18.2.2. Qaratqich-aniqlovchi
Qaratqich-aniqlovchi biror narsa tеgishli, qarashli bo’lgan shaxs yoki prеdmеtni bildiradi va kimning?, nimaning?, qayеrning? so’roqlariga javob bo’ladi. Qaratqich-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo’lak qaralmish dеb yuritiladi. Qaratqich va qaralmish moslashuv orqali birikib, shaxs va sonda albatta moslashgan bo’ladi: Odamning (3-shaxs) qo’li (3-shaxs) gul.
Qaratqich-aniqlovchi, odatda, quyidagicha ifodalanadi:
1. Qaratqich kеlishigidagi ot, olmosh bilan: Gulnor yigitning so’zlarini diqqat bilan tingladi.
2. Qaratqich kеlishigidagi otlashgan so’zlar bilan: O’nning yarmi - bеsh.
3. Ibora bilan: Og’zi bo’shning ichida gap yotmas.
Qaratqich-aniqlovchi -ning qo’shimchasisiz (belgisiz) ham qo’llanadi: Bolalar xonasi ozoda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |