Avloniy – darsliklar muallifi. Avloniy 1911-yilda boshlang’ich sinf o`quvchilari uchun “Birinchi muallim”-“Alifbo” darsligini yaratdi.Unda 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada Alifning so`zning boshida, o`rtasida va oxirida yozilishini ko`rsatgan, so`ng alifni barcha «bosh harflar”ga qo`shib bo`g’inlar hosil qilgan. “Ikkinchi muallim”da bolalarning axloq, odobiga doir halollik va poklikka oid turli she‘rlar , hikoya masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan. Kitob “Maktab” she‘ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o`qisa, savodxon bo`lsa, juda ko`p narsalarga erishishi chiroyli ta‘riflanadi.
Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qo`llagan. Milliy kuylarga moslab she‘rlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.
------------------------------
. A.Avloniy .Tanlangan asarlar.,,Turkiy Guliston yoxud axloq’’ asari.33-bet
2. Milliy uygonshi. — Toshkent, «Sharq», 2002. — B.397.
Avloniyning adabiyot oldidagi buyuk xizmatlaridan biri shu bo`ldiki, u mardikorlik she‘riyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan biri bo`ldi.1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi o`g’liga aytgan so`zlari”, “Onasining o`g’liga aytgan so`zlari”,”Afsus” kabi she‘rlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qrli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritadi. Bu she‘rlarning ohang va uslubi xalq qo`shiqlariga g’oyat yaqin bo`lib, ular xalqimizning milliy uyg’onishida muhim o`rin tutadi.
Axloqiy didaktik mavzudagi “Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotida alohida o`rin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birichi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazardan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni an‘anaviy ikkiga - yaxshi va yomonga ajratadi. “Yaxshi xulqlar” deb nolangan birinchi qismida u 31 fazilat, “yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 illatga ta‘rif beriladi. Mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristtel,Sa‘diy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, Vatan muhabbatini, uning uchun kurashmoqni eng insoniy xulqlardan hisoblaydi. Vatan – bu har bir kishining tug’ilib o`sgan joyi, yurti, mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq va yashartmoq kerak. “Tog’laridan konlar chiqar, Yerlaridan donlar chiqar...Havosi o`ta yoqimlik, Cho`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Keksalari gulqand erur”, deya bolalarga ona diyorga katta mehr uyg’otishga erishadi. “Yomon xulqlar”ga esa g’azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqlarning belgilari deb biladi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining o`z xalqiga bo`lgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko`rsatadurg’on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo`qotmak millatning ruhini yo`qotmakdur”.
Darslikdagi har bir bo`lim ta‘lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag’ishlangan bo`lib, ularning biri ikkinchisini to`ldiradi, takmillashtiradi. Har bir bo`limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she‘riy parchalarda yoki hikmatli so`zlarda «qissadan hissa” chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og’zaki ijodidan keng foydalangan. Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolg’onchi chupon”, “Tulki ila qarg’a” kabi juda ko`p she‘rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga bag’ishlangan.”Maktab bolasi” she‘ri boshlang’ich sinf o`quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o`qishga muhabbat uyg’otishi umumiy yo`sinda bayon qilingan. Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan “Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga” g’osini ilgari suradi. Avloniy o`zbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913-yilda “Turkiston” teatr gruppasini tuzdi. “Turkiston” o`zining qat‘iy nizomini ham e‘lon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, g’oyaviy –badiiy rahbari ham Avloniy edi. Teatrda “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov” (A.Qodiriy) kabi o`zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirdi va o`zi rol ijro etdi. Avloniy «Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) komediyalari, 1914-17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, ”Portugaliya inqilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeyaviy asarlari bilan o`zbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasiga tomir otishiga muhim hissa qo`shdi. Avloniy XIX asr rus mumtoz adabiyoti vakillari I.A.Krilov va L.N.Tolstoyning asarlarini o`zbek tiliga ugirdi,jumladan, I.A.Krilovning 21 ta masali, “Maymun ila ko`zoynak”, ”G’ayri jinsiy ittifoq”, “It ila yo`lovchi”, “Qarg’a ila Zag’izg’on”, “Tulki ila Qarg’a” kabi asarlari o`zbek tiliga tarjima qilinib, “Maktab gulistoni” kitobida bosilib chiqdi.Buyuklarning, el-yurtga xizmati singgan ulugʻ kishilarning nomlari mangulikka daxldor boʻladi. Asrlar osha unday odamlarning xizmatlari koʻz-koʻz qilinaveradi. Ana shunday ulugʻ zotlardan biri, mashhur muallim, tashkilotchi, shoir Abdulla Avloniydir. Prezidentimiz qachon taʼlim-tarbiya haqida gapiradigan boʻlsa, albatta, Abdulla Avloniy haqida toʻxtaladi. Uning ibratomuz soʻzi va ishini misol qilib aytadi: “Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan fikrini koʻp mushohada qilaman,” – deb, bu muallimning bosib oʻtgan hayot yoʻlini yoshlarga ibrat qilib koʻrsatadi.Ha, ana shunday maqtovga loyiq inson, oʻzbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878yilda Toshkent shahrida toʻquvchi oilasida dunyoga keldi. Abdulla Avloniy boshlangʻich diniy maktabda va madrasada oʻqidi, ilm-fanga ixlos qoʻydi. Oʻzbek va boshqa Sharq xalqlari adabiyotini berilib oʻrgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq sheʼrlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk sheʼrlari oʻsha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turdi.
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni oʻzining birdan bir burchi deb bildi va 1904yilda oʻzi yashab turgan joyda – Mirobodda maktab ochdi. Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani oʻziga tortishi uchun harakat qiladi. Uning qoʻlidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha oʻquv jihozlarini oʻzgartirdi. Bu yerda oʻqiydigan bolalarning koʻpchiligini kambagʻallarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boybadavlat doʻstlarining koʻmagida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam berilishini taʼminlaydi. Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, oʻquvchilarning soni koʻpaya boradi. Abdulla Avloniy oʻzi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand boʻlishlariga harakat qildi. U bolalarga jugʻrofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan maʼlumotlar berdi. U 1907yilda “Shuhrat” deb nomlangan gazeta tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targʻib etdi. Jumladan, gazetaning birinchi sonida: “Matbuot har insonga oʻz holini koʻrsatuvchi, ahvol-olamdan xabar beruvchi, qorongʻu kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat gʻoyalarini yoyuvchidir”, deb yozgan edi. Abdulla Avloniy “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” deb nomlangan toʻrt qismdan iborat boʻlgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi. Oʻsha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” – “Alifbe”, “Ikkinchi muallim” – “Oʻqish” kitoblari katta rol oʻynadi. Bu kitoblarda Avloniy oʻtmish adabiyotimizning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirdi, ilm va maʼrifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi. “Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfni yolgʻiz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning soʻzning boshida, oʻrtasida va oxirida yozilishini koʻrsatgan, soʻng alifni barcha “bosh harflar”ga qoʻshib, boʻgʻinlar hosil qilgan. “Ikkinchi muallim”da axloq-odobga doir, halollik va poklikka oid turli sheʼrlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rangbarang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan. Kitob “Maktab” sheʼri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, oʻqisa, savodxon boʻlsa, juda koʻp narsalarga erishishi chiroyli taʼriflanadi.Darslikda koʻplab ibratomuz sheʼr, hikoya va ertaklar berilgan. Abdulla Avloniy 1904yildan umrinmg oxiriga qadar oʻqituvchi boʻlib ishladi. U koʻplab sheʼrlar, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi darsliklar bilan hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotiga poydevor qoʻygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan “Turkiy guliston yoxud axloq” Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Saʼdiyning “Guliston” va “Boʻston”, Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Donishning “Farzandlarga vasiyat” asarlari kabi oʻziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unda Abdulla Avloniy oʻzining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning soʻzboshisida muallif bu haqda shunday yozadi: “Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida taʼlim bermak ila barobar ulugʻ adabiyot muhiblari – axloq havaskorlarining eʼtiborlariga taqdim qildim”. Darslikdagi har bir boʻlim taʼlim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bagʻishlangan boʻlib, ularning biri ikkinchisini toʻldiradi, takomillashtiradi. Har bir boʻlimda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, sheʼriy parchalarda yoki hikmatli soʻzlarda “qissadan hissa” chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq ogʻzaki ijodidan keng foydalangan. Abdulla Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolgʻonchi choʻpon”, “Tulki ila qargʻa” kabi juda koʻp sheʼrlari kichik yoshdagi bolalarga bagʻishlangan. “Maktab bolasi” sheʼri boshlangʻich sinf oʻquvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida oʻqishga muhabbat uygʻonishi umumiy yoʻsinda bayon etiladi:
Yoʻlga soldi til ila yoʻldoshin,
Maktabga moyil ayladi boshin.
Soldi oʻrtogʻining soʻzina quloq,
Bosdi ul ham oʻquv yoʻlina oyogʻ.
Ikkisi birga boʻldilar mullo,
Chiqdi xat-u savod ham imlo. Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, “Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga” gʻoyasini ilgari suradi. Abdulla Avloniy oʻzbek adabiyotida drama janrining rivojlanishiga ham katta hissa qoʻshdi. Uning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va siz” pesalari adabiyotimiz tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Abdulla Avloniy 1934yilda vafot etdi. U maʼrifatchi, shoir, dramaturg, jurnalist, rejissor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoldi.
. A.Avloniy .Tanlangan asarlar.,,Turkiy Guliston yoxud axloq’’ asari.33-bet
2. Milliy uygonshi. — Toshkent, «Sharq», 2002. — B.397.
Do'stlaringiz bilan baham: |