Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana31.12.2021
Hajmi1,17 Mb.
#277377
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.2-jadval 
2017 yilning yanvar-dekabrida respublikaning   Import aylanmasi 
quyidagi ma’lumotlarda tavsiflanadi:
7
 
 
 
mln. AQSh  
dollari 
o`tgan yilga  
nisbatan 
foizda 
umumiy hajmga 
nisbatan foizda 
Import 
13008,3   
107,2   
100,0 
oziq-ovqat mahsulotlari 
1272,7   
88,4   
9,8 
kimyo mahsulotlari va undan  
tayyorlangan buyumlar 
2147,6   
101,3   
16,5 
energiya manbaalari va neft  
mahsulotlari 
742,0   
126,0   
5,7 
qora va rangli metallar   
1274,3   
138,4   
9,8 
mashina va asbob-uskunalar 
5054,0   
100,7   
38,9 
xizmatlar 
980,1   
121,1   
7,5 
boshqalar 
1537,6   
123,8   
11,8 
 
1.2. Milliy iqtisodiyot va xalqaro moliya munosabatlari 
Tashqi iqtisodiy aloqalar majmuasining milliy iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatishi 
muayyan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarida baholanadi. 
Eng  avvalo,  respublikaning  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlardagi  ishtiroki  va 
ularga jalb etilishining qanday ekanligini bilish muhimdir. Bu eksportning YAIMga 
                                                           
7
 
https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/3845-tashqi-savdo-statistikasi1
 


18 
 
 
nisbati  bilan  belgilanadi  hamda  u  mamlakatning  eksport  kvotasi  deb  ataladi.  U 
qancha yuqori bo‘lsa, mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga shu qadar yuqori 
darajada  jalb  etilgan  bo‘ladi.  Masalan,  AQSHning  eksport  kvotasi  10-15  foizga, 
Germaniya,  Frantsiya,  Italiya,  Angliyada  25-30  foiz,  Yaponiyada  18  foiz  atrofida. 
O‘zbekistonda eksportning YAIMdagi ulushi 10-12 foizni tashkil etmoqda
8

Biroq,  ushbu  ko‘rsatkich  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  sifat  tuzilishini 
ko‘rsatmaydi.  Shu  sababli,  mamlakatning  xalqaro  munosabatlardagi  ishtirokini 
aks  ettiruvchi  yana  bir  ko‘rsatkich  -  eksportning  mamlakat  sanoat  ishlab 
chiqarishiga  nisbatidan  foydalaniladi.  Rivojlangan  mamlakatlar  uchun  mazkur 
ko‘rsatkich  taxminan  40-50  foizga  teng.  Bu  esa,  ishlab  chiqarilgan  sanoat 
mahsulotlarining  yarmi  tashqi  bozorga  olib  chiqib  ketilishini  anglatadi. 
Mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  munosabatlarga  jalb  etilganligining  yana  bir 
ko‘rsatkichi  -  eksportning  elastikligi  (eksport  va  YAMM  o‘sish  sur‘atlarining 
nisbati)  bilan  ham  belgilanadi.  EIastiklikning  birlikdan  yuqori  bo‘lishi 
mamlakatning  xalqaro  iqtisodiy  operatsiyalarda  shuncha  ko‘p  ishtirok  etishini 
anglatadi.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalardan  keladigan  samara  juda  ko‘p  miqdordagi 
eksport,  import,  kredit  va  boshqa  operatsiyalar,  shuningdek,  texnikaviy  va  boshqa 
xizmatlar  ko‘rsatish  bo‘yicha  barcha  ishtirokchilarning  bu  sohadagi  faoliyati 
natijalaridan tarkib topadi. 
Hozirgi  bosqichda  har  qanday  davlatning  tez  sur‘atlarda  rivojlanishini 
xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etmay  turib  ta‘minlab  bo‘lmaydi.  Tashqi  iqtisodiy 
munosabatlar  ham  yangi  sifatlarga  ega  bo‘lib  bormoqda:  ikki  mamlakatning 
xo‘jalik  vakillari  o‘rtasida  savdo  va  xizmat  ko‘rsatishdan  tashqari,  alohida  ishlab 
chiqarish, moliya va savdo-moliya aloqalari ham rivojlanmoqda. Bevosita chet el 
investitsiyalarining  o‘sib  borishi,  shuningdek,  sotsialistik  tizimning  parchalanishi 
va  bir  qancha  yangi  mamlaqatlaming  jahon  bozorlariga  qo‘shilishi,  sarmoya  jalb 
qiluvchi  mamlakatlar  uchun  yangi  muhim  jarayonlarni  keltirib  chiqaradi.  Bu 
jarayonlarga quyidagilar kiradi: 
                                                           
8
 O‘zbekiston  Respublikasida  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  asosalari  I.A.Hamedov, A.M.Alimov 


19 
 
 
Transmilliy  korporatsiyalar (TMK) o‘rtasida  raqobat  kurashi. Tashqi  iqtisodiy 
aloqalarning tobora baynalmilallashuvi va erkinlashuvi milliy kompaniyalarning 
"bandargoxida" xavfsizlikda yashashga tobora kamroq imkoniyatlar qoldirmoqda. 
Milliy  kompaniyalarni  iste‘molchi  va  mahsulot  sotish  bozorlari  uchun  TMK  bilan 
raqobat  qilishga  majbur  etmoqda.  Natijada,  TMKlar  yanada  "sezilarli"  darajada 
mahsulotni arzonlashtirmoqda va uning sifatini  yaxshilash sari bormoqda. Mazkur 
tamoyil rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlaqatlaming (tegishli 
sharoitlar  mavjud  bo‘lganda)  yuqorida  tilga  olingan  jarayonga  o‘zining  ilmiy  va 
intellektual quvvatini jalb etish imkoniyatlarini oshiradi. 
Mamlakatlar  o‘rtasida  investitsiyalar  uchun  raqobat  kurashi.  TMKlar 
tomonidan  ajratilgan  investitsiyalar  hajmi  o‘sish  sur‘atlarining  asosiy  sabablaridan 
biri  -  ulaming  o‘zi  bilan  mablag‘,  menejment,  nau-xau  kabi  yaqqol  ajralib 
turadigan  va  sezilmaydigan  juda  ko‘p  aktivlar,  shuningdek,  jahon  bozorlarida 
ishlash tajribalarini va ko‘nikmalami olib kirishi bilan izohlanadi. Natijada, keyingi 
yillarda  nafaqat  rivojlanayotgan  mamlaqatlaming,  balki  rivojlangan  mamlakat 
hukumatlarining  ham  investorlar  uchun  qulay  muhitni  shakllantirishga  intilishi 
ortmoqda.  Ushbu, birinchi navbatda, huquqiy sohaga tegishli bo‘lib, birgina 1991 
yildan  1994  yilgacha  bo‘lgan  vaqt  oralig‘ida,  dunyoda  chet  el  investitsiyalari 
bo‘yicha  mavjud  qonun  hujjatlariga  373  ta  o‘zgartirishlar  kiritilgan.  Ulardan  368 
tasi  qonunchilikni  erkinlashtirishga  bag‘ishlangan.  O‘tgan  asming  90-yillari 
o‘rtalarida  investitsiyalami  o‘zaro  himoya  qilish  bo‘yicha  900  dan  ortiq  ikki 
tomonlama bitimlar tuzilgan. 
Xorijiy  sarmoyadorlar, potentsial  investorlar  birinchi  navbatda foyda  olishdan 
manfaatdor, ammo investitsiyalar bilan bog‘liq risklar ulami jiddiy havotirga soladi. 
Investorlarni o‘ziga tortadigan  asosiy omillar: rivojlangan infratuzilma, ishonchli 
va malakali mehnat resurslari, daromad va kapitalni chet elga o‘tkazish, huquqiy 
kafolatlar, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik kabilardan iborat. 
Bugungi  kunda  bevosita  investitsiya  oqimi  foyda  olishning  yangi 
imkoniyatlariga  chaqqon  yuz  tutadi  va  shuning  uchun  ham,  u  ishlab  chiqarish,  ish 


20 
 
 
haki potentsial mehnat unumdorligiga  nisbatan  past bo‘lgan  joylarga ko‘chmoqda. 
Mamlakatga  chet  el  mablag‘larini  TMKlar  quchok  ochib  foydalanishga  tayyor 
turgan ichki bozordagi homiylik hisobiga emas, balki  oqilona iqtisodiy tamoyillar 
asosida jalb etish muhimdir. 
Davlatlararo  har  tomonlama  hamkorlikning  bir  ko‘rinishi  sifatida  xalqaro 
tashkilotlar  va  fondlar  yuzaga  chiqmoqda.  Ular siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-
texnikaviy  va  madaniy  sohalarda  umumiy  tusdagi  maqsadlarga  erishish  uchun 
davlatlar,  milliy  institutlar,  nodavlat  assotsiatsiyalarini  birlashtiradi.  Xalqaro 
tashkilotlar  o‘z  faoliyatini  har  tomonlama  muvofiqlashtirish uchun o‘z fondlarini 
tashkil etadilar. 
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning  yagona  moliya va 
kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larining davlatlararo maqsadli 
fondlari  tuziladi.  Davlatlararo  fondlar  (tashkilotlar)  daromadlarini  shakllantirish 
usullari va moliyalashtirish tusiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. 
Birinchi  turga  moliya-kredit  tashkilotlarining  davlatlararo  va  xalqaro  fondlari 
kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va 
maqsadli  fondlarni  tashkil  etadilar.  Bu  tashkilotlar  faoliyati  davomida  olgan 
daromadlaridan  ulushiga  ko‘ra  dividend  to‘laydilar  hamda  turli  maqsadlar  uchun 
zahira  fondlarini  shakllantiradilar.  Mazkur  tashkilotlar  jumlasiga  Xalqaro 
Investtsiya  bankini  (XIB),  Iqtisodiy  Hamkorlik  Xalqaro  bankini  (DTXB),  ETTB, 
XVFni kiritish mumkin. 
Xalqaro  banklar  va  fondlarning  nizom  kapitali  shakllanishida,  olingan 
daromadlarni  taqsimlab,  turli  fondlarni  tashkil  etish  kabilarda  moliyaning  rolini 
ko‘rish mumkin. 
Milliy  va  xalqaro  moliya-kredit  institutlarining  mablag‘lari,  xalqaro 
ishtirokchi-tashkilotlar  fondi,  manfaatdor  mamlakatlarning  valyuta  fondlari  va 
byudjet mablag‘lari to‘lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi. 
EIida  ham  qator  davlatlararo  fondlar  tashkil  etilgan,  jumladan,  EIning 
byudjeti,  Yevropa  Taraqqiyot  fondi,  Yevropa  Valyuta  Hamkorlik  fondi  va 


21 
 
 
boshqalar. 
Ikkinchi  tur  tashkilotlar  ishtirokchilarning  har  yillik  badallari  evaziga 
byudjetlari tashkil etiladi. 
Bunday  tashkilotlarga  ma‘lum  sohalardagi  milliy  tashkilotlar  faoliyatini 
muvofiqlashtirib  turuvchi  xalqaro  va  umumjahon  institutlari  kiradi.  Ularga:  BMT, 
Xalqaro  vaqt  byurosi,  Atom  energetikasi  bo‘yicha  xalqaro  Agentlik,  Dengiz 
yo‘ldosh  aloqasi  bo‘yicha  xalqaro  tashkilot,  Ilmiy  xizmatchilarning  umumjahon 
federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Uchinchi  tur  xalqaro  tashkilotlarga  vaqtinchalik  tusga  ega  bo‘lgan  ilmiy 
dasturlar  va  kongresslarni  kiritish  mumkin.  Ularni  moliyalashtirish  qatnashuvchi 
ishtirokchilar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Masalan,  Xalqaro  biologiya  dasturi 
(1964-1974  yy.),  Xalqaro  geodinamik  loyiha  (1971-1980  yy.),  Xalqaro  osoyishta 
quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har ikki-uch yilda chaqiriladigan 
Xalqaro  tog‘  kongressi  va  boshqalar.  Ushbu  tashkilotlar  turli  mamlakat  olimlari 
bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 
To‘rtinchi  tur  xalqaro  tashkilotlar  -  xalqaro  ilmiy  laboratoriyalar,  institutlar, 
ittifoqlar,  yaxlit  va  sohalar  assotsiatsiyalari,  ma‘lum  ilmiy  sohalar  bo‘yicha 
byurolar. Ular mamlakatlarni,  milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiyatsiyalarni, ilmiy 
tadqiqotlar  bilan  shug‘ullanayotgan  alohida  olimlarni  birlashtiradi  va  ular 
faoliyatini  muvofiqlashtiradi.  Ushbu  tashkilotlar  yillik  ulushli  badallar, 
konferentsiyalarda  ishtirok  etuvchilarni  ro‘yxatga  olish  badallari,  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarning  xayriya  mablag‘lari,  davriy  ilmiy  nashrlardan  daromadlar 
hisobidan  tashkil  etiladigan  byudjetlar  hisobidan  moliyalashtiriladilar.  Mazkur 
tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo‘shma dasturlar bo‘yicha ishlaydigan Kuchli 
magnit  maydonlari  va  past  harorat  bo‘yicha  xalqaro  fond,  Xalqaro  matematik 
markaz va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
Beshinchi  tur  xalqaro  tashkilotlar  faoliyatining  ma‘lum  sohalariga 
ko‘maklashish  va  tadbirlarni  moliyalashtirish  uchun  mablag‘larni  yig‘ish  bilan 
shug‘ullanadilar.  Masalan,  Yovvoyi  tabiat  xalqaro  fondi  -  davlat,  jamoat 


22 
 
 
tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi xayvonlar va tabiatni qo‘riqlash uchun 
mablag‘larni  yig‘uvchi  nodavlat  tashkilotdir.  Ushbu  tashkilot  boshqa  tashkilotlar 
bilan hamkorlikda ma‘lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o‘zining nashriga ega 
bo‘lib,  uni  sotishdan  olinadigan  daromadlar  fond  byudjetining  daromad 
manbalaridan  biri  hisoblanadi.  "Olimpiya  birdamligi"  fondi  rivojlanayotgan 
mamlakatlarning  milliy  olimpiya  qo‘mitalariga  moliyaviy  yordam  ko‘rsatish 
uchun tuzilgan.  Mazkur fond milliy olimpiya qo‘mitalarining badallari, xususiy 
kompaniya,  firmalar  va  xususiy  shaxslarning  xayriyalari,  Xalqaro  olimpiya 
qo‘mitasining  investitsion  va  nashriyotchilik  faoliyati  natijasida  olingan 
daromadlar  hisobidan  shakllantiriladi.  Fondga  olimpiya  o‘yinlarini  televizion 
yoritishdan  olingan  daromadlaming  1/3  kelib  tushadi  (ma‘lumki,  olimpiya 
o‘yinlarini  televizion  yoritishdan  olingan  daromadlar  mos  ravishda  Xalqaro 
olimpiya qo‘mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya  sport turlari bo‘yicha 
Xalqaro federatsiya o‘rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti har yili tasdiqlanadi. 
Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hududlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar 
xarajatlarning  75-85  foizini  tashkil  etadi.  Ushbu  tadbirlarga:  yig‘inlar  o‘tkazish, 
hakamlar  majlisini  o‘tkazish,  sport  buyumlarini  sotib  olish,  Milliy  olimpiya 
qo‘mitalariga  moliyaviy  yordamlar  ko‘rsatish  va  boshqalarni  kiritish  mumkin. 
Boshqa 
mablag‘lar 
nashriyotchilik 
faoliyatiga 
va 
joriy 
xarajatlarni 
moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 
Yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  fondlarni  tarkibiy  tuzilishi,  maqsadi,  vazifalarini 
yanada  chuqurroq  o‘rganish  maqsadida,  birinchi  tur  fondlar  -  moliya-kredit 
tashkilotlariga mansub, XVF haqida ma‘lumotlar keltiriladi. 
XVF:  maqsadi,  tashkil  etilishi  va  faoliyat  yo‘nalishi.  XVF  -  bu  BMTning 
maxsus  tashkiloti.  U  1977  yilda  Bretton-Vudsdagi  valyuta-moliya  masalalari 
bo‘yicha  bo‘lib  o‘tgan  BMT  konferentsiyasida  tashkil  topgan  va  1945  yilning  27 
dekabrida  ushbu  kelishuv  kuchga  kirgan.  Amalda  u  o‘z  faoliyatini  1946  yildan 
boshladi.  Brettonvud  kelishuviga  muvofiq,  XVFning  vazifasi  unga  a‘zo  bo‘lgan 
mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini tartibga 


23 
 
 
solish  hamda  a‘zo-mamlakatlarning  valyuta  paritetilarining  barqarorligini 
ta‘minlashdan iborat edi. 
Ushbu  kelishuvga  ko‘ra,  a‘zo-mamlakatlar  o‘z  valyutalarini  belgilangan 
kurslar 
asosida 
xalqaro 
joriy 
operatsiyalar 
bo‘yicha 
almashinuvlarini 
ta‘minlashlari shart edi. Shuningdek,  mazkur mamlakatlar valyuta operatsiyalarini 
chegaralash  bo‘yicha  mavjud  to‘siqlami  bekor  qilishlari  kerak  edi  (amalda  181 
mamlakatdan atigi 60 mamlakat ushbu talabni bajargan). 
XVFning  nizom  fondi  a‘zo  mamlakatlarga  o‘rnatiladigan  kvotalar  asosida 
to‘lanadigan badallardan tashkil etiladi. 
Kvotalar  har  bir  a‘zo-mamlakatning:  moliyaviy  badal  hajmini  aniqlash; 
proportsional  ravishda  XVF  kreditlari  hajmini  aniqlash;  ovozlar  sonini  aniqlash 
uchun xizmat qiladi. 
Kvotalar  hajmi  mamlakatning  iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  va  uning  jahon 
iqtisodiyoti hamda xalqaro savdodagi roliga bog‘liq bo‘ladi. 
Kvota  YAIM,  import  va  eksport  hajmi,  oltin-valyuta  zahiralari  hajmi 
ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadi. 
Kvotalar hajmi har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi. 
Kvotalar  hajmidan  kelib  chiqqan  holda,  XVF  boshqaruv  organlarida  ovozlar 
mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanadi. Har bir mamlakat 250 ta ovozga ega va har bir 
qo‘shimcha  100000  SDR  uchun  1  ta  ovoz  qo‘shib  beriladi.  Hozirda  boshqaruv 
organida ovozlarning eng ko‘pi AQSHga tegishli -17,7 foiz.
9
 
      Iste‘mol  narxlari  indeksi  (INI),  mamlakat  iste‘mol  sektorida  inflyatsiya 
darajasini  ifodalaydigan  asosiy  indikatordir.  Mamlakatimizda  INI  hisoblash  tizimi 
1994  yilning  yanvar  oyidan  boshlab  Xalqaro  Valyuta  Fondi  (XVF)ning  texnik 
ko‘magi  asosida  amalga  oshirila  boshladi.  INI  ―Iste‘mol  narxlari  indeksi  bo‘yicha 
qo‘llanma: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish fondi, 
Evrostat, EIK, Butunjaxon banki va XMT) uslubiy nizomiga asosan shakllantiriladi.   
   
Hozirgi  vaqtda  INI  hisoblashda  iste‘moldagi  350  turdagi  tovar  va  xizmatlar 
                                                           
9
 
https://www.imf.org/external/np/fin/data/rms_five.aspx
 


24 
 
 
to‘plamidan  foydalaniladi.  Bular  uch  yirik  guruhga  –  oziq-ovqat  (96  ta),  nooziq-
ovqat  tovarlari  (188 ta)  hamda  xizmatlarga  (66  ta) bo‘lingan. Shunday  qilib  INIni 
hisoblash  uchun  iste‘mol  to‘plami,  aholi  tomonidan  eng  ko‘p  iste‘mol  qilinadigan 
tovar va xizmatlar respublikaning barcha hududlari uchun yagona bo‘lgan guruhini 
ifodalaydi.  
   
Shuni  ta‘kidlash  lozimki,  INIni  hisoblashda  narx  omiliga  qo‘shimcha 
ravishda (ya‘ni, tovar va xizmatlarning haqiqiy narxini o‘zgarishida) ma‘lum tovar 
va xizmatlarning o‘ziga xos aniq salmoq hissalari ham ta‘sir qiladi. Shunday qilib, 
iste‘mol  narxlari  indeksi bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab  tovar va xizmatlarning 
narxlari harakati xilma-xilligi (o‘rtachalashtirib) umumlashtiriladi. 
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish