Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
296
Tinmay ichi ketayotgan odamlar
uchun ana shunday „
Vabo karavo-
ti
” qilinishi mumkin. Kasal qancha
suv yo‘qotayottaniga va yo‘qotgan-
iga nisbatan ko‘proq tiklovchi suv
ichayotganiga e'tibor bering. Ichim-
likni doim, u icha olgunicha berib
turing.
Ushbu yeng
selofandan
qilingan
ICHI KETAYOTGAN BOLALARNI PARVARISH QILISH
♦
Emizishni davom ettiring va
kichik
ho‘plamlarda Suv Tiklovchi Ichimlikdan ber-
ing.
♦ Agar u qayt qilayotgan bo‘lsa, tez-tez, lekin
oz-ozdan emizing. Suv Tiklovchi Ichimlikdan
ham, har 5, 10 minutda kichik ho‘plamlarda
berib turing.
♦ Agar ona suti bo‘lmasa, tez-tez oz-ozdan
boshqa sutlardan yoki sut o‘rnini bosadigan
(soyadan qilingan sutga o‘xshash), aralash-
malardan berib ko‘ring, bunda berilayotgan
sutga teng miqdorda qaynatilgan suv
aralashtirib berilsin.
Agar sut ichini yana
ham surayotganga o‘xshasa, unga oqsilga
boy boshqa ovqatlardan bering (shakar, yax-
shi pishirilgan guruch yoki boshqa biror ug-
levodli ovqat va ezilgan tovuq go‘shti, tuxum,
yog‘siz go‘sht yoki archilib ezilgan loviyalar
va qaynatilgan suv ) .
SHUNINGDEK UNGA
SUV TIKLOVCHI
ICHIMLIKLAR BERING
Kichik bolalar va chaqaloqlarda bo‘ladigan ich
ketish, ayniqsa, xavflidir. Ko‘pincha hech qanday dorilarn
-
ing keragi yo‘q, ammo ularni maxsus parvarishlash kerak,
chunki suvsizlikdan bola tez nobud bo‘lishi mumkin.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
297
♦ Agar bola bir oyga ham to‘lmagan bo‘lsa, biror dorini berishdan avval
tibbiyot xodimini topganingiz ma'qul. Agar tibbiyot xodimi bo‘lmasa va
bola qattiq og‘riyotgan bo‘lsa, unga yarim choy qoshiqda kuniga 4 ma-
hal (yoki tabletkaning 125 mg. 4 mahal, 634-bet) ampitsillin bering. Agar
tuzalib ketmasa, boshqa antibiotik ishlating.
•
agar odatdagi ich ketish 4 kundan ortiq davom etayotgan va qay-
tmayotgan yoki boladagi og‘ir ich ketishi 1 kundan ortiq cho‘ziladi-
gan bo‘lsa,
• agar suvsizlanish belgilari boshlanib, ahvoli og‘irlashib borsa,
•
agar bola ichgan narsasini qayt qilsa yoki hech narsa ichmasa
yoki Suv Tiklovchi Ichimlik berilgandan so‘ng tez-tez qayt qilish 3
soatdan ortiq davom etsa
• agar bola talvasaga tusha boshlasa yoki oyoq va yuzi shishsa,
•
agar odam ich ketish boshlanishidan avval juda kasal, kuchsiz
yoki to‘yinmaslik holatda bo‘lsa (ayniqsa agar u kichik bola yoki
juda qari odam bo‘lsa ),
•
agar axlatiga ko‘p qon aralashgan bo‘lsa. Ichi oz ketgan taqdirda
ham, bu juda xavflidir (194-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: