Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
302
SHAMOLLASH VA GRIPP
Shamollash va gripp viruslar sababli
kelib chiqadi. Bu kasalliklar burun oqishi, yo‘tal,
tomoq og‘rig‘i va ba'zan bo‘g‘in og‘riqlarini
keltirib chiqaradi.
Bemorning, ayniqsa, yosh
bolalarning ichi ketishi mumkin.
Shamollash va gripplar deyarli har doim
dorilarsiz yo‘qolib ketadi.
Penitsillin , tetrat-
siklin yoki boshqa antibiotiklar ishlatmang,
chunki ular yordam bermaydi va zarar yetkazi-
shi mumkin.
♦ Ko‘p suv iching va dam oling.
♦ Aspirin (649-bet) yoki paratsetamol (650-bet) isitmani pasaytiradi, og‘riq
va bosh og‘riqlarni yo‘qotadi. Qimmat bo‘ladigan „shamollashga qarshi”
dorilar aspirindan yaxshi emas.
Shunday ekan, nega ularga pul sar-
flashimiz kerak?
♦ Hech qanday maxsus parhezning keragi yo‘q. Shunga qaramay, meva
sharbati, ayniqsa, apelsin sharbati, limonadlar ichish foydali. Yo‘tal va
burun bitishlarida nima qilish kerakligi haqida keyingi betdan bilib olasiz.
♦ Katta zubtrum ham yordam beradi (731-bet) .
ESINGIZDA TUTING:
Shunchaki shamollab qolgan bolaga hech qanday
antibiotik bermang va ukollar qilmang. Ular
yordam bermaydi va zarar ye-
tkazishi mumkin. Antibiotiklarni zarur bo‘lmagan paytlarda ko‘p ishlatish,
ular bilan davolashni talab qiladigan jiddiy infeksiyalarga qarshi zarur
paytlarda foyda bermay qolishiga olib keladi.
Agar, shamollash yoki gripp 1 haftadan ortiq davom etsa, bemor
isitmalab, yo‘talganda ko‘p
balg‘am
chiqsa
va tez-tez, sayoz nafas olsa
yoki ko‘krak qafasida og‘riq bo‘lsa, u bronxitga yoki o‘pka shamollashi
(zotiljam) ga (315-316- betlar ) uchragan bo‘lishi mumkin. Antibiotiklar
kerak bo‘lib qolishi mumkin. Shamollashning zotiljamga aylanib ketish
xavfi, keksa, surunkali bronxit kabi o‘pka kasalliklari bor va ko‘p harakat
qila olmaydigan odamlarda ko‘proq bo‘ladi.
Tomoq og‘rishi ko‘pincha shamollashning bir ko‘rinishi.
Hech qa-
nday maxsus dorilarning keragi yo‘q, lekin iliq suvda tomoqni chayqash
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
303
yordam berishi mumkin. Lekin tomoq og‘rig‘i birdaniga yuqori harorat
bilan va burun oqishi kabi shamollash belgilarisiz boshlansa, bu angina
bo‘lishi mumkin. Uni maxsus davolash kerak (555-bet)
♦ Yetarli dam olish va ovqat yeyish shamollashning oldini oladi.
Apelsin, pomidor va S (Ц) vitaminga boy
boshqa ovqatlarni yeyish
foydalidir.
♦ Ko‘pchilikning fikriga qarshi, sovqotish yoki ivib ketish shamollash
-
larga olib kelmaydi (lekin juda sovqotish, ivib ketish yoki charchash
shamollashning og‘irlashishiga olib kelishi mumkin ).
Shamollash in-
feksiyasi, bemor aksirganda havo orqali boshqa odamlarga yuqadi.
♦ Boshqalarga kasallikni yuqtirmaslik uchun bemor alohida ovqat
-
lanishi va uxlashi kerak. Kasal tutgan idish-tovoqlar issiq suvda
sovunlab yuvilishi kerak. Kasal o‘zini yosh bolalardan uzoqroqda
tutishiga alohida e'tibor berishi kerak. U aksirgan yoki yo‘talgan ma-
halida og‘zini biror narsa bilan berkitishi zarur.
♦ Shamollash quloq og‘rig‘iga (554-bet) o‘tib ketishiga yo‘l
qo‘ymang.
Do'stlaringiz bilan baham: