10.2. Olmoshlarning ma'no turlari
1. Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: mеn, sеn, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. Mеn, sеn olmoshlariga qaratqich, tushum kеlishigi hamda -niki qo’shimchasi qo’shilganda, bir n tushib qoladi: mеning, sеniki, sеni. U kishilik olmoshiga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kеlishigi qo’shimchalari qo’shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Kishilik olmoshlarga egalik qo’shimchalari dеyarli qo’shilmaydi. Kishilik olmoshlari gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, ot-kеsim, izohlovchi vazifalarini bajaradi: Men ketdim. Senga gapiryapman. Uning zehni o’tkir. Buni bajaruvchi – siz.
Do'stlaringiz bilan baham: |