Hamza Hakimzoda
Niyoziy
Jadid adabiyoti namoyandasi, shoir va
dramaturg
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889.6.3,
Qoʻqon
— 1929. 18.8,
Fargʻona
viloyati Shohimardon qishlogʻi) —
shoir
,
yozuvchi
,
pedagog
,
teatr
arbobi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
(1926). Solkashon mahallasidagi eski maktab va
madrasada
(1896–1906), keyin qisqa muddat
Namangan
madrasasida (1908) tahsil koʻrgan. 1909-yilda
Kogonda matbuotda ishlagan. Soʻngra
Toshkentga
kelib, 1910-yili
usuli jadid
maktablarining oʻquv dasturi
bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida, keyin 1911-yil Qoʻqon
shahrining Hojibek guzarida va 1914-yil
Margʻilonda
ochgan.
Hamza Hakimzoda Niyoziy
Tavallud sanasi:
3-iyun 1889-yil
Vafot sanasi:
8-iyun 1929-yil
(40 yoshda)
Kasb:
Shoir
Magnum opus
:
"
Boy ila xizmatchi
",
„Ishchilar hayotidan“
,
„Loshmon
fojiasi“
Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida oʻqituvchi,
„Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shoʻbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“ jurnallarida muharrir (1917),
Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918),
Turkiston fronti
siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi
Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissor (1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati
maorif va harbiy targʻibot-tashviqot shoʻʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi
kasaba soyuzlarining madaniy-maʼrifiy muassasalarida mudir (1921-1924), Fargʻona maorif qoʻmitasi
qaramogʻidagi ong-bilim shoʻʼbasida mudir oʻrinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926-
yildan erkin ijod bilan shugʻullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirigʻi bilan 1928-yil avgustdan
Shohimardonda
targʻibot-tashviqot ishlari olib borgan va soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan.
Hamzaning adabiy ijodi 1905–1906-yillarda boshlangan. Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor
gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza
boshlagan. Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan
„Haqiqat kimda?“
degan „roman“ ham
yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda
gʻazallar yoza boshlagan. 1914-yilda tartib berilgan qoʻlyozma devoniga shoirning 1905–1914-yillarda
„Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan 214 ta sheʼri kiritilgan. Shoirning
„Gul“
(1913–1916),
„Milliy ashulalar uchun
milliy sheʼrlar majmuasi“
(1915–1917) sheʼriy toʻplamlaridagi
„Yigʻla Turkiston“
,
„Yaxshi holin yoʻqotgan
oqibatsiz Turkiston“
,
„Koʻzni oching, qardoshlar“
,
„Darmon istariz“
kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta
mahorat bilan ifodalangan.
Faoliyati
…
Pochta konverti 1979-yil
Adabiy ijodi
1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogʻlagan. Hamza
yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan
xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun
„Yengil
adabiyot“
,
„Oʻqish kitobi“
(1914) va
„Qiroat kitobi“
(1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida
„gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek
sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa
qoʻshgan.
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning
„Yangi saodat“
(1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk
namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa
boʻlib, unda kambagʻal yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir
etilgan.
Hamza 1914-1916-yillarda
„Oʻch“
(1914),
„Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“
(1915),
„Ilm hidoyati“
,
„Mulla
Normuhammad domlaning kufr xatosi“
,
„Ochlik qurbonlari“
(1916),
„Muxtoriyat yoki avtonomiya“
(1917)
singari kichik sahna asarlarini yozgan.
Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda „oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi sifatida
koʻkka koʻtarilgan. Hamza nomi bilan bogʻlanib kelingan Oʻlka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Fargʻona)
sayyor truppasi deb atalib, unga
Gʻafur Musaxonov
rahbar boʻlgan. Hamza shu truppada
dramaturg
,
rejissor
va suflyor boʻlib xizmat qilgan. Shu vaqtda u
„Kim toʻgʻri?“
,
„Tuhmatchilar jazosi“
,
„Boy ila xizmatchi“
,
„Ishchilar
hayotidan“
(1918),
„Loshmon fojiasi“
(1916-1918, 3 boʻlimli),
„Fargʻona fojiasi“
(1918-1920, 4 boʻlimli),
„Qizil
qon ichida yosh goʻdaklar“
,
„Mahbus toʻraning holi“
(1919) singari pyesalarni yozgan (bu asarlarning aksari
bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza „Zaharli hayot“ dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga
olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimen-talizmdan keng foydalangan boʻlsa,
„Tuhmatchilar jazosi“, ayniqsa, „Boy ila xizmatchi“ singari pyesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo
Oʻquv qoʻllanmalari
Sahna asarlari
„Oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi
Hamza koʻp oʻtmay, targʻibot va tashviqot yoʻnalishidagi „Pastki shoʻrolar saylovi munosabati ila yozilgʻon
Choʻpcharlar“, „Pastki shoʻrolar tuzmasida saylovgʻa kirolmagan bir eshon oʻpkasiga javoban“, „Burungi
saylovlar“ (1926) singari pyesa va inssenirovkalarni yozishga katta eʼtibor bergan. Hatto Sovet davlatining
jahon inqilobi toʻgʻrisidagi soxta gʻoyasiga ishonib, „Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari“ (1927) pyesasini
yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik gʻoyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval
erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926-yil Hamza oʻzbek dramaturgiyasida
muayyan iz qoldirgan 2 asar:
„Maysaraning ishi“
komediyasi va
„Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar
ishi“
dramasini yaratgan.
Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda
Hamzaning „Boy ila xizmatchi“ pyesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari
asosida „qayta tiklangan“ bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida
taqdim etilib kelingan.
Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman (
K.Yashin
asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A.
Umariy asari, 1941), kinofilm (ssenariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissor Z.Sobitov, 1960), 16
seriyali badiiy film (ssenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va
Sh.Abbosov
, rejissor Sh.Abbosov, 1975-1984)
va hujjatli film (ssenariy muallifi L.Qayumov, rejissor N.Otaullayeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qoʻqon
shaharlari hamda Fargʻona vodiysidagi teatr, maktab, koʻcha va shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent shahridagi
metro stansiyasiga shoir nomi berilgan. Hamza ijodi bilan
OʻzMU
professori L. Qayumov koʻp yillardan beri
shugʻullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar.
Toshkent
shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.
Xotira
…
Hamza
Xitoy
,
Hindiston
,
Afgʻoniston
,
Eron
,
Turkiya
va
Arab
mamlakatlarida boʻlgan.
Haj
amallarini bajargan.
1920-yili Qoʻqonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida
Buxoroga
boradi. Bir yilcha
yashab, 1921-yil soʻnggida
Toshkentga
va undan
Xorazmga
oʻtadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif
shu’ʻbasida ishlaydi.
Xorazmdan
Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan internatda faoliyat
koʻrsatadi. 1925-yili Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini
chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi.
1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilik, iztiroblarni
boshdan kechiradi. 1929-yil 18-martda Hamza toshboʻron qilinib oʻldiriladi.
Toʻla asarlar toʻplami [5 j.li], T., 1988-89; Xamza arxivi katalogi [2 j.li], T, 1990-91.
Sultonov Yu., Hamza, T., 1973; Qayumov L., Hamza, T., 1973; Rahmonov M., Hamza va oʻzbekteatri, T, 1959;
Hamza zamondoshlari xotirasida, T., 1979; Qayumov L., Saylanma, 1-2-j.lar, T., 1983; Hamza Hakimzoda
ijodi problemalari, T., 1988.
Hamza Hakimzoda ijodi problemalari (toʻplam). T., 1990.
Rahmonov M. Hamza Hakimzoda Niyoziy va oʻzbek teatri. T., 1959.
Sultonov Yu. Hamza. T., 1979.
Qayumov L. Saylanma. Ikki tomlik. T., 1981, 1983.
Niyoziy H.H. Toʻla asarlar toʻplami. Besh jildlik, T.: Fan, 1988-1990.
Safari
…
Vafoti
…
Manbalar
…
Adabiyot
…
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval 185.163.26.71 tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.php?
title=Hamza_Hakimzoda_Niyoziy&oldid=23
57097
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |