Ich ketishiga qarshi dorilar: Ich ketishda ko‘pincha dorining keragi yo‘q. Lekin ba'zi hol-
larda dorilarning to‘g‘ri ishlatish muhimdir. Afsuski, ich ketishga qarshi
dorilarning ko‘pi oz yordam beradi yoki umuman yordam bermaydi. Ba'zi-
lari esa hatto zararlidir. Ich ketishga qarshi ishlatiladigan Loperamid (Imo-
dium, 712-bet) ichni kamroq kelishiga olib keladi. Lekin u suvsizlanishga
va infeksiyalarga qarshi kurashmaydi. Bu dorini yosh bolalarga bermang
va isitma borligida ichmang.
QUYIDAGI DORILARNI ICH KETISHIGA QARSHI UMUMAN
ISHLATMAGAN MA’QUL
Ampitsillin , Levomitsetin, Tetratsiklin kabi antibiotiklar faqat ich ketish-
ning ba‘zi turlarida foyda qiladi (294-295-bet). Lekin bu dorilarning o‘zi ham ba’zan
yosh bolalarda ich ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar bu dorilarni 2, 3 kun
ichganingizdan so‘ng ichingizning ketishi kuchaysa, ularni ichmang, antibiotiklar
kasallik sababchisi bo‘lishi mumkin.
Levomitsetin ishlatishning ma’lum xavfi bor (639-bet). Odatdagi, oddiy ich ketishga
uchraganlarga va 1 oylik bo‘lmagan chaqaloqlarga bu dori hech qachon berilmasligi
kerak.
Ich yurg’izuvchiIar va ich yumshatuvchilar ichi ketayotgan odamga hech qachon
berilmasligi kerak. Ular holatni og‘irlashtiradi va suvsizlanish xavfini oshiradi.
ICH KETISHGA QARSHI DORILAR, XUDDI QOPQOQGA O’XSHAYDI, CHIQIB KETISHI KERAK BO’LGAN NARSALARNI CHIQIB KETISHIGA YO’L QO’YMAQDI. Boshqa turli sabablar natijasida kelib chiqqan ich ketishni davolash. Ich ketishning ko‘pgina turlarida mo‘l-ko‘l suyuqlik va yaxshi ovqat
kasallikning barham topishi uchun yetarli. Boshqa har qanday dori ortiq-
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
293 cha bo‘lsa-da, ba'zan maxsus davo kerak bo‘lib qoladi.
Ich ketishni davolayotganda uning sabablari, ayniqsa yosh bolalar-
da bo‘lib turadigan ich ketish ichak tashqarisidagi infeksiyaga aloqador
bo‘lishini esingizda tuting. Quloq, tomoq va siydik yo‘llarida infeksiya bor
yo‘qligini doim tekshirib turing. Agar bo‘lsa, ularni davolang. Qizamiq bel-
gilariga e’tiboringizni qarating.
Agar bolada odatdagi ich ketish bilan shamollash belgilari bo‘lsa,
ich ketishning sababi virus bo‘lishi mumkin. Bunda hech qanday maxsus
davoning keragi yo‘q. Bolaga ko‘p suyuqlik va u yeyishni xohlagan barcha
ovqatlarni bering.
Ich ketishning og‘ir hollarida kasallikni to‘g‘ri davolash uchun axlat
analizi va boshqa analizlar kerak bo‘lib qolishi mumkin. Lekin, odatda,
sinchiklab so‘rab-surishtirish, axlatni ko‘zdan kechirish va ma’lum bel-
gilarga e’tibor berish yo‘li bilan kasallik haqida umumiy ma’lumotga ega
bo‘lishingiz mumkin. Quyida kasallik belgilariga qarab davolash bo‘yicha
ba’zi yo‘l-yo‘riqlar berilgan (292-betga qarang ).
1.