Ruhiy tushkunlik holatini aniqlash, diagnoz qo‘yish:
Diagnoz ko‘pincha tanaga aloqador, ya'ni salomatlik belgilari-
ga asosan qo‘yiladi. Bu ko‘pincha 3 haftadan ortiq surunkasiga davom
etayotgan og‘riqlar bilan ifodalanadi. Bosh og‘rig‘i, bel og‘rig‘i va qorin
og‘rig‘i kabi og‘riqlar ko‘proq uchraydi. Kasallik davrida yaxshi dam olin-
gan kechadan so‘ng ham o‘zini toliqqandek his qilishi, xohlagan vaqtdan
oldinroq uyg‘onishi, odatdagiga nisbatan ko‘proq uxlashi, o‘zini foydasiz
va hech narsani to‘g‘ri qila olmaydigan odamdek yoki o‘zini aybdordek his
qilishi, asabiylashishi, ko‘ngil bo‘sh, injiq bo‘lib qolishi, injiqlik, ishtahasi-
ning yo‘qolishi, ozishi, tez-tez o‘lim haqida o‘ylashi kabi boshqa belgilar
ham kuzatiladi. Shuningdek, depressiyalangan odamlar fikrlarini bir joyga
to‘plashga va kuchli e'tibor talab qiladigan ishda ishlashga qiynaladilar
va ko‘pincha depressiya tufayli boshqalar bilan munosabatlarda o‘zlariga
muammo orttirib oladilar. Ular kishiga zavq beradigan to‘ylarga, konsertlar
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
335
yoki gapga borish kabi tadbirlardan chetlashishga harakat qiladilar. Ular
o‘z-o‘zini o‘ldirish hayoliga ham boradilar.
Juda kuchli depressiya ostida bo‘lganlar esa ularning qanchalik dili
og‘ritilayotganini biror kimsaga aytib berishni xohlaydilar. Og‘ir ruhiy kay-
fiyatda(tushkunlikda) bo‘lish juda azob va shu azobdan qutulish maqsa
-
dida kasallar o‘zlarini qurbon qilishga ham tayyor bo‘ladilar. Tushkunlikka
tushgan odamdan „O‘zingizni o‘ldirish rejangiz bormi?” deb so‘rang.
Ular ko‘pincha tushkunlikdan qutulish uchun o‘zlarini o‘zlari o‘ldir-
ishga harakat qiladilar. Lekin ularning asosiy maqsadi o‘z-o‘zini o‘ldirish
emas, balki azoblarini yo‘qotishdir. Depressiyaga chalinganlarning ko‘pi
uyda davolanishi mumkin. Lekin o‘zini o‘ldirish haqida jiddiy o‘ylayotgan
kasallar, ular davolanishni xohlamasalar ham ruhiy kasalliklar shifox-
onasiga yotqizilishi kerak. Ajrashgan, ko‘p spirtli ichimliklar ichadigan,
ishsiz, yoshi o‘tgan, o‘zini o‘ldirish haqida jiddiy reja tuzgan kishi rostdan
ham o‘zini nobud qilish xavfi ostidadir.
Depressiya ostida bo‘lgan odamning
oilasi, turmushi va ishi yaxshi bo‘lishi mumkin.
Depressiya miyadagi kimyoviy moddalar mu-
vozanatining buzilishi, yoki hayot muammolari
natijasida ham bo‘lishi mumkin. Siz diagnoz
qo‘yish uchun nafaqat sharoitga, balki depressi-
ya belgilariga ham ahamiyat berishingiz kerak.
O‘ziga to‘q omadli odam ham depressiya
ostida bo‘lishi mumkin, shuning uchun har doim
ham kasallik sababini sharoitdan izlamang.
E'tiboringizni diagnoz qo‘yish va keyin kasallikni
davolashga qarating. Kasal bir yoki ikki oydan
so‘ng o‘zini yaxshi his qilib, har qanday mua-
mmoni o‘zi yecha oladigan bo‘lishi mumkin.
♦ Ular jiddiy kasal ekanligini va muammo faqatgina ularning xayol
-
ida emasligini o‘zlariga tushuntiring. Ularning hayotida muammolar
borligiga qaramay, kasallikning asl sababi miyadagi kimyoviy modda-
lar muvozanati buzilganligidadir. Ushbu kasallikda miyada kimyoviy
o‘zgarishlar yuz beradi va ularni bartaraf etish kerak bo‘ladi. Ular
aqldan ozgan emas. Bu juda oddiy kasallikdir. Ular kasal bo‘lib qol-
ganliklari uchun aybdor emaslar. Ularga ushbu kasallikka ko‘p hollar-
Do'stlaringiz bilan baham: |