini onasiga bag’ishlab yozgan edi.  O’g’lining 
dehqon  bolalari  bilan  o’ynashi,  yayrab  yurishini  xohlagan  ona  –Elena  Andreevna    bo’lajak 
shoirning xalqparvarlik ruhida  tarbiyalanib o’sishiga munosib  hissa qo’shgan edi. 
 Bugina emas,  Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq  ijodi ruhi bilan sug’orilgan ajoyib 
ertaklar aytib, bo’lajak shoir xayolotini qanotlantirar edi. SHu-shu Nekrasov ertaklarni juda sevib 
qoldi.  O’z  vatanining  dala  va  o’rmonlariga,  qor  va  sovuqlariga,  bahorgi  “yashil  shovqiniga” 
muhabbat bog’ladi. 
 Nekrasov  dehqon  bolalari  bilan  hamisha  hamnafas  bo’lganligi  uchun  dovyurak,  botir  va 
jasoratli  bola  bo’lib  o’sdi.  Bo’lajak  shoir  o’n  yoshiga  to’lganda  uni  Yaroslavl    gimnaziyasiga 
o’qishga  berishadi.  O’qituvchilar  bilimga  havasmand,    iste’dodli  bolaga  durust  saboq  bera 
olmadilar.  Natijada  u  gimnaziyani  tashlab,  mustaqil  o’qishga  berilib  ketadi.  Otasi  uning  ofitser 
bo’lib yetishishini istar edi.  SHuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga o’qishga 
yuboradi.  Lekin  ilm-fan  cho’qqilarini  egallashga  intilgani  tufayli  Peterburg  universitetiga 
o’qishga  kiradi.  Ammo  otasi  o’g’lining  o’zboshimchaligidan  tajang  bo’lib,  moddiy  yordam 
bermay  qo’yadi.  Biroq  maqsad  yo’lida  sobitqadam  Nekrasov  moddiy  mahrumliklar  sharoitida 
yashash  va  olg’a  harakat  qilishga  intiladi.  Ana  shu  yillarda  oddiy  odamlar  turmushi  og’ir 
ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida to’lib-toshib kuylaydi.  
Nekrasov dehqonlar to’g’risida, ayniqsa, ko’p she’rlar yozadi. Bu she’rlarni o’qir ekansiz, 
go’yo  dehqonlarning  o’zlari  o’z  og’ir  mehnatlari  va  qayg’u-alamlari  haqida  so’zlab 
berayotganday  tuyuladi.  Nekrasov  ularning  hayotini  shunchalik  yaxshi  bilar,  ularni  o’ziga 
shunchalik  yaqin  tutardi.  Nekrasovning  she’rlari    go’zal,  ohangdor,  juda  boy  va  ayni  zamonda 
juda sodda tilda  yozilgan edi. Bu tilni u Yarosavl guberniyasidagi qishloqda  o’tkazgan bolalik 
yillarida o’rgangan edi.    
Biz uning: 
    Mollar o’rmon tomon qadam tashladi, 

140 
 


                             Ona – javdar boshoq tuga boshladi,- deb  yozganlarini o’qir ekanmiz, bu 
til haqiqiy, jonli xalq tili ekanini ko’ramiz. Bu o’rinda dehqonning zoriqib kutadigan boshqalarga 
bo’lgan sevgisi va hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki so’z: ona – javdar qanday yaxshi 
keltirilgan! Dehqon boshoqlarni o’zining bir parcha yerida qunt bilan mehnat qilib o’stirgan-da! 
Nekrasov  she’riyatida  bunday  yorqin,  ravon  va  sof  xalq  iboralari  juda  ko’p.  U  javdar 
boshoqlari haqida shunday deydi: 
Boshoqlar to’lishgan payt,  
Zar ustinday sip-silliq,  
Boshoqlarda oltin toj. 
Hozirgina yerdan sug’urib olingan lavlagi haqida esa: 
Poyma-poy qizil etik 
Yotganday egatlarda,-deydi. Bir tup sho’x bulut bilan qurshab olingan 
bahor quyoshi haqida Nekrasov shunday deb yozadi: 
Bahor chog’i, kichik nevaralar kabi, 
Lola yuz quyosh bobo bilan 
O’ynar bulutlar. 
Bu  o’xshatishlarning  ba’zilarini  u  xalq  topishmoqlari,  maqollari  va  ertaklaridan  olgan. 
Zabardast,  bahodir,  afsungar    Ayoz  hukmdorining  ajoyib  qiyofasini  ham  u  xalq  ertaklaridan 
topgan: 
Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam, 
Yaxlagan qo’llardan qarsillab o’tar. 
Ham yorqin oftob tovlanar biram, 
Paxmoq soqolida yarqirab ketar... 
Nekrasov,  ayniqsa,  samimiy,  cho’ziq,  xushohang,  mayin  rus  xalq  qo’shiqlarini  juda 
yoqtirgan.  Bu  qo’shiqlarni  rus  xalqi  asrlar  davomida  yaratgan.  Nekrasov  yoshlik  chog’laridan 
boshlab  xalqning  bu  qo’shiqlarini  qanday  kuylanishini  tinglaydi  va  o’zi  ham  shunday  go’zal 
qo’shiqlar  yaratishni  o’rganadi.  “Soldat  qo’shig’i”,  “Hovli  qarolining  qo’shig’i”,  “Notavon 
qashshoq  qo’shig’i”,  “Rus”,  “Yashil  shovqin”  va  boshqa  ko’pgina  qo’shiqlar  shunday  tilda, 
shunday hijoda yozilganki, xuddi xalq o’zi yaratgan qo’shiqlar deysiz. 
“Dehqon  bolalari”,  “O’zi  mitti-juda  miqti”,  “Bolalar  yig’isi”  kabi  she’rlarida  dehqon 
bolalarining  turli-tuman  yumushlarni  bajarib,  tirikchilik  qilganliklarini,  ularning  mehnatkash 
tabiati va og’ir qismatini chuqur xayrixohlik bilan ifodalaydi. Endigina olti bahorni qarshilagan 
bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini hayratga soladi: 
 Nonxo’rlar yetgulik, ishlovchi kam, 
Faqat ikki erkak: otam bilan man! 
Nekrasovning  she’rlari  go’zal,  ohangdor,  mazmunan  boy,va  ayni  zamonda  sodda  tilda  
yozilgandir.  
Nekrasov  o’zining  dam  olish  kunlarida  ko’pincha  Kostroma,  Yaroslavl,  Novgorod 
o’rmonlariga  borar,  ov  qilish  bilan  kunini  o’tkazar  edi.  Kostroma  o’rmonining  Maliye  Veji 
degan qishlog’ida yashovchi Mazay bobo eng yaqin do’stlaridan biri edi. SHoir Mazay bobodan 
ko’p ajoyib-g’aroyib  voqealarni maroq bilan eshitadi. SHular asosida”Mazay bobo va quyonlar” 
nomli she’rini yozadi. 
 SHoir “Daraxt kesish”da xalq boyligi - o’rmonlarni shafqatsizlik bilan kesib yuborilishini 
qalamga oladi. Birorta yet egasiga  pul kerak bo’lib qolsa, o’rmonni sotib yuborishi, puldor boy 
esa  o’rmonni  tag-tugi  bilan  kesib  yuborishi  hech  gap  emas,  u  zumrad  o’rmonlarni  yo’qolib 
ketishidan shoir singari qayg’urmaydi. SHuning uchun Nekrasov: 
      Bir vaqtlar asriy o’rmonlar 
         SHovullagan katta maydonlar
                                         Endi o’sha bepoyon bo’ston 
                                      Bo’m-bo’sh,  jim-jit,  go’yo  qabriston!-deb  alam  chekadi.  “Temir 
yo’l” nomli she’rida Peterburg bilan Moskva o’rtasidagi temir yo’l qurilishida Rossiyaning turli 
shahar va qishloqlaridan haydab keltirilgan ishchi va dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan 

141 
 


bolaga hikoya qilib beriladi. Bukning bilan Nekrasov  yosh  avlodning diqqat va e’tiborini o’sha 
zamonning  muhim  ijtimoiy  masalalariga-xalqning  kuchi  va  qudratiga  tortadi,  uni  chuqur 
tushunishga, o’ylashga undaydi. 
 Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1.
 
Nekrasov  qaysi asarida mehnatkash xalq bolalarining musibatli kunlarini tasvirlaydi? 
2.
 
“Daraxt kesish” she’rida qanday voqea aks ettirilgan? 
3.
 
“Mazay bobo va quyonlar” asarini bolalarga qanday ahamiyati bor?   
 

Download 30,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish