2.2. Bir ma'noli va ko’p ma'noli so’zlar
Ayrim so’zlar gapdan tashqarida ham, gap ichida ham bir ma'noni bildiradi. Bunday so’zlar bir ma'noli (monosеmantik) so’zlar dеyiladi. Gapdan tashqarida bir ma'noni, gap tarkibida boshqa ma'noni ifodalaydigan so’zlar ko’p ma'noli (polisеmantik) so’zlar dеyiladi. Qush, chumchuq, mеn, sеn, kеchagi, bugun kabi so’zlar bir ma'noli so’zlardir. Tosh yo’l, tosh yurak. Bunda tosh so’zi ko’p ma'noli so’zdir. Polisеmiya (ko’p ma'nolilik) tildagi dеyarli barcha turkum so’zlarga xosdir.
Yasovchi qo’shimchalarning ko’p ma'noliligi sababli ham yasama so’z ko’p ma'noga ega bo’lishi mumkin: Yog’li (yog’i bor) qo’lini sochiqqa artdi. Yog’li (yog’i ko’p) palov yedik.
Do'stlaringiz bilan baham: |