Hanafiylik, No'mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati



Download 34,5 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi34,5 Kb.
#37397
Bog'liq
mazxablar

  Hanafiylik, No'mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati 

      VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o'ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fikh paydo bo'lishining ilk davridayoq, ikki yo'nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo'lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra'y), ikkinchi � Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq � maktablar o'z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo'lib qolgan huquqiy an'analar bilan belgilanadi. 

      "Ashob ar-ra'y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi. 

      Hanafiya Islomdagi eng ko'p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767 yillarda yashagan. Ma'lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo'lgan, Payg'ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas'ud (vaf. 653 y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaho sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738 y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo'lgan. 

      Abu Hanifa kufalik bo'lib, o'zining ismi No'mon ibn Sobit edi. O'ziga to'q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A'lo ta'lim olib, yoshligida so'nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo'ladi. Ustoz vafotidan so'ng 10 yil davomida ushbu to'garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro'li faqihi hisoblangan. 747-748 yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko'chib o'tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag'dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat'iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo'ysundirish uchun yoshi va obro'siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko'p o'tmay, Abu Hanifa olamdan o'tadi. 

      Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma'lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo'lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi. 



          Hanafiy mazhabi ta'limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari 

      Abu Hanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o'zga huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo'lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o'z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to'lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o'zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o'zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo'rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog'at yoshiga yetgan inson mustaqil bo'lib, o'z mulkini o'zi xohlagan tarzda tasarruf etishi mumkindir. 

      Uning shogirdlaridan �Assohibon�, deb nomlangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniylar mazhab ta'sirini o'z asarlari va Abbosiylar davlatidagi yuksak maqomlari tufayli keng masofalarga yoyishga erishdilar. Abu Yusuf (731-798) Bag'dodda qozi etib tayinlangan, keyinchalik birinchi Qoziu al-quzot (bosh qozi) sifatida xalifalik hududlarida qozilar tayinlash huquqiga ega bo'lgan. Uning "Kitob al-Xaroj" asari xalifa Xorun ar-Rashid uchun soliqlar to'plash va davlatniyg moliyaviy masalalari bo'yicha qarorlar to'plami vazifasini o'tagan. Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (749-804) hanafiy mazhabining huquqiy nazariyasini yozib qoldirgan allomadir. U hanafiy fiqhi hamda Madinada Molik ibn Anas qo'lida ta'lim olgan. Muhammad ash-Shayboniy qisqa muddat qozi bo'lgan, so'ngra xalifa Xorun ar-Rashid bilan Xurosonga borib, o'sha yerda vafot etgan. U yozgan oltita kitob ("Al-Mabsut", "Al-jomi al-kabir", "Al-jomi as-sag'ir", "As-siyar al-kabir", "As-siyar as-sag'ir" va "Az-ziyodot") X asrda Abu-l-Fadl al-Marvaziy (Al-Hokim ash-Shahid nomi bilan ma'lum alloma) tomonidan "Al-Kofiy" unvoni bilan bir jildga to'planadi. 

                                        Molikiy mazhabi 

      Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko'pinchalik Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, Payg'ambarimiz (s.a.v.) amakilari Abbos va umr yo'ldoshlari Oisha faoliyatlari bilan bog'lanadi. Mashhur namoyondalar orasida Ja'far as-Sodiq (vaf. 765 y.) ham bo'lib, keyinchalik u shialikning ja'fariya mazhabiga nom bergan. 

      Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713 yili Madinada kamon o'qlari yasovchi oilasida tavallud topib, o'zi ipak matolari savdosi bilan shug'ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo'lida islomiy ilmlarni o'rgangan. Shu yerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo'lmagan. Bahsar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki "Ilm � xo'rozlar va qo'chqorlar orasidagi urush emas", deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va tobe'inlarning fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavllarini o'zining "Al-Muvatta'" kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki varianti: "Hanafiy ash-Shayboniy" va Yaxyo al-Laysiy (vaf. 848 y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar yetib kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800 y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib qolgan. 

      Huquqshunoslik sohasida molikiy mazhabi o'z yo'nalishiga ko'ra, alalxusus, ayolning jamiyatdagi o'rniga munosabatiga ko'ra, hanbaliy mazhabiga yaqin turadi. Shuningdek, molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o'z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday holatga yo'l bermaydi. 

      Molikiy mazhabining vatani Madina bo'lgani uchun uning Hijozda tarqalishi tabiiy edi. Har yili haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa qilgani tufayli bu mazhab u yerlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini siqib chiqardi. Molikiy mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada yetakchi mazhab sifatida saqlanib kelmoqda. Shuningdek, u yuqori Misr va Sudan hamda Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o'z nufuzini yoydi. Boshqa qator mamlakatlarda ham muayyan miqdorda molikiy mazhabining izdoshlari mavjud. 

                                            Shofe'iy mazhabi 

      Bu mazhab jug'rofiy mintaqa mahsuli bo'lmasdan, ikki o'zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg'ambar ajdodi Hoshimning akasi Al-Muttalib avlodidan bo'lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn Shofe'iy uning asoschisi bo'ldi. Shofe'iy 767 yili Falastin (G'azza)da tug'ilib, 820 yili Misrda vafot etdi. 

       Shofe'iy "Al-Umm" nomli kitobni yozib [ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, kitobni uning shogirdi Ar-Rabiy ibn Sulaymon (884 y.) yozgan], unda nafaqat shofe'iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, balki o'zga mazhablar orasidagi ko'plab farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur yetti jildlik kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas'ud orasidagi ixtilof, Shofe'iy va Molik qarashlari orasidagi farq Ash-Shayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining rad etilishi o'z aksini toptan. 

      Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo'lgani uchun u yerda bu ta'limot chuqur ildiz otgani tabiiydir. 1517 yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq etilsa-da, ko'p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o'z diniy urf-odatlarida shofe'iy an'analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy musulmonlar ham shunday qiladilar. 



                                                Hanbaliy mazhabi 

      Bu shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs � Ahmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bag'dodda tug'ilib, shu yerda 855 yili vafot etgan. Hadis to'plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko'p sayohat qilgan va 40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik "Musnad al-Imom Ahmad" asarini yaratgan. 



      Bu mazhabning o'zgalarga nisbatan ko'proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur'on oyatlari martabasigacha ko'tarishgan. Hadislarga "qanday?" deb savol bermasdan (bilo kayfa) to'g'ridan-to'g'ri ishonish zarur, deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya - 1350 y.) fiqh asoslari beshta: 1. Qur'on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur'on va sunnatga muvofiq bo'lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo'lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo'yicha hukm chiqarish. 

      Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur'on va sunnatga tayangan boshlang'ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da'vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr Sa'id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta'sis etilishiga olib keldi. Shuningdek, hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o'z izdoshlariga ega.
Download 34,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish