Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/76
Sana20.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#503504
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
Bog'liq
uz latin wtnd 2015 13

Churraning oldini olish:
Siz yo‘talgan yoki biror narsa 
ko‘targaningizda u kattayadi
yo‘talgan paitingizda u katta-
lashmaydi.
Og‘ir narsalarni 
quyidagicha qilib 
ko‘taring.
bunday emas
Churra bo‘lganda odam:
♦ Og‘ir narsalarni ko‘tarishdan o‘zini tiysin.
♦ Churrani ushlab turuvchi churra bandajini bog‘lab yursin.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
331
CHURRA BANDAJ(QULLOB)INI QILISHNING ODDIY USULI:
Mana bu yerga_
kichik bolishcha
qo‘ying
u shishib
chiqqan joyni
bosib turadi.
OGOH BO‘LING:
Agar churra birdan kattalashib ketsa yoki og‘riy bosh-
lasa, oyoqlarni boshdan balandroq qilib yoting-da shishchani asta bosib 
joyiga qayta kirgizishga harakat qiling. Agar u qayta joyiga kirmasa, tibbiy 
yordamga murojaat qiling.
Agar churra juda og‘risa va qayt qildirsa, kasal bo’shana olmasa, 
bu juda xavfli bo’lishi mumkin. Operatsiya qilish kerak bo‘ladi. Tez 
tibbiy yordamga murojaat qiling. Shifokor kelgunga qadar uni ap-
penditsit (196-bet) singari davolang.
TALVASAGA TUSHISH, TUTQANOQ
Talvasa yoki tutqanoq deb biz biror odam birdaniga hushini yo‘qo-
tib, g‘alati, silkinadigan harakatlar qilishiga aytamiz. Tutqanoq miyadagi 
muammolardan kelib chiqadi. Bolalarda uning sababi 
yuqori harorat
va 
og‘ir suvsizlanish bo‘lishi mumkin. Tutqanoq juda kasal odamlarda 
men-
ingit, bezgak yoki zaharlanishdan
boshlanishi mumkin. Tez-tez 
tutqa-
noq
tutib turadigan odamning 
epilepsiyasi
(quyonchiq kasalligi ) bo‘lishi 
mumkin.
♦ Tutqanoq sababini topishga harakat qiling va iloji bo‘lsa uni 
davolang.
♦ Agar bolaning isitmasi baland bo‘lsa, uni iliq suv va paratsetamol 
yoki aspirin yordamida pasaytiring (168-bet) .
♦ Agar bola suvsizlangan bo‘lsa, unga Suvni Tiklovchi Ichimlikdan 
sekin asta klizma (huqna) qiling. Tibbiy yordamga birortasini 


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
332
jo‘nating. Tutqanoq bo‘layotgan davrda og‘iz orqali hech narsa 
bermang.
♦ Agar meningit belgilari bo‘lsa (351-bet) darrov davolashni bosh
-
lang va tibbiy yordamga murojaat qiling.
♦ Agar bezgagi bor deb shubhalansangiz, bezgak dori ukolini qiling 
(655-bet) .
Quyonchiq sirtdan sog‘lomdek ko‘ringan odamlarda tutib qoladigan 
talvasalar (tutqanoqlar)dir. Tutqanoq bir necha soatda, kunlar, haftalar va 
oylarda bir tutishi mumkin. Ba'zi odamlarda bu hushni yo‘qotish va ajib 
harakatlar qilish bilan ifodalanadi. Ko‘pincha ko‘z soqqasi orqaga ketgan 
bo‘ladi. Tutqanoqning oddiy hollarida odam to‘satdan ma'lum bir daqiqa-
ga „o‘zini yo‘qotishi”, g‘alati harakatlar qilishi yoki o‘zini g‘ayritabiiy tutishi 
mumkin. 
Tutqanoq ba'zi oilalarda avloddan avlodga o‘tadigan bo‘ladi. 
Tug‘ilayotganda miyaning shikastlanishi, chaqaloqlikdagi yuqori harorat 
yoki miyada lentasimon qurt (267-bet) borligidan bo‘lishi ham mumkin. 
Epilepsiya infeksion kasallik emas, shuning uchun u „yuqumli” emas. U 
ko‘pincha umr bo‘yi davom etadi. Ammo ba'zi chaqaloqlar undan tuzalib 
ketadilar.
Tutqanoqning oldini olish dorilari:

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish