Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi


Asarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari



Download 134,23 Kb.
bet16/35
Sana14.07.2022
Hajmi134,23 Kb.
#796786
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
Iroda

1.2 Asarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari. Asarning g’oyaviy –badiiy xususiyatlariga keng tahlil qiladigan bo’lsak ,Avloniy har bir bobda o’zining qarashlari,mustabid tuzum,yurtining kelajagini barkamol shaxslarni tarbiyalash uning ezgu maqsadlaridan ekanligini ko’rishimiz mumkin.Abdulla Avloniy inson salomatligi to`g`risida fikr yuritar ekan, uning asosiy omillaridan biri ­ tozalika haqida alohida bob ajratadi. «Nazofati» deb nomlanuvchi bobida odamni xalq o`rtasida hatto Olloh qoshida sevimli qiladigan vosita pokizalik - nazofatdir. Inson nafaqat o`z badanini, kiyim-kechagini, shu bilan birga, yashab turgan joyini, muhitni, shahrini pokiza saqlashi kerak. Atrof-muhitning nopokligi turli-tuman kasalliklarning paydo bo`lishiga sababdir. Afsus bilan aytish kerakki, Avloniy yashab turgan va undan keyin ham mustamlaka ma`murlari o`lkannig obodonchiligi va aholisinnig salomatligini xayollaoriga ham keltirmadilar, faqat shaharlarning mustamlakachilari yashaydigan qismigagina e`tibor berdilar. 1907 yilnnig oxirlarida Turkiston o`lkasiga sayohat qilgan atoqli tatar ma`rifatparvari, yozuvchisi Abdurashid qozi Ibrohimov (kelib chiqishi o`zbek) chor Rusiyasining Turkiston o`lkasida olib borayotgan dahshatli mustamlakachilik siyosatini fosh etgan edi: «Rus Toshkandida qoyat tartibli bino va savdo uylari, tekis uylar, elektr nurlarida sayr qilib yurishlar Ovruponing bir namunasidir. Ammo musulmon Toshkendi aksincha. Ilk bahorda, bahor oxirida shahar ichida uylardan piyoda yurib o`tishning ham iloji bo`lmay qoladi. Buni hatto so`z bilan ham ta`riflab bo`lmaydi... holbuki, shahar bir shahardir, Toshkanddir, idorasi, kirim-chiqimi bir, umum aholisinnig asosiy qismi musulmonlardir. Daromad asosan musulmon qismidan olinur, sarf-harajatlar faqat xristian qismiga ajratilur. hokimiyat qudrati ruslarda, mamlakat daromadi ham ruslarda. Rus qismlaridagi yo`llarga umum daromaddan pul ajratiladi, ammo musulmon qismdagilarning yo`llari nima bo`lsa bo`lsin, bir so`m ham ajratilmaydi: na bir tekis yo`l, na bir chiroq bor, hech vaqo yo`q».
Johillik, g’ofillik, tanballik ilmsizlikdandir. Ilm insoniyat baxt-saodati, istiqboli yo`lini yoritib turuvchi mash`aldir. Ilm bilan inson martabasi yuksaladi, nomi-nishoni ulug`lanadi, o`zi izzat-hurmatga sazovar bo`ladi. A. Avloniyning ulug` zamondoshlaridan Ahmad Donish «Fiqh va faroyiz, hisob va sijil tib, nujum, shoirlik, muallimlik madaniyat uchun eng foydali bo`lib, shu bilan ilmning o`sishiga yo`l ochadi. Biroq bulardan asl maqsad xalqqa foyda keltirishdan iborat bo`lishi lozim. Butun hunarlarning a`losi ilmdir, uning pog`onalari cheksizdir», - deb yozadi «Navodirul-voqoye» asarida.
«Turkiy guliston yohud axloq» asaridan bir kichik bob «hifzi lison» («Tilni muhofaza qilish») deb ataladi. hamma vaqt, hamma jamiyatda millatning mavjudligini, e`tiborini belgilovchi ko`zgusi uning tili va adabiyotidir. Ulug` san`atkor shoir Abdulhamid Cho`lpon «Adabiyot o`lsa, millat o`lur» deb yozdi. «Adabiyot nadur?» maqolasida har bir inson, birinchi navbatda, o`z ona tilini mukammal bilishi, tilining ravnaqi, sofligi uchun kurashishi kerak. Asar muallifi o`rinsiz o`zga til so`zlarini qo`shib, «moshkichiri» kabi aralash-quralash ishlatishga keskin qarshi chiqadi. Avloniynnig ona tiliga bunday qarashlari hozirgi kunimizda ham har gapiga, albatta, ikki-uch o`rischa so`zni qo`shib gapiruvchi yoki o`ris tilini durustroq bilmasa-da, o`rischa gapirishni madaniyat belgisi deb, biluvchi ba`zi bir yoshlarimizga nafaqat yoshlarimizga taalluqlidir: «har bir millatnnig dunyoda borlig`in ko`rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmay millatning ruhini yo`qotmakdur. hayhot! Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursin kundan-kun unutmak va yo`qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulagani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz bo`lg`on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi kerakli narsadur. Lekin o`z yerinda ishlatmak va so`zlamak lozimdur. Zig’ir yoqi solub, moshkichiri kabi qilub aralash-quralash qilmak tilnnig ruhini buzadur».Muallif tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyoj, ma`naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta`limnnig zamini sifatida ona tili o`qitish masalasiga e`tiborni kuchaytirdilar, chunki milliy ruh, milliy ma`naviyatni sut bilan kirgan...» deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin edi. Bu ­ jadid mutafakkirlari pedagogik qarashlarining tub maqzini tashkil qilar edi. Mahalliy millat bolalari uchun ochilgan davlat tasarrufidagi rus-tuzem maktablarida musulmon tili, dini va tarixini o`qitish masalasiga maxsus e`tibor berilmadi. O`z tili, dini, ma`naviyati, tarixidan xabarsiz kichik ma`murlar tarbiyalab yetishtirish ruslashtirish siyosatinnig birinchi va hal qiluvchi bosqichi edi. Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdarashidxon o`g`li, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniylari rahnamoligida ochilayotgan va xalq o`rtasida kata e`tibor qozonayotgan «usuli jadid» maktablari mohiyat e`tiboriga ko`ra rus-tuzem maktablariga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniynnig ona tiliga nisbatan buyuk muhabbat bilan aytgan so`zlari to`g`ridan­to`g`ri o`sib kelayotgan yosh (hatto hozirgi) avlodlarga qaratilgan edi:
Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, rahmonim.
Tug`dig`im kundan aylading ulfat,
O`lgunimcha ayrilma, ey jonim.
Menga ilmu adab san o`rgatding,
Chin adib, muallim ilonim.
Millatning ruhini ko`targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.
Abdulla Avloniy atoqli metodist olim sifatida «Turkiy guliston...» asarida o`quvchilarning og’zaki nutqini o`stirish masalasiga, voizlik (notiqlik) sanatini egallashga alohida e`tibor qaratadi. Muallif fikricha, har bir o`quvchi ona tilida o`z fikrini aniq, ta`sirchan, shu bilan birga, chiroyli bayon qilish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Buning uchun esa o`quvchi olna tilining nozik, go`zal jihatlarini puxta egallagan bo`lishi kerak: «Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy oqiz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur. Chunki so`z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o`lchab ko`rsatadurgon tarozisidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so`zlagan so`zidan bilurlar. «Quruq so`z quloqqa yoqmas», - demishlar».
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston...» asarining «Yomon xulqlar» qismi 18 bobdan iborat. Muallif insonning bunday xulqlarini «saodati adabiyadan mahrum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo`lgan axloqi zamimalar...» deb ataydi. A. Avloni kishilarnnig ham ijobiy xuldarini, ham salbiy xulldarini bayon qilib, kitobxonlar mulohazasiga havola qiladi. U «Bu sanalgan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go`zalligini insof muvozanasi ila o`lchab, vijdon muhokamasi ila tahqiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak yomonlarini onglab, hozir qilmak lozimdur», ­ deydi.
A. Avloniy g’azabning ikki xil xususiyatini bayon qiladi. Biri dushmandan o`zini, millatini mudofaa qilishda insonning qazabi muhim ahamiyatga ega bo`lsa, ikkinchisi birovni jabr­zulm yo`li bilan ishlatish, odamlarga sovuq muomilasi bilan dahshat solishdan iborat bo`lgan salbiy xususiyatdir. hilm - yumshoq tabiatlilik bilangina g`azabning oldini olish mumkin. A. Avloniy bu haqda Imom Shofe`i havzratlarining so`zlarini keltiradi: «Qilich va nayza ila hosil bo`lmagan ko`p ishlar yumshoqlik va muloyimlik ila hosil bo`lur. G’azabning zarari egasiga qaytur», - demishlar.
A. Avloniy asarning «Yomon xulqlar» qismida yana bir nihoyatda muhim masalaga e`tiborni qaratadi. Bu «Jaholat» va «Aqsomi jaholat» boblaridir. Jaholat nodonlikdan, ilmsizlikdan hosil bo`ladi. Insoniyatning eng g`addor dushmani jaholatdir. Asar muallifi jaholatni ikki qismga ajratadi: biri «jahli bosit» («oddiy jaholat»), ikkinchisi «jahli murakkab». «Jahli bosit» kasaliga mubtalo bo`lganlari biror narsani bilmaydilar va bilmaslikdlarini e`tirof etadilar. Bularning avomi nisbatan oson, ularni o`qitish, o`rgatish bilan bu maarazdan foruh qilish mumkin. «Jahli murakkab» kasaliga duchor bo`lganlar bilmagan narsalarini bilaman deb, dav`o qiladilar, ularni tuzatish ancha murakkab ish. Jahli murakkab qanchadan­qancha ilm-fan, taraqqiyot fidoiylarini ta`qib-tazyiqqa, vatanjudolikka duchor etdi, Ulug`bekdek buyuk alloma, adolatli podshoh uning qurboni bo`ldi. «Jahli marakkab» namoyandalari millatni asriy qoloqlikda, jaholatda saqlashda mustamlakachilar uchun qurol vazifasini bajardilar. hatto «jahli murakkab» haqida Munavvarqori Abdurashidxon o`g`li maxsus «Bizning jaholat ­ jahli murakkab» nomli maqolasini yozdi. Unda muallif jaholatparast ulamolarni, qadimchilarni, ilm-ma`rifatdan, ta`lim-tarbiyadan yiroq eski maktab-madrasalarni qattiq tanqid qildi.
A. Avloniy har bir axloqiy kategoriyani tahlil va talqin qilar ekan, bevosita o`z davri muammolari bilan bog`laydi, shuning uchun ham asarda davri
------------------


 . A.Avloniy .Tanlangan asarlar.,,Turkiy Guliston yoxud axloq’’ asari.33-bet
muammolari bilan bog`laydi, shuning uchun ham asarda davr nafasi ufurib turadi. Mustamlaka Turkistonning fojiali ahvoli, erksizligi, chor hukumatining o`lkada olib borayotgan dahshatli iqtisodiy siyosati asar qatlariga mohirona singdirib yuborilgan: «Yevropaliklar o`zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o`zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berub, sut oshaymiz, non o`rniga kesak tishlaymiz. So`zning qisqasi hozirgi 31zamonga muvofiq kishi bo`lmak uchun ilm va ma`rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas say`, bitmas qayrat lozimdur».
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston...» asarini o`z zamondoshlari - muallimlarning taklif va istaklarini nazarda tutgan holda, garchi o’qir bo`lsa­da, Shayx Sa`diy uslubida yozmoqni muqaddas deb bildi. Sa`diyning «Guliston» asariga chuqurroq razm solsak, hayotdagi salbiy voqea­hodisalarni, yaramas xulqli kishilarni fosh etishda qazab-nafrat, kuchli hajv bilan ifodalashdan ko`ra, yengil kulgi, mutoyiba, kinoyadan ustalik bilan foydalanganligining guvohi bo`lamiz. Buni ulug` mutafakkir ham alohida ta`kidlaydi: «...Lekin sohibi dillarning ravshan va musaffo ra`yi olamoroylarig`a maxviy va po`shida qolmasinkim, shofiy mav`izalarining durlarin iborat rishtasig`a chekmishdururman. Pand va nasihatning talx va achchiq dorusin zarofat va latofat shahdi bila oqushta qilmishdirurman, tokim qabul davlatidin va mahrum va noumid bo`lub qolmag`ay. Masnaviy:
Biz nasihat bajoy kelturdik,
Pandin oxirig’a yetkurduk.
Gar kishi mayl etib quloq solmas,
Bizdin elga payom bo`lqoyu bas»
A. Avloniy ham Shayx Sa`diy kabi har bir bob oxirida o`z axloqiy qarashlarini xulosalovchi, qissadan hissa sifatida 4­5 bayt she`r keltiradi, keskin fosh etuvchi achchiq tanqid, hajv Avloniyda ham deyarli ko`zga tashlanmaydi. Bu bilan u, birinchi navbatda norasida bolalarni - o`quvchilar ruhiyatini, ulardagi yumshoq tabiatlilikni, poklikni nazarda tutgan. «Guliston» asari tilining nihoyatda samimiyligi, beozorligi tufayli necha-necha asrlar davomida maktab va madrasa talabalarining asosiy o`quv darsligi vazifasini ado etib keldi.
A. Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarini butun Turkiston ziyolilari katta mamnuniyat, qoniqish bilan kutib oldilar, uning tarqib-tashviqiga katta e`tibor berdilar. Talim­tarbiyaga bag`ishlangan bu noyob, mukammal, «barjasta» asarning har bir o`zbek xonadoniga kirib borishini dil-dildan orzu qildilar. Bunga «Sadoyi Turkiston» gazetasida bosilgan «Turkistonga zo`r shodliq» sarlavhali kichik maqola-taqriz dalil bo`la oladi: «Ko`pdan beri kutilgan Turkiston uchun eng kerakli «Turkiy guliston...» ismli axloq kitobi ochiq tilda Turkiston shevasida Shayx Sa`diy usulida Abdulla Avloniy tarafidan yozilub, toshbosmada bosilub, 132 betdan iborat muhim asar maydonga chiqdi. har bir adabiyot oshiqlarina, xususan, muallim afandilara biror nusxasini tavsiya qilurmiz».
Kitob maktablarning yuqori sinf o’quvchilariga darslik sifatida yozilgan. Lekin asrimiz boshlaridagi o’zbek jadid ma’rifatchiligining noyob hodisalaridan bo’lgan bu asarning ahamiyati faqat maktab doirasi bilan cheklanmadi. U adabiyot va axloq havaskor-lari uchun ham qo’llanma bo’lib xizmat qildi. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm» — axloq haqida fikr yuritiladi. Axloq, bu — xulqlar majmui. Xulq esa, ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo’lish shakli. Binobarin, har bir xulq ezgulik va olijanoblikning yoki razillik va bad-binlikning timsoli. Shu jihatdan kishida xulkning u yoki bu ko’rinishi o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug’ilishdan yomon bo’lib tug’ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit yomon kiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog’liq. U ikki bosqichdan — uy va maktab tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo’ymaydi tanda cor Gapni, birinchi navbat-da, bolaning sog’lig’i haqida qayg’urish lozimligidan boshlaydi. «Badanning salomat, quvvatli bo’lmogi insonga eng kerakli narsadur. Chunki o’qumoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuch-lik, kasalsiz jasad lozimdur». Avloniy masalaning falsafiy asosiga ko’chadi. Jism bilan ruxning uzviy birligi hakida gai ochadi: «Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynat-lanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo’yub, astarini yuvub, ovora bo’lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur». Yana bir o’rinda esa «badan elak kabi ko’zlukdur» degan gai uchraydi. Jism bilan ruh, shakl bilan mazmunning uzviy birligi va ularning o’zaro bir-biriga ta’siri masalasi juda muhim va murakkab bo’lib, Avloniy uni asosan to’g’ri tushunadi va to’g’ri talqin qiladi. Bolalarda fikrlash iqtidorini hosil qilish, fikr tarbiya-si benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan» bo’lib, ularning «yordamiga so’ng darajada muhtoj». Negaki, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi» muallimga ko’p jihatdan bog’liq. Bo-lalarning fikrlashi tarbiyachining o’zini fikrlash va intilish doirasi, saviyasi bilan ham aloqador. Bu xususda adibning keskin mulohazalari bor. XVIII asr fransuz ma’rifatchilari aql va ongning roliga juda yuksak baho bergan edilar. Jahon adabiyotidagi ma’rifat-chilik bosqichi bilan shug’ullangan tadqiqotchilar bu davr Yevropa madaniyatining umuman hamma jabhalarida uning ma’lum da-rajada ilohiylashtirilganligini e’tirof etadilar .Bu tabiiyki, Yevropa mamlakatlarida kapitalizmning rivoji, feodal-patriarxal munosabatlarning taraqqiyotga to’g’anoq bo’lib qrli-shi, jamiyat hayotida ilm-fan rolining birdan kuchayib ketishi kabi qator omillarga bog’liq edi. XX asr boshlaridagi Turkistonda ham shunga yaqin sharoit maydonga keldi. Nazarimizda, o’lkamizda 1905- yildan keyin yaqqol ko’zga tashlangan fikriy uyg’onish va madaniy ko’tarilish o’z mo-hiyati bilan XVIII asr fransuz ma’rifatchiligiga ko’p jihatdan o’xshash edi. Avloniy ma’rifatchiligining ildizi ham shunga borib taqaladi. «Turkiy guliston...»da aql va ilmning, ma’naviy-axloqiy olamning favqulodda ehtiros bilan ulug’lanishi adib ma’rifatchiligining bevosita mazmunidan kelib chiqadi. Mana u nima deb yozadi: «Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir...» Muallif o’z fikrini yanada aniqroq va ravshanroq anglatish uchun shunday muqoyasa keltiradi: «Hayvonlar o’zlariga bo’laklar tarafidin keladurgon zulm va jabrlarni shox, tish, tumshuq va tirnoqlari ila qaytarurlar. Pekin inson... aql va idroki soyasida o’ziga keladurgon zarar va zulmlardan sakdanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilub, bo’ynidan boylab, iplarining uchini qo’llariga bergan insonlarning aqlidur». Hukamolardan biri: «Har narsa ko’paysa, arzon bo’lur, aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko’paysa, shuncha qimmatbaho bo’lur», — demish. Adibning qarashlarida Navoiyning inson haqidagi mashhur «inson — xilqat toji» nuqtai nazari konsepsiyasining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Uning fikricha ham aql faqat insongagina nasib etgan sifatdir, jahonning ziynati oqil insonlardir. Yuqorida Avloniy aqlning ilm va tajriba soyasida kamol topishiga ishora qilgan edi. Darhaqiqat, bular uzviy tushunchalardir. Ilm xam «insonlarning madori hayoti, rahbari najoti», boringki, «dunyoning izzati». U — «inson uchun g’oyat oliy va mu-qaddas bir fazilat». Muallif bu fazilatlarni shunchaki qayd etmaydi, uning konkret hayotiy, amaliy ahamiyati ustida ham tuxtab o’tadi. Uning in-sonni kamolotga yetkazishda bosh omil ekanligini atroflicha dalillashga harakat qiladi. Ilm egallash esa o’z-o’zidan bo’lmaydi, albatta. U har bir kishidan muayyan layoqat va qobiliyatni talab qiladi. Chunonchi, sinchkovlik, har bir narsaga ibrat nazari bilan qaray olish, sa’y-g’ayrat, shijoat kabilar shunday sifatlar jumlasiga kiradi. «Inson ibrat nazari ila bokub, dunyo kitobidan o’z qadr-hissasini bilib olmagi lozimdur, — deb yozadi Avloniy. Shuning uchun aql sohiblari, fatonat egalari o’zlariga foydasi bo’lsa-bo’lmasa, sinchiklab qarag’on narsalaridan bir hissa olmay qo’ymaslar». Ziyraklik, ochiq fikrli bo’lishga intilishning ham ahamiyati katta. Bular hammasi yoshlikdan boshlanadi. Umr — g’animat. Uni bexuda ishlar bilan o’tkazib yuborish jinoyatdir. Adib zehn va idrokni kuvvatlantirish uchun o’qish-yozishni o’rganishga ulgurgan har bir bolani har xil kitoblar, gazeta va jurnallar o’qishga va shu orqali dunyoning bordi-keldisini anglash, u haqda fikr yurita olish darajasiga erishishga chorlaydi. Ilm olish riyozat chekishni, sa’y-g’ayratni talab etadi. Adib-ning obrazli ifodasiga kura, ilm bamisoli bodomning ichydagi mag’iz. Uni qo’lga kiritish uchun mehnat qilish, chaqib po’chog’idan ajratib olish kerak. Avloniyning vijdon haqidagi fikr-mulohazalari ham diqqatga sazovor. Uningcha, vijdon — aql va tafakkur mezoni. Umuman olganda, bunday yondoshish vijdonning ahamiyatini va mohiyatini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Lekin unda bir oz konkretlilik yetishmaydi. Vijdon tarozisining «aqd va hikmatga muvofiq» ishlarga «muhabbat» qo’ydirib, «qabohat va yomon» ishlardan «nafrat» ettirishi aslida to’g’ri tushuntirish. Biroq uning to’g’rilik darajasi yaxshi yoki yomon deb nomlanadigan muayyan hodisaga nisbatan qo’llanilgandagina konkretlashadi. Adibning «yaxshi» va «yomon» tushunchalarini anglashida esa ma’lum mavxumlik yo’q emas. U bularni talqin qilganda, ko’pincha, aqlga muvofiq keladigan, muvofiq kelmaydigan degan prinsipdan kelib chiqadi. «Agar ahmoq odam bo’lsa, o’z tug’ishgan birodaringni ham sevmasliging mumkin, lekin Vatanni, u qanday bo’lmasin, sevmaslik mumkin emas. Ammo bu muhabbat uning mavjud ahvolidan bir umr mamnunlik bo’lib qolmasligi, balki uni mukammallashtirishga chanqoq intilishdan iborat bo’lmog’i lozim», — degan edi donishmandlardan biri. Yoshligidan ilm-ma’rifatga, hunar va san’atga mehr qo’yadi. Mehnatning aybi yo’q. Qora ishchi bilan olimning zahmati ko’rinishdagina har xil. Ularning ikkisi ham mehnat. Mehnat bilan kun kechirish esa buyuk saodat. Demak, do’stlik birinchi navbatda, hamdardlik, hamkorlik, xamdastlik. Do’stlik o’z vafosi, sadoqati bilan mustahkam. Navoiy buni hayratomuz tamsillar bilan bergan edi. Masalan, vafosiz yor—ziyosiz sham; ziyosiz sham — muz sumalak kabi. Inson uchun yolg’izlik eng og’ir jazo. So’qqabosh hyech qachon baxtiyor bo’lgan emas. Bir qo’ldan axir sado chiqqan? Yolg’iz kishining hayoti g’amdangina iborat. Toq kishining maishat uyi vayron— butun bir uyni yagona ustun ko’tarib turganini kim ko’rgan? Burgutning bir qanoti sinsa, qancha tez uchmasin, hayoti lahzada bahra olmaydi.Rumiy hazratlari shunday deydilar:,,Oqil do’sti bor insonning oynaga ehtiyoji yo’q’’.Haqiqatan,haqiqiy do’st senga to’gri maslahat,yaxshi fikrlar beradi.Hayot yo’llarida yaxshi hamdam juda zarurdir. Buyuk mutafakkir mana shunday qiyoslarda do’stlikning hayotiy asoslarini aniq va tiniq detallar bilan ko’rsatib bergan edi. Abdulla Avloniyning axloqiy qarashlari mumtoz adabiyotimizning boy zaminida shakllandi. Uning do’stlik va sadoqat haqidagi fikrlari adabiyotimizdagi axloqiy qarashlarning tadrijiy davomi edi. «Ilmi axloq yuzasidan chin do’st va yori sodiq ila ulfat qil-mak lozimdur. Chunki ba’zi kasallarning yuqishi bo’lgoniga o’xshash nodon va ahmoq kishilarning urfu odatlari va yomon xulqlarining ta’siri, siroyati yuqishi muqarrardur. Ba’zi do’st suratida ko’rinmish ikkiyuzlama, munofiq dushmanlar ham ko’p bo’lurlar. Shuning uchun har bir kishiga sinamasdan, bilmasdan do’stlik qilmak, sir aytmak zo’r aqlsizlikdur. Chin dust bo’lgan kishi boshingga kulfat va qayg’u kelgan vaqtlarida san bilan barobar qayg’urur, xotirangdagi qayg’ungni bo’lushub olur. Siringni noahil va nodon kishilarga aytmas, aybingni orqangdan so’zlamasdan yuzingga aytur. Shodlik vaqtingda san bilan barobar shodlanur. Yolg’on do’st sandan bir foyda umidida yoki o’z boshiga kelgan zararni qaytarmak uchun munofiqona do’stlik qilur. Siringni noahil kishilarga so’zlab, qadr-u e’tiboring-ni poymol qilur. Bunday kishilarga do’st bo’lmakdin do’stsiz o’tmoq yaxshiroqdur». «Turkiy gulis-ton...»da «Yomon xulqlar» deb nomlangan bo’lim bor. Unda kishilarga xos 18 qusur haqida keltiriladi. Muallif nazdida ularning aksariyati uchun xos bo’lgan xususiyat johil-likdir. Shu boisdan adib tanqid tig’ini asosan jaholatga qaratadi. Uni insoniyat uchun eng katta illat deb biladi. G’azab — shaqovat, buzuqlik—safohat, hamoqat, yalqovlik—atolat, xasislik—xasosat, tanparvarlik—rahovat, takabbur-lik— anoniyyat, hasad, yolg’onchilik—kizb, nifoq, tama kabilar ko’pincha shundan kelib chiqadi. Jaholat, sodda qilib aytganda, ilmsizlik, nodonlikdir. Unday kishi fikrlashdan, mushohadadan mahrum bo’ladi. U moddiy qanchalik boy, sarvatdor bo’lmasin, ma’naviy shunchalik tuban va qashshoq. Muhtojlik— musibat, biroq johillik musibati undan dahshatliroqdir. Avloniy jaholatni qoralar ekan, u haqda aytilgan ko’pgina ma’lum va mashhur fikrlarni misol qilib keltiradi: «Suqrot hakim: «Dunyoda eng hazar qilinadurgan illat jahldur. Men johilga achinganimdek ko’rga achinmayman, zeroki jo-hilning o’z ixtiyori ila qilg’on harakati a’moning ixtiyorsiz qilg’on harakatidan mening nazarimda xunuk», — demish. «Aflotun hakim: «Jo-hilning yaxshi niyati fozilning xusumatidan zararliroqdur. Inson eng yuqishlik bir kasaldan saqlangan kabi johildan hazar qilmak lozimdur»,— demish. Adib bu fikrlarning ma’nosini chaqishga, undan xulosa chiqarishga, avlodlarni «jaholat va nodonlik balolaridan qutqarmoq uchun «jon boricha», «kuch yetkuncha» «cho-lishmoq»qa chorlaydi. Jaholatning ham ikki turi bor,—deydi muallif. — Biri — jahli basit, ikkinchisi jahli murakkab. Birinchisi u qadar dahshatli emas. Ular bir narsani bilmasalar, bilmasliklarini e’tirof qiladilar. Uning davosi u qadar qiyin emas: astoydil qunt qilinsa, masala hal bo’ladi. Ikkinchisi — yomon. Ular bir narsani bilmaydilar va bunga iqror ham bo’lmaydilar. Ularni xalq «o’zi bilarmon» deb ataydi. Hamoqat shuning bir ko’rinishi. U aql va ma’rifat kamligidan hosil bo’ladi. U jaholatdan yomonroq. Chunki johilda birgina nodonlik bor. Ahmoqda esa necha aqllini aldaydi-gan yolg’on-yashig’ so’zlar bor. Ularni hech bir ishda na aqliy, na naqdiy dalillar bilan ko’ndirib bo’ladi. Darhaqiqat, bu davosi mushkul bo’lgan illatdir! Pekin davosiz dard yo’q. Uning yagona darmoni aql va fikr. Inson o’zini qo’lga olib, nafsini jilovlab, yon-atrofiga ibrat nazari bilan boqsa, sa’y-g’ayrat qilsa, undan xalos bo’la oladi. Avloniy mana shunday optimistik xulosaga keladi. G’azab insondagi tabiiy tuyg’u, «maxsus bir quvvai mudofaa». U shu orqali o’z nomusini chetdan keladigan zarar va halokatdan saqlaydi, lekin uni jabr va zulm tariqida ishlatmoqdan ehtiyot bo’lish lozim. Nafs g’ururidan paydo bo’ladigan bu hol insonni alamli azoblarga giriftor qilishi mumkinki, u xuddi shu nuqtada jaholat timsoliga aylanadi. Adib g’azabni fiziologik-psixologik asoslarda ko’rsatib berishga harakat qiladi:,,... shiddat va haroratning ta’siri vujuddagi qonni buzub, harakat qildurub, dimog’iga hujum qilub, aqlni parishon qilurda, kishining ixtiyorini qo’ldan olur. Bu soyada o’zini yoxud boshqa kishini hasrat va nadomatga duchor qilu’’. Avloniy har bir holatda ham oqilona ish tutishga chaqiradi. Dangasalik, yalqovlik - kishilar baxtini shikastlovchi katta ofat. Baxt uchun esa kurashmoq, g’ayrat va shijoat bilan kurashmoq kerak. Tabiiyki, harakat va mehnatning samarasi birdaniga ko’rinib qo’ya qolmaydi. Lekin inson sa’y-harakatda, sabot va matonatda zavq-shavq bilan davom etmoqdan bir dam bo’lsin chekinmasligi lozim. Ular, albatta, samara ko’rsatadi. Axir daraxt ham to’rt-besh yillik mehnat-dan so’nggina hosilga kiradi-ku! Shogird-chi? Ma’naviy saodat faqat g’ayratli va mehnatkash kishigagina nasib etadi. Ibn Sino aytganidek, g’ayratsiz kishi tirik o’likdir. O’liklar esa, tiriklar orasida emas, tuproq oramiz. Bu «Nazari ibrat» bobidagi «Luqmon va ko’r» hikoyasidir. Asar tuzilishi,tarkibi,g’oyaviy –badiiy xususiyatlari jihatidan jadid adabiyotining eng mukammal asarlardan biridir.Asar puxta va pishiq ishlangan .Ayniqsa, misollar hadislardan,mumtoz adabiyot namunalaridan keltirib o’tilgan.Asarni mutolaa qilgan har bir kitobxon o’zi uchun zarur xulosalarni chiqaradi.Undan ibrat oladi.Eng muhimi xulqidagi kammchiliklarni bartaraf etadi.Bu asar har bir insonga suv va havodek zarurdir.Chunki tarbiyali ,xush axloqli shaxslarni ulg’aytirish jamiyatimiz oldidagi asosiy vazifalardan biridir.Mamlakat kelajagi barkamol,yetuk salohiyatli,axloqi go’zal farzandlar yurt kelajagi,ustunlaridir.



Download 134,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish