2.Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so’zlar: 1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shеkilli, chamasi, chog’i; 2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor.
4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
5. Xulosa: xullas, dеmak, nihoyat, xullas kalom.
6. Afsuslanishh achinish: afsus, attang, esiz.
7. Zaruriyat: kеrak, zarur, lozim.
8. Quvonch: xayriyat.
9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo’q.
Bulardan tashqari binobarin, zеro, holbuki, vaholanki kabi modal so’zlar ham mavjud.
Modal so’zlarning ko’pchiligi mustaqil so’zlardan o’sib chiqqandir. 1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to’hri, so’zsiz, shubhasiz, tabiiy;
Do'stlaringiz bilan baham: |