Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana31.12.2021
Hajmi1,17 Mb.
#277377
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari

2.2-rasm. Valyuta riski turlari 
Valyuta riski 
Pul o’tkazishda 
yuzaga keladigan 
risk  
Tranzaktsiya 
(bitimlar) riski  
Iqtisodiy risk  


68 
 
 
1. Pul o‘tkazishda yuzaga keladigan risk - xorijiy valyutada ifodalangan (misol 
uchun, xorijdagi filialning hisobotlari) flrma yoki bankning moliyaviy hisobotlari 
natijalarini  milliy  valyutaga  o‘tkazish  (misol  uchun,  flrmaning  moliyaviy 
hisobotlarini jamlash vaqtida); 
2. Tranzaktsiya  (bitimlar)  riski  -  to‘lovni  kelajakdagi  bir  sanada  amalga 
oshirishda,  milliy  valyuta  qiymatining  yoki  bitim  daromadliligining  noaniqligini 
aks  ettiradi.  Bunga  misol  qilib,  import  qiluvchiga  kredit  taqdim  etilgan  holda, 
import qiluvchi valyutasida tovarlarni eksport qilishi uchun xizmat qiladi; 
3. Iqtisodiy  risk  -  kelajakda  valyuta  ayirboshlash  kurslarining  o‘zgarishi 
natijasida,  xorijiy  valyutada  ifodalangan  firma  aktiv  va  majburiyatlarining  milliy 
valyutadagi  qiymatining  o‘zgarishidir.      Bunga  misol  qilib,  flrmaning  xorijiy 
bo‘linma va filiallarining aktivi va majburiyatlarini ko‘rsatish mumkin. 
Pul  o‘tkazishda  yuzaga  keladigan  risk  -  bu  hisob-kitob  amaliyotida  yuzaga 
kelib, 
xorijiy 
valyutada 
ifodalangan 
firma 
yoki 
bankning 
aktiv  va 
majburiyatlarining  milliy  valyutaga  o‘tkazishda,  davriy  ravishda  ayirboshlash 
kursining  o‘zgarib  turishidir.  Agarda,  milliy  valyutada  ifodalangan  xorijiy  valyuta 
qimmatlashsa,  u  holda  firma  yoki  bankning  xorijiy  valyutadagi  aktivlari, 
majburiyatlari va mol-mulki ham, milliy valyutaga nisbatan qiymat jihatidan oshadi. 
Xorijiy  valyuta  ayirboshlash  kursining  qadrsizlanishi  yuqoridagi  holatning  aksi 
bo‘lib chiqadi. 
Tranzaktsiya  (bitimlar)  riski  to‘lashga  yo‘naltirilgan  yoki  to‘lovga  qabul 
qilingan  xorijiy  valyutada  ifodalangan  hisob  bilan  bog‘liq  moliyaviy  riskdir. 
Ayirboshlash  kursi  tranzaktsion  ko‘rinishga  tegishli  ravishda  xejerlash 
(sug‘urtalash)  orqali  barham  berilmagunga  kadar,  firmaning  daromadiga,  milliy 
valyutada  to‘lovlarni  qabul  qilish  va  to‘lash  o‘zgarishiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta‘sir 
qiladi.  Barqaror  siyosatni  amalga  oshirish  maqsadida,  tijorat  banklari  doimiy 
ravishda  o‘z  mijozlaridan  ayirboshlash  kursining  kutilmagan  o‘zgarishlaridan 
yuzaga  keladigan  zararlarning  oldini  olishi  uchun,  ularni  xejerlashni  tavsiya 
qiladilar. 


69 
 
 
Banklar  o‘z  mijozlari  qatori  risklarni  minimallash-tirish  manfaatini 
ko`zlaydilar. Foiz risklari holatida xalqaro banklar va firmalar, odatda, ayirboshlash 
kursining  taxminlashtirishga  juda  ko‘p  vaqtlari  va  harakatlarini  sarflaydilar. 
Ayirboshlash  kurslarini  taxminlashtirish  milliy  (ichki)  foiz  stavkalarini 
baholashdan ancha murakkab hodisa ekanligini isbotlab berdi. Bunga  asosiy sabab 
bo‘lib,  har  qanday  davlatda  ichki  foiz  stavkalariga  nisbatan,  ayirboshlash 
kurslarining  juda  ko‘p  miqdordagi  murakkab  o‘zgaruvchanlik  xususiyatiga  ega 
ekanligidir. 
Ayirboshlash  kurslari  va  foiz  stavkalarini  taxminlashtirishga  kizikish,  va  o‘z 
navbatida,  xorijiy  valyutalar  pozitsiyasini  «ochik»  qoldirish  (xejerlamaslik) 
korporativ  xazinachilikda  yuqori  bo‘lib  turibdi,  bu  esa,  ba‘zida  salbiy  natijalarga 
olib keladi.
28
 
Tijorat  banklaridagi  valyutani  ayirboshlash  bo‘linmalari  ham,  odatda  ochiq 
pozitsiyalarni ushlab turishga harakat qilishadi: «uzun» pozitsiyani (xorijiy valyuta 
zahiralarini  ko‘paytirish)  yoki  «qisqa»  pozitsiyani  (xorijiy  valyuta  zahiralarini 
kamaytirish)  qoldiradilar.  Bu  holat,  odatda,  bank  iqtisodchisi  yoki  bosh  valyuta 
dileri  tomonidan  tayyorlangan  va  yuqori  raxbariyat  tomonidan  ma‘qo‘llangan 
«bog‘liq» valyuta taxminlashtirishga asoslangan, maqsadli risklarni qabul qilishdir. 
Bu  esa,  o‘z  navbatida,  bank  uchun  katta  xatar  keltiradi.  Shunday  qilib,  valyuta 
savdosida  bank  menejmenti  uchun  eng  samarali  siyosat  bo‘lib  quyidagilar 
hisoblanadi: 
a) mijozlar  tashabbusi  bilan  amalga  oshiriladigan  tijorat  tranzaktsiyalari 
(savdo bitimlari asosida bo‘lgan) uchun valyuta bitimlarini cheklash; 
b) korporativ  mijozlar  tomonidan  doimiy  ravishda  talab qilinadigan valyuta 
kassalari uchun overnayt amaliyotiga qattiq cheklovlar o‘rnatish, hamda asosiy 
konvertirlanadigan valyutalar uchun limitlarni belgilash; 
v)  bankning  valyuta  savdosida  aktiv  bo‘lgan  barcha  korporativ  va  boshqa 
                                                           
28
 Abdullaev YO.A., Qoraliev T.M., va boshqalar ―Bank ishi‖. Darslik - B.M.: T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2009 y., 
Abdullaeva SH.Z. Qulliyev I.M. O'quv uslubiy qo'llanma,-T.: ‖Bank risklari‖, 2014 


70 
 
 
mijozlar  uchun,  bankning  ish  vaqti  va  overnayt  vaqtida,  valyutani  ayirboshlashga 
limitlar, shuningdek, ularning faoliyati ustidan monitoring o‘rnatish. 
Iqtisodiy  risk  -  mazkur  valyuta  riskining  uchinchi  ko‘rinishi  bo‘lib, 
multimilliy  firma  uchun  eng  muhim  risk  hisoblanadi  va  firmaning  aktiv 
qiymatiga ayirboshlash kursi o‘zgarishining uzoq muddatli ta‘sirini ulchaydi. 
Valyuta-iqtisodiy  riskni  ulchanishi  mushkul  vazifadir.  Chunki,  valyuta 
kursining  o‘zgarish  samarasini  bir  vaqtning  o‘zida  nisbiy  inflyatsiya  sur‘atlari 
(uning  asosida  yotgan  va  har  bir  valyuta  bilan  bog‘liq)  pul  oqimlariga  ta‘sirining 
oldini olish to`laqonli tahlilsiz mumkin emas. 
Firmaga  valyuta  kurslari  o‘zgarishlarining  iqtisodiy  ta‘siri,  inflyatsiya 
sur‘atlaridagi  kurs  o‘zgarishlari  farqlarining  to‘liq  koplanganligiga  bog‘liq.  Agar 
(narx  nazoratiga,  tangar  siyosat  o‘zgarishiga  va  boshk.)  haqiqiy  valyuta  kursi  (uz 
navbatida, nisbiy narxlar) o‘zgarsa, u holda nisbiy narxlar o‘zgarishi oxir-oqibatda 
firmaning uzoq muddatli raqobatli riskini aniqlab beradi. Bunda qat‘iy belgilangan 
valyuta  kursi  tartibi,  suzib  yuruvchi  kurslar  tartibiga  nisbatan  valyutaning  katta 
raqobatli riskiga olib kelishi mumkin. 
Shunday qilib, banklar har bir alohida amaliyot bo‘yicha (valyuta kelishuvi, 
himoya  kelishuvi,  oltin  kelishuvi,  multivalyuta  kelishuvi,  kafolatlar  qo‘llanilishi, 
forvard  bitimlari  va  svop  bitimlari)  valyuta  risklarini  tartibga  solishda  turli 
uslublarni  qo‘llash  yo‘li  bilan,  valyuta  amaliyotlaridan  zararlar  riskini 
kamaytirishga harakat qilishlari zarur. 
Valyuta  kurslari  o‘zgarishlarini  aniqroq  prognozlash-tirish,  valyuta  risklarini 
sug‘urtalash (xejerlash) dan foydalanish zarurdir. 
Banklar  barqaror  siyosatni  ishlab  chiqishlari,  ya‘ni  xorijiy  valyutada  barcha 
aktiv  va  majburiyatlar  miqdori  hamda  muddatlariga  limit  o‘rnatishlari  hamda  har 
bir  alohida  valyuta  limitlari  bo‘yicha  doimiy  monitoring  va  davriy  kuzatishni 
amalga oshirishlari zarur. Bunday siyosat bo‘yicha kurilayotgan chora-tadbirlar va 
limitlar bankning kredit siyosatida mukammal belgilanishi shart. 
Shuni  ham  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  hozirgi  kunda  vakolatli  banklar  valyuta 


71 
 
 
amaliyotlarini  qo‘llash  doirasini  jahon  tajribasiga  muvofiq  kengaytirishga  yordam 
beradigan  shart-sharoitlar  yaratishlari  lozim.  O‘zbekiston  valyuta  bozorini 
erkinlashtirish  bo‘yicha  chora-tadbirlar  amalga  oshirilishini  hisobga  olgan  holda, 
manfaatdor  idoralarga  xalqaro  valyuta  bozori  faoliyat  yuritish  uslublarini  dikkat 
bilan  o‘rganish  hamda  mamlakat  iqtisodiyotiga  salbiy  ta‘sirlarga  yo‘l 
qo‘ymaslik  maqsadida,  valyuta  risklarini  tartibga  solish  instrumentlarini 
qo‘llashni kengaytirishlari kerak. 
Hozirgi vaqtda, tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatini Markaziy 
bank  tomonidan  tartibga  solinishi,  bank  tizimidagi  eng  muhim  va  dolzarb 
masalalardan  biri  bo‘lib  turibdi.  «O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 
to‘g‘risida»
29
gi  qonunning  40-moddasiga  muvofiq,  Markaziy  bank  valyutani 
tartibga solish va valyutani nazorat qilish bo‘yicha davlat organi bo‘lib hisoblanadi. 
Bu  masalaning  dolzarbligi,  asosan,  ko‘pgina  yirik  vakolatli  banklar 
aktivlarining  asosiy  qismini  valyuta  sohasiga  yo‘naltirilganligi,  ya‘ni  xorijiy 
valyutadagi  aktivlardan  iboratligi  bilan  izohlanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududida  valyuta  operatsiyalarini  amalga  oshirish  tamoyillari  va  valyuta 
qimmatliklari  bilan  ishlash  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993  yil  7 
maydagi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu 
qonun  talablariga  muvofiq,  O‘zbekiston  hududida  xorijiy  valyuta  bilan  bog‘liq 
barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya‘ni O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy  bankining  valyuta  operatsiyalarini  o‘tkazishga  ruxsat  beruvchi 
litsenziyasiga  ega  bo‘lgan  tijorat  banklari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunday 
litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari, vakolatli banklar hisoblanadilar. 
Tijorat  banklarining  valyuta  faoliyatlarini  tartibga  solishda  ochiq  valyuta 
pozitsiyasining  yuritilishi  haqidagi  hisobot  muhim  vvin  tutadi.  Bu  hisobot  tahlil 
                                                           
29
 O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda; 1998-y., 9-son, 181-
modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‗zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to‗plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2006-y., 37-38-son, 373-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 
2009-y., 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda, 39-son, 423-modda, 52-son, 553-modda; 2012-y., 15-son, 163-
modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son 


72 
 
 
qilinishining zarurati, Markaziy bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli 
banklarning  valyutaviy  risklarini  kamaytirishga  qaratilgan  siyosati  bilan 
izohlanadi. Chunki, Markaziy bank tomonidan vakolatli banklarga chet el valyutasi 
bilan  bog‘liq  operatsiyalarga  limit  o‘rnatiladi.  Bu  tartib  bo‘yicha  bankning  o‘z 
mablag‘lariga nisbatan 20 foizgacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor. Bir 
valyuta  turi  bo‘yicha  bu  ko‘rsatkich  5  foiz  qilib  belgilangan.  Limit  o‘rnatishning 
asosiy  sababi,  vakolatli  banklarning  valyutaviy  risklarini  kamaytirishdir.  Chunki, 
vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga kuysa, va bu valyutalarning 
kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa,  bank aktivlari kamayishi va xatto bank 
bankrot  bo‘lishi  mumkin  (bu  o‘z  navbatida,  mamlakat  iqtisodiyotining  sekin-
astalik bilan  inqirozga  yuz  tutishiga olib  keladi).  Shuning  oldini olish maqsadida, 
bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan. 
Valyuta pozitsiyasiga limit, har bir davlatda, uning iqtisodiyotining holati 
va  mamlakatning  moliyaviy  tizimining  o‘ziga  xosligidan  kelib  chiqib  o‘rnatilishi 
ma‘lum. Quyida keltirilgan ma‘lumotlar bunga yorkin dalil bo‘ladi. 
Banklar  -  banklararo  bozor  ishtirokchisi  sifatida  quyidagi  risklarga  duch 
keladilar: 
1.  Tulamaslik  riski.  Bank  yoki  qarzdor-korporatsiyaning  olingan  qarzlar  va 
ular  bo‘yicha  foizlarni  tulay  olmaslik  extimoli  mavjud.  Ushbu  bozordagi  qarzlar 
va depozitlar ta‘minot talab kilmaydi. 
2. Bozor  riski.    Foiz  stavkalarining  kutilmagan  tebranishlari  bankning 
mablag‘lar  manbasiga  salbiy  ta‘sir  etishi  mumkin.  Banklararo  bozor,  suzuvchi  foiz 
stavkalariga  asoslanganligi  uchun,  qarzdorlar  kreditlarni  qaytarishga  kiynalib 
koladi  (Londondagi  banklararo  depozitlar  bo‘yicha  taklif  stavkalari  nobarqaror 
hisoblanadi, ayniqsa, inflyatsiya sharoitida). 
3.  Ma‘lum  mamlakatda  faoliyat  yuritish  riski.  Mamlakat  o‘z  banklariga 
xorijiy  banklardan  olingan  qarzlar  va  depozitlarni  tulab  berishni  takiklashi  
mumkin  (masalan,  1919  yilda  Rossiyadagi  inkilob  paytida,  1961  yilda  Kubada). 
To‘lov balansi holatining yomonlashuvi va xalqaro zahiralarning keskin qisqarishi, 


73 
 
 
debitorlarni  sinditsirlashgan  qarzlar  va  ular  bo‘yicha  foizlarni  to‘lashiga  xalakit 
qiladi. 
4. Valyuta  riski  -  valyutaning  almashuv  kurslarini  keskin  o‘zgarishi, 
bankning  aktiv  va  passivlarini  boshqarishni  qiyinlashtiradi.  Masalan,  1985-1987 
yillarda  amerika  dollari  kursining  pasayishi  va  Yapon  ienasi  qiymatinnig  oshishi, 
kuplab xalqaro banklarning tarkibi va foydasiga jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. 
5. Likvidlilik  riski.  Banklar  tomonidan  banklararo  depozitlarning  ma‘lum 
bankdan  talab  qilinishi,  ushbu  bankning  o‘z  aktivlarini  sotish  va  zarar  ko`rishga 
majbur qiladi. 
6. Inqirozning  yuzaga  kelish  riski.  Kachonki,  1974  yildagi  (Xermtatt  Bank 
va  Frenklin  Neyshil  Benk)  kabi  jahon  moliya  inqirozi,  yoki  1982  yildagi 
rivojlanmagan  mamlakatlardagi  qarzdorlik  inqirozi  (Meksika  va  Braziliya),  yoki 
1984  yildagi  mahalliy  banklar  inqirozida  (Kontinental  Illinoys)  -  har  doim  ham 
"domino" kurkuv ta‘siri yuzaga keladi. 
7.  Siyosiy  risk.  1979  yilda  AQSH  hukumati  Eronning  AQSH  dollaridagi 
aktivlarini, 1985 yilda Liviyaning AQSH dollaridagi aktivlarini muzlatdi. 
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish