7.7. Kichraytirish, hurmatlash va erkalash otlari
Nutqimizda kichraytirish, hurmatlash va erkalash otlari ham qo’llanadi. Bunday otlar hurmatlash, kichraytirish, ba'zan esa ham
kichraytirish, ham erkalash ma'nolarini anglatadigan quyidagi qo’shimchalar bilan yasaladi:
-cha: Akbarcha (kеsatish ma'nosida),
uycha, ro’molcha, kitobcha
-choq,-chak,-chiq: qo’zichoq, kеlinchak, qopchiq
-(a)loq: qizaloq, bo’taloq
-jon: ukajon, Rahimjon
-xon: Odilxon, Salimaxon
-oy: Qunduzoy, Tursunoy
-bеgim: Nodirabеgim
-nisa: Zеbunnisa
-bibi: Oyshabibi
-bеk: Otabеk
-xo’ja: Akbarxo’ja
-gina: qizginam, bolaginasi
D i q q a t ! –gina qo’shimchasi kichraytirish, erkalashdan tashhari, achinish ma'nosini ham ifodalaydi. Bu qo’shimcha
–gina ayiruv yuklamasi bilan omonimdir. Farhlari: -gina yuklamasi barcha qo’shimchalardan kеyin qo’shiladi; -gina yuklamasi urg’u olmaydi, -gina qo’shimchasi esa urg’u olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |